DIFFUZ TOKSIK BUQOQ (BAZEDOV KASALLIGI) Kasallik qalqonsimon bezning bir tekis diffuz kattalashuvi va funksiyasining oshishi bilan ta'riflanadi (Bazedov kasalligi - uni simptomlarini birinchilardan bo'lib tasvirlagan tadqiqotchining nomi bo'yicha ataladi).
Etiologiyasi. Kasallikning sabablari uzoq vaqtgacha ruhan zo’riqish, salbiy his-hayajonlar, neyroendokrin, buzilishlar, qalqonsimon bezga surunkali infeksiyalar (sil, zaxm) ta'siri, intoksikasiyalar hisoblanadi, irsiy omillar ta'sir qilishi mumkin. Klinik manzarasi. Diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemor yurak urishi, umumiy behollik, tajanglik, ortiqcha terlash, qo'llar titrash, uyqu buzilishidan shikoyat qiladi.
Ob'ektiv tekshiruvda qalqonsimon bezning kattalashganligi ma'lum bo’ladi. Kattalashishning bir necha darajalari farq qilinadi: bez bemorning yutish harakatlaridagina ko’rinishi mumkin va qo'lga yaxshi unnaydi, bezning kattalashganligi yutish harakatlarisiz ham ko'rinib turadi, bez shu qadar kattalashadiki, bo'yinning shakli o’zgarib qoladi. Palpasiya qilinganda bez zichligi o'rtacha, atrofdagi to'qimalar bilan yopishmagan bo'ladi. Ko'z simptomlari deb ataladigan hodisalar xarakterli; ekzoftalm (ko'zning chaqchayib turishi), ko'zning kam pirillashi, "uzoq vaqt tikilib turish" (Shtelag simptomi), ko'z setkasi pastga harakatlantrilganda ustki qovoqning yumilishj kechikishi (Grefe simptomi),qonvergensiyaning susayib qolishi (Mebus simptomi), bunda biror buyumni yaqindan ko'zdan kechirishda unga qarash qobiliyati buziladi. Shuningdek ko’zlarning yaltirab turishi va ba'zi bir boshqa simptomlar bo'ladi.
Davosi. Nohush omillarni bartaraf etish, mehnat va turmush rejimini tartibga solish tavsiya qilinadi. Yodning kichik dozalari ichishga beriladi, kuniga 2-3 marta 0,05 g dan diyodtirozin, radioaktiv yod bilan davolash buyuriladi. Merkazolin 0,05 g dan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin. Bundan tashqari, simptomik davo qilinadi. Ba'zi hollarda xirurgik davo qilish zarur.
QANDLI DIABET
Qandli diabet kasalligiga organizmda insulin gormoni yetishmasligi natijasida rivojlanadi. U oshqozon osti bezining V-hujayralari shikastlanishidan paydo bo'ladi. Qandli diabet qadim zamonlardan ma'lum kasallikning belgilari eramizdan oldin 30-50 yillarda Sels tomonidan aniqlangan. Diabet so'zi "yorib o’tish" ma'nosini anglatadi. Abu Ali Ibn Sino qandli diabetni belgilarini aytganda, siydikni shirin ta'mga ega ekanligini ham ta'kidlab o’tgan.
Kasallik etiologiyasida qator omillar ahamiyatga ega: irsiy omillar, semizlik, haddan tashqari ko'p ovqat yeyish, ruhiy va jismoniy shikastlanish, oshqozon osti bezi kasalliklari, oshqozon osti bezining o’smasi, zaxm, sil kasalligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |