Xromoplastlar-sariq, qizil va qo’ng’ir rangda bo’lib, o’simlikning turli xil organoidlarida, xususan, guli va mevalarida ko’p uchraydi. Masalan, pomidor va boshqa ko’pchilik mevalarning rangi xromoplastlar tarkibidagi karotinoidlarga bog’liq. Xromoplastlar’tufayli gullarning turli xil rangi hasharotlarni jalb qilishda va chetdan changlanishida katta ahamiyatga ega.hujayraning o’sishi davomida xloro va xromoplastlar bo’linib ko’payadi. Ayrim hollarda bo’rtib ko’payishi ham mumkin. Ularning bo’linishi har 6-20 soatda ro’y berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |