1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov)
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov) Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarihis qila boshladi. (J.Abdullaxonov) Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov) Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov)
3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov)
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»)
5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol) Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov)
6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov) Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov)
7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov)
2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov) Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov) Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov) Misol uchun mana bu gapda:Yoshligingdaodat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol) O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol) Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov) Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov)
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad) Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov)
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov) Ertalabdan to qorong‘i tushgunga qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov) Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. (J.Abdullaxonov) Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov)
Do'stlaringiz bilan baham: |