HAYVONLAR SISTEMATIKASINING MAQSADI USLUBLARI, QISQACHA TARIXI VA UNING O`RNI
Reja:
1. Zoologiya fani obyektlari va predmeti.
2. Zoologiya fani maqsadi, va vazifalari va ahamiyati.
3. Zoologiya fanining paydo bo‘lishi, rivojlanish tarixi va shakllanishiga hissa qo‘shgan olimlar.
Zoologiya fanining obyekti va predmeti.
Zoologiya fanining asosiy o‘rganadigan obyekti va predmeti – Hayvonot dunyosidir. Shuning uchun zoologiya fanining maqsadi va vazifalari – hayvonot dunyosini planetamizda tutgan o‘rni, biosfera va insoniyat hayotidagi ahamiyatini o‘rganishdan iboratdir.
Eramizdan bir yarim mlyard yilcha muqaddam eng sodda shaklda paydo bo‘lgan va uzoq davrlar mobaynida murakkab takomillanish jarayonlari asosida rivojlanib, hozirgi davrda yer planetasining deyarli hamma qismini egallagan hayvonlar dunyosi nihoyatda xilma-xildir.
Odamzod hayotining dastlabki rivojlanishi, hayvonot dunyosi bilan mustahkam bog‘langan holda borgan. Turli arxeologik qazilmalar odamzodning rivojlanishi va hayotida turli xil hayvonlar katta o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Odamzod ibtidoiy rivojlanish davrlarida turli xil umurtqasizlar, baliqlar va sut emizuvchi hayvonlarni ovlab hayot kechirgan bo‘lsa, keyinchalik ba’zi sut emizuvchi hayvonlarni o‘ziga o‘rgatib, xonakilashtira borgan.
F. Engelsning ko‘rsatishicha mazkur hodisa, ya’ni hayvonot mahsuloti (go‘sht, hayvon oqsili)dan foydalanish insonning shakllanishida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham qadimgi davr odamlarida bir qancha hayvonlarning tuzilishi, hayoti hatto ularning o‘zaro munosabatlari va xulq-atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plana borganligi aniqlangan.
Zoologiya fani maqsadi, vazifalari va ahamiyati.
Ayni vaqtda hayvonlarning 2mln dan ortiq fanga ma’lum bo’lsa shundan 1,5 mln dan ko’prog’ini umurtqasiz hayvonlar tashkil etadi.
Umurtqasiz hayvonlar eng qadimiy hayvonlar bo’lib, turli xil muhit sharoitlarda yashashga muvofiqlashgan, suvda, tuproq va loylar orasida, er yuzida, havoda uchraydi, shuiningdek boshqa tirik organizimlar (simbioz, parazit) ichida yashaydi.
Umurtqasiz hayvonlarni tabiat va inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda turli-tumandir.
1. Tabiyatda modda almashinuvida - (tutli xil umurtqasizlar o’simliklar bilan oziqlanib ularni mineral moddalarga aylantiradi (tuproq hosil bo’lishi, o’likxo’r hayvonlar maydalaydi, ya’ni geterotrof organizimlar organik moddalar bilan oziqlanadi). Tabiatdagi oziqa zanjiri - bu organik moddalar harakati demakdir.
2. Er yuzida okeanlarning cho’kindi sathi umurtqasiz hayvonlarning qoldiqlaridan hosil bo’lgan foraminaferalarning (29% yoki 128,5 mln kv. km. nurlilar - 3,4% marjon nolinlar - 3%) bulutlar, ninatanlilar, molyuskalar. Shunday qilib, okeanlarning 36% yoki yer qoplamining 25% umurtqasiz hayvonlarnning qoldiqlaridan tashkil topgan. Marjon poliplardan riflar hosil bo’lgan. Avstraliya qit’asi yonida 2300 km uzunlikdagi hajmi 51 ming kv. km orollar sistemasi bunga misoldir.
3. Yer qatlamlarining yoshini aniqlashda, yer osti qazilma boyliklarini topishda umurtqasiz hayvonlarning qoldiqlari hal qiluvchi ma’lumotlarni beradi: foraminaferalar, qisqichbaqasimonlarning chiganoqlari, bulutlar, marjon poliplar va boshqalarning qoldiqlari neft va ko’mirlar topishda edifikator vazifasini o’taydi.
Tabiatdagi gulli o’simliklarning (yopiq urug’lilar) 80 % asosan hashoratlar yordamida changlanadi (arilar, ikki qanotlilar, kanalar qo’ng’izlar va boshqalar).
Umirtqasiz hayvonlar inson uchun xizmat qiladi:
a) Odamlar oziq-ovqat sifatida turli - tuman qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar ninatanlilar, yomgir chuvalvchangi har yili (M: 1963 yilda) 66 mln tonna (umumiy oziqlanadigan baliqlarning 10%) ovlanadi. Asalaridan asal olinadi.
b) Bezaklar tayyorlanadi: marvaridlar-brilliantlar, sadaflar boshqalar shular jumlasidandir.
v) Kiyim - kechak sifatida foydalaniladi. Bundan 5000 yil oldin ipak qurtidan pilla ishlab chiqarish (Xitoyda) yo’lga qo’yilgan.
d) Dori - darmon sifatida umurtqasiz hayvonlar zaharidan foydanilmoqda: chayon, arilar, qoraqurt zahari.
e) Lak - buyoqlar olinadi: ba’zi mollyuskalar va hashoratlardan qimmatbaxo buyumlar olinadi.
f) Xalq medisinasida foydalanish: medisina zulugi, arilarga chaqirtirib immunitet hosil qilish va boshqalar.
k) Qisjloq xo’jaligi zararkunandalari va parazit organizimlarga qarshi kurashish, ularning tabiiy kushandalaridan foydalanish. Masalan: trixogramma, oltinko’z, yaydoqchilar va boshqalar (bular biolaboratoriyalarda kupaytiriladi).
4. Umirtqasiz hayvonlar ilmiy tekshirish va o’quv mashg’ulotlari uchun muhim ob’ekt sifatida xizmat qiladi (drozofilla pashshasi va boshqalar).
5. Yangi texnikaviy asbob-uskunalar yaratishda muhim o’rin tutadi. Bionika fanining yutuqlaridan foydalanish.
Umirtqasiz hayvonlarning ko’pchiligi qishloq xo’jaligi ekinlari va o’rmonlarning eng xavfli zararkunandalari hisoblanadi. Er yuzida hosildorlikning 20% gacha yo’q bo’lishiga sabab bo’ladi.
Zoologiya fanining vazifalari: Umurtqasiz hayvonlarning 150 mingdan ortiq turi parazitlar va kasallik tarqatuvchilar bo’lib, odam, hayvon va o’simliklar uchun eng xavfli kasaliklarni keltirib charadi. Masalan: dizenteriya amyobasi lekshmannoz, pashshaxo’rda, bezgak, kanalar va qon so’rar hashoratlar. Bu zararli vakillariga qarshi biologik kurash tadbirlarini ilmiy ishlab - chiqarish zoologiya fani vazifalaridan biridir.
Bundan tashqari hayvonot olamining taraqqiyot qonunlarini bilgan holda himoya qilish (Qizil kitob), foydalilarini kupaytirish, eng zararlilarini nisbiy cheklash, yangi-yangi zotlatini yaratish kabilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |