Mavzu: Havo kemalariga xizmat ko’rsatish texnik hududi


-bob. Aeroport yig‘im va tariflari



Download 1,1 Mb.
bet3/3
Sana03.03.2023
Hajmi1,1 Mb.
#916083
1   2   3
Bog'liq
2-28

2-bob. Aeroport yig‘im va tariflari
1-§. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida yer usti xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni shakllantirish
13. Aeroportda quyidagi yer usti xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflar undiriladi:
1) uchish va qo‘nishni ta’minlash yig‘imi;
2) tungi vaqtda havo kemasi uchish-qo‘nishini ta’minlash yig‘imi;
3) aviatsiya xavfsizligini ta’minlash yig‘imi;
4) yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yig‘imi;
5) yuk, pochta xavfsizligini ta’minlash yig‘imi;
6) me’yordan ortiq vaqt davomida to‘xtab turish yig‘imi;
7) aerovokzaldan foydalanish yig‘imi;
8) uchib ketishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tarifi;
9) uchib kelishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tarifi;
10) belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan bagajga xizmat ko‘rsatish tarifi;
11) yuklarga ishlov berish tarifi;
12) pochtaga ishlov berish tarifi;
13) aviakompaniyalar tomonidan aeroportda yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish tarifi;
14) teleskopik trapni taqdim etish tarifi;
15) havo kemasiga reglament shakllari bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish tarifi;
16) havo kemasini qabul qilish va parvozga tayyorlashni ta’minlash tarifi;
17) havo kemasining ichini tozalash tarifi;
18) meteota’minot tarifi;
19) parvozoldi ma’lumot byulletenini (PMB) taqdim etish tarifi;
20) aviatsiya yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash tarifi;
21) yo‘lovchilarga maxsus xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar tarifi;
22) nogironlar aravachasini taqdim etish tarifi;
23) yo‘lovchilarning immigratsiya nazorati bo‘yicha xizmatlar tarifi;
24) ekipajni yetkazish uchun transport taqdim etish tarifi;
25) ekipajni mehmonxonaga yetkazish uchun transport taqdim etish tarifi;
26) havo kemasini shaxsiy qo‘riqlash tarifi;
27) havo kemalarini joylashtirish tarifi;
28) havo kemasini shatakka olish tarifi;
29) sanitariya uzellarida (hojatxonalar) xizmat ko‘rsatish tarifi;
30) ichimlik suvi bilan ta’minlash tarifi;
31) elektr energiyasini yetkazish tarifi;
32) havo haroratini saqlash (isitish) tarifi;
33) havo kemalarini texnik vositalardan foydalangan holda tashqaridan qor va muzdan tozalash tarifi;
34) aviadvigatellarga moy quyish (to‘kish) tarifi;
35) tizimni kislorod bilan ta’minlash tarifi;
36) tizimni azot yoki siqilgan havo bilan ta’minlash tarifi;
37) aviadvigatellarning maxsus uskuna yordamida havo orqali ishga tushirilishini ta’minlash tarifi;
38) havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni bajarish uchun xodimlar bilan ta’minlash tarifi;
39) avtonarvon, avtokranni taqdim etish tarifi;
40) havo kemasini kuzatib boruvchi transport vositasini taqdim etish tarifi;
41) tez yordam mashinasini taqdim etish tarifi;
42) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun transport vositasini (avtoliftni) taqdim etish tarifi;
43) aeroportning ish reglamentini uzaytirish yig‘imi;
44) slotlarni buzganlik uchun yig‘im;
45) havo kemasini bort taomlari bilan ta’minlash tarifi.
14. Uchish-qo‘nishni ta’minlash yig‘imi havo kemalarining aerodromga qo‘nishi va uchishini ta’minlash, shu jumladan, quyidagi xizmatlar uchun belgilanadi:
a) uchish-qo‘nish yo‘lagi, harakatlanish yo‘laklari va perronlarni taqdim etish;
b) aerodromni yoritish (texnik ta’minoti);
v) aeroport hududida yer usti qidiruv-qutqaruv ta’minoti;
g) aeroport hududida avariyadan qutqarish va yong‘inga qarshi kurashish ta’minoti;
d) aeroport hududida parvozlar xavfsizligining ornitologik ta’minoti;
e) qo‘nishdan keyin havo kemasiga aerodromda 3 soat davomida, qo‘nish aeroportida ishlov berish (yuk ortish va/yoki tushirish) lozim bo‘lgan yuk (pochta) mavjud bo‘lganda yuk tashuvchi havo kemalariga 6 soat davomida to‘xtab turish joyini taqdim etish.
Yig‘im tarifi havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatida ko‘rsatilgan maksimal uchish massasining har bir tonnasi uchun belgilanadi va havo kemasi uchib ketishi oldidan undiriladi.
To‘lov belgilangan tarif va havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatida ko‘rsatilgan maksimal uchish massasi asosida hisoblanadi.
Har bir havo kemasining uchishi va qo‘nishi bitta xizmat sifatida baholanadi.
15. Tungi vaqtda havo kemasining uchish-qo‘nishini ta’minlash yig‘imi 1-oktabrdan 31-martgacha mahalliy vaqt bilan 17.00 dan 08.00 gacha va 1-apreldan 30-sentabrgacha mahalliy vaqt bilan 20.00 dan 06.00 gacha amalga oshirilgan har bir qo‘nish yoki uchish uchun uchish-qo‘nishni ta’minlash yig‘imining 20 foizgacha bo‘lgan miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi, bunda qo‘nish ham, uchish ham tunda amalga oshirilishidan qat’i nazar bir marotaba undiriladi.
16. Avitsiya xavfsizligi maqsadida undiriladigan aeroport yig‘imlari, quyidagi xizmatlar uchun olinadi:
a) fuqaro avitsiyani noqonuniy aralashuv harakatlaridan himoya qilish;
b) aeroportning nazoratdagi hududini, aeroport faoliyatini ta’minlovchi obyektlarni va fuqaro aviatsiyasi havo kemalarini qo‘riqlash;
v) havo kemasi ekipajlari a’zolarini aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvidan o‘tkazish;
g) havo kemalari, bort zaxiralari, bort oziq-ovqatlarini aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvidan o‘tkazish;
d) yo‘lovchilarni, ko‘l yuklarini va bagajlarni aviatsiya xavfsizligiga tekshiruvidan o‘tkazish;
e) pochta, yuk va tezkor jo‘natmalarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvidan o‘tkazish.
Avitsiya xavfsizligi uchun aeroport yig‘imlari miqdori aeroport tomonidan belgilaydi.
17. Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida avitsiya xavfsizligi uchun aeroport yig‘imlari:
a) aerovokzal komplekslarida yo‘lovchilar oqimini tele va video vositalar orqali kuzatish;
b) maxsus vositalarni qo‘llash va nostandart vaziyatlarga nisbatan zudlik bilan munosabat bildirishga qodir bo‘lgan xodimlarni jalb etish uchun belgilanadi.
Yig‘im O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga uchib ketayotgan ikki va undan katta yoshdagi har bir yo‘lovchi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan yig‘im va uchib ketayotgan ikki va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar soni asosida hisoblanadi.
18. Yuk, pochta xavfsizligini ta’minlash maqsadida undiriladigan avitsiya xavfsizligi uchun aeroport yig‘imlari:
a) rentgen uskunasidan foydalangan holda aviatsiya xavfsizligiga tekshiruvidan o‘tkazish;
b) portlovchi moddalarni aniqlash tizimidan foydalangan holda aviatsiya xavfsizligiga tekshiruvidan o‘tkazish;
v) qo‘lda tekshirish;
g) yukka (pochtaga) tegilishining oldini olish maqsadida tele va video vositalar orqali kuzatish uchun belgilanadi.
Yig‘im O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga jo‘natilgan, ishlov berilgan yukning (pochtaning) har bir tonnasi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan yig‘im va ishlov berilgan yuk, pochtaning yukxatlarida qayd etilgan miqdori asosida hisoblanadi.
19. Me’yordan ortiq vaqt davomida to‘xtab turish yig‘imi yo‘lovchi tashuvchi havo kemalariga qo‘ngandan keyin aerodromda 3 soatdan ortiq, yuk tashuvchi havo kemalariga qo‘nish aeroportida ishlov beriladigan (yuk ortish va/yoki tushirish) yuk (pochta) mavjud bo‘lganda 6 soatdan ortiq vaqtga to‘xtab turish joyini taqdim etish uchun belgilanadi.
Yig‘im tarifi har 24 soat yoki uning bir qismi uchun uchish-qo‘nish yig‘imining 25 foizigacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.
Yig‘im belgilangan tarif va havo kemasining me’yordan ortiq to‘xtab turish vaqti asosida belgilanadi. Me’yordan ortiq to‘xtab turish vaqti havo kemasining normativ vaqtiga va yana 15 daqiqaga kamaytirilgan (erda harakatlanish) qo‘nish va uchish vaqti o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
20. Aerovokzaldan foydalanish yig‘imi aerovokzal hududi va binosida uchib ketayotgan yo‘lovchilarga (aeroport hududiga kelgandan boshlab ro‘yxatdan o‘tish boshlanguncha) va uchib kelayotgan yo‘lovchilarga (havo kemasidan aerovokzalga kelgan vaqtdan boshlab aeroport hududidan chiqib ketguncha) belgilangan texnologiyaga muvofiq servis xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan:
a) vokzal oldi hududini taqdim etish;
b) vestibyul, ma’lumot-axborot zonasi, xonalar va kutish joylarini taqdim etish;
v) yo‘lovchilarga shartli qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish xonalarini taqdim etish (ona va bola xonalari, tibbiy yordam punkti, hojatxona va foydalanish uchun alohida to‘lov undirilmaydigan boshqa xonalar);
g) yo‘lovchilarni axborot (ma’lumot) bilan ta’minlash uchun belgilanadi.
Yig‘im uchib ketayotgan har bir ikki va undan katta yoshdagi yo‘lovchiga belgilanadi. To‘lov uchib ketayotgan ikki va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar soni va belgilangan yig‘im asosida hisoblanadi.
21. Uchib ketishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tarifi uchib ketayotgan yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish va havo kemasiga chiqarish (shu jumladan, tranzit zonalarda xizmat ko‘rsatish) hamda belgilangan me’yor doirasida bagajga ishlov berish chog‘ida taqdim etiladigan xizmatlar, shu jumladan:
a) yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish, bagaj vaznini o‘lchash va rasmiylashtirish;
b) yo‘lovchilar pasport va bojxona nazoratidan o‘tishini ta’minlash uchun texnik vositalarni taqdim etish;
v) bagajni transport vositalariga joylash;
g) bagajni ortish, tushirish, aerovokzal binosi va havo kemasi o‘rtasida transportda tashish hamda bagajni berish;
d) reys natijalarini umumlashtirish va topshirish, yuklash uchun havo kemasining bagaj lyuklari raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish, bo‘sh joylar mavjudligini aniqlash, ro‘yxatga olish natijalarini umumlashtirish, dastlabki va yakuniy bosqichda yig‘ma yuklash vedomostini tuzish, reys hujjatlarini rasmiylashtirish, hujjatlarni ekipajga yetkazish, havo kemasiga yuklanishni nazorat qilish;
e) yo‘lovchilarni yig‘ish va havo kemasigacha kuzatib borish, havo kemasiga chiqqanidan keyin yo‘lovchilar sonini tekshirish;
j) yo‘lovchilarni havo kemasigacha yetkazish va havo kemasiga chiqarishni ta’minlash uchun xodimlar, texnik va transport vositalarini taqdim etish;
z) havo kemasining tijorat yuklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni borish belgilangan aeroportga yetkazish uchun belgilanadi.
Tarif uchib ketayotgan ikki va undan katta yoshdagi har bir yo‘lovchi uchun belgilanadi. To‘lov uchib ketayotgan ikki va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
22. Uchib kelishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tarifi uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutib olish va aerovokzal binosigacha kuzatib borish, bagajga ishlov berish chog‘ida ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan:
a) yo‘lovchilarni havo kemasidan tushirish va aerovokzal binosigacha yetkazishni ta’minlash uchun xodimlar, texnik va transport vositalarini taqdim etish;
b) uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutib olish va aerovokzalgacha kuzatib borish;
v) yo‘lovchilar pasport va bojxona nazoratidan o‘tishini ta’minlash uchun texnik vositalarni taqdim etish;
g) bagajni tushirish va havo kemasi bilan aerovokzal binosi o‘rtasida transportda tashish, shuningdek, bagajni berish;
d) bagajni qidirish xizmatlari;
e) reys natijalarini umumlashtirish va topshirish uchun belgilanadi.
Tarif uchib kelayotgan ikki va undan katta yoshdagi har bir yo‘lovchi uchun belgilanadi.
To‘lov uchib kelgan ikki va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
23. Belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan bagajga xizmat ko‘rsatish tarifi belgilangan me’yordan ortiq bagajga ishlov berish xizmatlari, shu jumladan:
a) me’yordan ortiq bagaj vaznini o‘lchash va rasmiylashtirish;
b) me’yordan ortiq bagajni transport vositalariga joylash;
v) me’yordan ortiq bagajni aerovokzal binosidan havo kemasigacha borish va qaytishda transportda tashish;
g) me’yordan ortiq bagajni havo kemasiga/dan ortish, tushirish;
d) me’yordan ortiq bagajni berish;
e) hujjatlarni rasmiylashtirish uchun belgilanadi.
Bepul bagaj me’yori har bir ekspluatant tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va aeroport xodimlari e’tiboriga belgilangan tartibda yetkaziladi.
Tarif uchib ketishda xizmat ko‘rsatilgan belgilangan me’yordan ortiq bagajning har bir tonnasi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan me’yordan ortiq jo‘natilayotgan bagaj miqdori hamda belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
24. Yuklarga ishlov berish tarifi yetkazilgan va jo‘natilayotgan yuklarga yer ustida ishlov berishda ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan:
a) vaznni o‘lchash va belgi qo‘yish (markirovka);
b) omborda saralash, shu jumladan, yuk qabul qiluvchilar bo‘yicha saralash, hujjatlarni rasmiylashtirish;
v) reyslar bo‘yicha komplektlarni shakllantirish, shu jumladan, konteyner va poddonlarga joylashtirish, komplektlarga ajratish;
g) belgilangan muddatlarda qisqa vaqt saqlash;
d) havo kemasiga olib borish va undan olib qaytishda transportda tashish uchun perrondagi yuklash-tushirish vositalariga ortish-tushirish;
e) havo kemasiga transportda olib borish va olib qaytish;
j) havo kemasiga yuklanishni nazorat qilish;
z) havo kemasiga/dan yuklash va tushirish uchun belgilanadi.
Tarif ishlov berilgan (yetkazilgan yoki jo‘natilayotgan) yukning har bir tonnasi, shu jumladan, aeroport hududida transport vositasidan tushirish, transport vositasiga yuklash uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va ishlov berilgan yukning (yetkazilgan yoki jo‘natilayotgan) yukxatida ko‘rsatilgan vazni asosida hisoblanadi.
25. Pochtaga ishlov berish tarifi yetkazilgan va jo‘natilayotgan pochtaga yer ustida ishlov berishda ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan:
a) vaznni o‘lchash va belgi qo‘yish (markirovka);
b) omborda saralash, shu jumladan, yuk qabul qiluvchilar bo‘yicha saralash, hujjatlarni rasmiylashtirish;
v) reyslar bo‘yicha komplektlarni shakllantirish, komplektlarga ajratish;
g) belgilangan muddatlarda qisqa vaqt saqlash;
d) havo kemasiga olib borish va undan olib qaytishda transportda tashish uchun perrondagi yuklash-tushirish vositalariga ortish-tushirish;
e) havo kemasiga transportda olib borish va olib qaytish;
j) havo kemasiga yuklanishni nazorat qilish;
z) havo kemasiga/dan yuklash va tushirish uchun belgilanadi.
Tarif ishlov berilgan (yetkazilgan yoki jo‘natilayotgan) pochtaning har bir tonnasi, shu jumladan, aeroport hududida transport vositasidan tushirish, transport vositasiga yuklash uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va ishlov berilgan (yetkazilgan yoki jo‘natilayotgan) pochtaning pochta yukxatida ko‘rsatilgan vazni asosida hisoblanadi.
26. Aviakompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish tizimidan foydalanish tarifi har bir uchib ketayotgan yo‘lovchi uchun belgilanadi.
To‘lov uchib ketayotgan yo‘lovchilar soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
27. Teleskopik trapni taqdim etish tarifi bitta teleskopik trapning havo kemasiga har bir yetkazilishi uchun belgilanadi. To‘lov yetkazib berishlar soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
28. Havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish reglament shakllari bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish tarifi tranzit A-I shakli bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish reglamentida belgilangan majburiy ishlar kompleksi bo‘yicha yoki xizmat ko‘rsatilayotgan havo kemasining turi va/yoki uchish massasiga ko‘ra shu kabi maqsadlar uchun mo‘ljallangan reglamentning boshqa shakllari bo‘yicha havo kemalari parvozlariga muhandislik-aviatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun belgilanadi (ekipaj yoki buyurtmachi talabnomasiga binoan amalga oshiriladigan qo‘shimcha ishlardan tashqari).
Tarif havo kemasi turi bo‘yicha va/yoki xizmat ko‘rsatilayotgan havo kemasining maksimal uchish massasiga muvofiq havo kemasiga har bir xizmat ko‘rsatish uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va xizmat ko‘rsatish soni asosida hisoblanadi.
29. Havo kemasini qabul qilish va parvozga tayyorlashni ta’minlash tarifi havo kemasini qabul qilish va parvozga tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar, shu jumladan:
a) to‘xtab turish joyini tayyorlash va to‘xtab turish joyida havo kemasini qabul qilish;
b) shassi g‘ildiraklari ostiga to‘xtatish kolodkalarini o‘rnatish;
v) to‘xtatish kolodkalarini yig‘ib olish;
g) havo kemasini yerga sim bilan ulash;
d) havo kemasi bilan bog‘lanish moslamasi yoki perron va ekipaj kabinasi o‘rtasidagi radioaloqa orqali ekipaj bilan aloqa o‘rnatish;
e) dvigatellar ishga tushirilishini nazorat qilish;
j) havo kemasi harakatlanishiga ruxsat berish;
z) havo kemasining to‘xtab turish joyidan chiqish harakatini nazorat qilish uchun belgilanadi.
Tarif havo kemasi turi bo‘yicha va/yoki xizmat ko‘rsatilayotgan havo kemasining maksimal uchish massasiga muvofiq havo kemasiga har bir xizmat ko‘rsatish uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va xizmat ko‘rsatishlar soni asosida hisoblanadi.
30. Havo kemasining ichini tozalash tarifi havo kemasi ichini tozalash texnologiyasida nazarda tutilgan kompleks ishlarni ta’minlash, shu jumladan:
a) chiqindilarni chiqarib tashlash;
b) kreslolar suyanchig‘ining cho‘ntaklari va yuqoridagi bagaj polkalaridan chiqindilarni chiqarib tashlash;
v) yo‘lovchi kreslolari, ulardagi jihozlarni tozalash va tartibga keltirish, shu jumladan, xavfsizlik kamarlarini tekislash va pledlarni tarqatish;
g) kreslolarning bosh qismi uchun bir martalik salfetkalarni almashtirish;
d) pollarni tozalash, shu jumladan, ishni maxsus uskunalardan foydalangan holda (changyutgich) amalga oshrish;
e) chiqindilarni chiqarib tashlash va yo‘q qilish uchun belgilanadi.
Tarif xizmat ko‘rsatilayotgan havo kemasining maksimal uchish massasiga muvofiq har bir xizmat ko‘rsatish uchun belgilanadi.
To‘lov xizmat ko‘rsatish soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
Kreslolarning bosh qismi uchun bir martalik salfetkalar qiymati tarifga kiritilmaydi.
31. Meteota’minot tarifi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining meteorologiya ta’minoti bo‘yicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hajmda aeroportlarda ekipajlarga meteorologiya ma’lumotini taqdim etish uchun belgilanadi.
Tarif xizmat ko‘rsatilayotgan havo kemasining maksimal uchish massasiga muvofiq har bir uchish-qo‘nish uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va uchish-qo‘nishlar soni asosida hisoblanadi.
32. Parvozoldi ma’lumot byulletenini (PMB) taqdim etish tarifi havo kemasi ekipajlariga parvozlarni yer usti aeronavigatsiya ma’lumotlari bilan ta’minlash, shu jumladan, aerodromlar va havo trassalari bo‘yicha aeronavigatsiya ma’lumotlarini hamda aeronavigatsiya vaziyatidagi o‘zgarishlarni shakllantirish va taqdim etish (shartnoma asosida yoki havo kemasi ekspluatanti talabnomasi bo‘yicha) xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilanadi.
Tarif ushbu aeroportdan havo kemasining har bir uchish-qo‘nishi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif asosida mazkur aeroportdan havo kemalarining haqiqiy uchish-qo‘nish soni bo‘yicha hisoblanadi.
33. Aviatsiya yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash tarifi havo kemalarini yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan:
a) yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish;
b) yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash;
v) yoqilg‘i-moylash materiallari sifatini tahlil qilish;
g) yoqilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish va berish;
d) havo kemalariga yoqilg‘i-moylash materiallarini quyish uchun xodimlar va texnik vositalarni taqdim etish;
e) fuqaro aviatsiyasida qabul qilingan talab va qoidalarga hamda havo kemalarini yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan xizmat ko‘rsatish texnologiyasiga muvofiq boshqa xizmatlar uchun belgilanadi.
Tarif quyilgan yoqilg‘i-moylash materiallarining har bir tonnasi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va quyilgan yoqilg‘i-moylash materiallari miqdori (tonna) asosida hisoblanadi. Bir tonna yoqilg‘i-moylash materiallarining narxi alohida belgilanadi va ushbu tarifga kiritilmaydi.
34. Yo‘lovchilarga maxsus xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar tarifi ixtisoslashgan zonalar, sektorlar va yuqori qulayliklarga ega xonalar hamda alohida muhim shaxslar xonalari orqali uchib kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilarga aeroportning ichki texnologiyasiga binoan maxsus servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar uchun belgilanadi.
Tarif uchib kelayotgan yoki ketayotgan (belgilangan imtiyozlarni hisobga olgan holda) har bir yo‘lovchi uchun maxsus xizmat ko‘rsatish sektorlari bo‘yicha alohida belgilanadi.
To‘lov ketayotgan yoki kelayotgan yo‘lovchilar soni va belgilangan tarif bo‘yicha quyidagi tartibda hisoblanadi:
a) ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘lov olinmaydi;
b) kattalar bilan birga bo‘lgan ikki yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘lov belgilangan tarifning 50 foizigacha miqdorida undiriladi;
v) kattalar bilan birga bo‘lmagan ikki yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘lov to‘liq tarif bo‘yicha undiriladi;
g) o‘n ikki yosh va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar uchun belgilangan tarif bo‘yicha undiriladi.
35. Nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini taqdim etish tarifi uchib ketishda havo kemasi trapigacha yoki uchib kelishda trapdan aerovokzaldan chiqishgacha jismoniy imkoniyatlari cheklangan yo‘lovchilarni kuzatib borish uchun belgilanadi.
Aeroport kuzatuvchisi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasi faqatgina ro‘yxatga olish joyidan tekshirish punktlari orqali havo kemasi trapigacha taqdim etiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasida harakatlanadigan yo‘lovchilar uchun samolyotga chiqishda ustuvorlik huquqi taqdim etiladi.
Tarif bitta nogironligi bo‘lgan shaxslar aravachasini bir marta taqdim etish uchun belgilanadi. To‘lov belgilangan tarif va xizmat ko‘rsatishlar soni bo‘yicha hisoblanadi.
36. Immigratsiya nazorati bo‘yicha xizmatlar tarifi maxsus texnik vositalar yordamida yo‘lovchilarning borishi belgilangan mamlakatga yo‘lovchilar kirishi qonuniyligining immigratsiya nazoratini amalga oshirish xizmati uchun belgilanadi.
Tarif har bir ketayotgan yo‘lovchi uchun belgilanadi. To‘lov uchib ketayotgan yo‘lovchilar soni va belgilangan tarif asosida hisoblanadi.
Immigratsiya nazorati xizmati alohida shartnoma asosida taqdim etiladi.
37. Ekipajni yetkazish uchun transport taqdim etish tarifi ekipajni aeroport hududida havo kemasiga olib borish va havo kemasidan olib qaytish uchun xodimlar va transport vositalari bilan ta’minlash uchun belgilanadi.
Tarif ekipaj a’zolari sonidan, foydalanilayotgan transport vositasi va havo kemasi turidan (markasidan) qat’i nazar ekipajga har bir xizmat ko‘rsatish uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va havo kemasining uchib kelishi yoki uchib ketishida transport vositalarini yetkazib berish soni bo‘yicha hisoblanadi.
38. Ekipajni mehmonxonaga yetkazish uchun transport taqdim etish tarifi ekipajni aeroportdan tashqaridagi mehmonxonaga yetkazish uchun xodimlar va transport vositalarini taqdim etishda belgilanadi.
Tarif transport vositasi turidan qat’i nazar ekipajga har bir xizmat ko‘rsatish (mehmonxonaga yoki mehmonxonadan reysga yetkazish) uchun belgilanadi.
39. Havo kemasini qo‘riqlash tarifi havo kemasining turidan qat’i nazar uni qo‘riqlashning har bir soati uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va havo kemasini qo‘riqlash vaqti bo‘yicha hisoblanadi, bunda soatning har qanday qismi ko‘payishga qarab to‘liq soatgacha yaxlitlanadi.
40. Havo kemalarini joylashtirish tarifi aerodromda havo kemalarini joylashtirishda to‘xtab turish joyini taqdim etish uchun belgilanadi.
Tarif havo kemasining maksimal uchish massasiga ko‘ra har bir sutka yoki uning bir qismi uchun belgilanadi.
To‘lov belgilangan tarif va havo kemasi to‘xtab turgan sutkalar soni bo‘yicha hisoblanadi, bunda sutkaning har qanday qismi butun sutkagacha ko‘payishga qarab yaxlitlanadi.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish