Mavzu: Havo kemalariga xizmat ko’rsatish texnik hududi


havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish



Download 1,1 Mb.
bet2/3
Sana03.03.2023
Hajmi1,1 Mb.
#916083
1   2   3
Bog'liq
2-28

havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish ― parvozda ma’lumot xizmatlari ko‘rsatilishi, avariya to‘g‘risida xabar yetkazilishi, havodagi harakatga konsultativ va dispetcherlik xizmatlarining ko‘rsatilishi (hududda dispetcherlik xizmatini ko‘rsatish, yaqinlashishda yoki aerodromda dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatish);
havodagi harakatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ ― O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasida havodagi harakatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
parvoz rejasi (flayt plan) ― havodagi harakatga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga havo kemasining rejalashtirilgan parvozi yoki parvozning bir qismi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar;
aerodrom hududi ― gorizontal va vertikal tekisliklarda belgilangan chegaralarda aerodrom va unga tutashgan joylarning havo hududi;
ortodromiya bo‘yicha masofa ― ikkita nuqtani bog‘lovchi katta aylananing eng qisqa yoyi uzunligi;
yig‘im ― fuqaro aviatsiyasi uchun vosita va xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadigan va undiriladigan summa;
tarif ― belgilangan xizmat ko‘rsatish birligi narxi;
A” shakl ― Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga xizmat ko‘rsatishda rasmiylashtiriladigan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarining yer usti xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida tuziladigan namunaviy kelishuviga ilova qilinadi;
R” shakl ― parvozlarni bajarish davri, havo kemasining aeroportga uchib kelishi va ketishi sanasi, vaqti, havo kemasining turi va yo‘lovchi tashish sig‘imi, aviatashuvchiga parvozlarni bajarish huquqlarini beradigan hamda Aviatsiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadigan parvozlar jadvali.
2. Aeroport va aeronavigatsiya yig‘im va tariflari O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va havo hududida xizmat ko‘rsatish uchun belgilanadi hamda mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hamda ekspluatant davlati tomonidan berilgan ekspluatant sertifikatiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining havo qatnovi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari asosida taqdim etilgan tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lgan respublika va xorijiy havo kemalari ekspluatantlaridan undiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalariga muvofiq shakllantiriladi.
4. Aeronavigatsiya yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasi havo hududida havo kemalari parvozlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun havodagi harakatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining (EUROCONTROL) Yo‘nalishda aeronavigatsiya xizmatlari uchun yig‘imlarni hisoblash asosini yaratish va xizmat ko‘rsatish birligiga tariflarni hisoblash prinsiplari metodikasiga (Doc 99.60.01, 1999-yil 1-fevral) muvofiq shakllantiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari va havo hududida fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan aeroport va aeronavigatsiya yig‘im va tariflari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish ikki yoki undan ortiq tashkilot tomonidan ta’minlanganda, havo kemalariga yer usti xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aeroport yig‘im va tariflari har bir tashkilot uchun alohida tegishli xizmatlar taqdim etilishi uchun belgilanadi. Bunda havo kemalari ekspluatantlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan vakillar ushbu tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda, tegishli shartnomalar asosida, shartnoma bo‘lmagan taqdirda esa, xizmat ko‘rsatish vaqtida amal qilayotgan tarif va yig‘imlar bo‘yicha amalga oshiradi.


7. Aeroport va aeronavigatsiya yig‘im va tariflari O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari va havo hududida havo kemalariga xizmat ko‘rsatishda ichki va xalqaro tashuvlarni amalga oshiradigan havo kemalari uchun tabaqalashgan tarzda belgilanadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining rezident ekspluatantlari uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yagona yig‘im va tariflar belgilanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari va havo hududida havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun aeroport va aeronavigatsiya yig‘im va tariflari havo kemalari ekspluatantlariga taqdim etiladigan xizmatlar uchungina undiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida havo kemalariga xizmat ko‘rsatishda undiriladigan yig‘im va tariflar havo kemalarining barcha ekspluatantlari uchun majburiy to‘lov hisoblanadi.
10. Aeroport va aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatish va amalga oshirish xarajatlarini aniqlashda, xizmatlarni ko‘rsatish tariflarini hisoblab chiqishda fuqaro aviatsiyasi korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom hamda 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat .
11. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan yig‘im va tariflarni joriy etish, jamlash (konsolidatsiya) va chiqarib tashlash O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
12. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) aeroport va aeronavigatsiya xizmatlari (aeronavigatsiya xizmatlari sohasi ― havodagi harakatni boshqarish, parvozlarning radiotexnik ta’minoti, aeronavigatsiya axborotlarini taqdim etish hamda aeroport xizmatlari sohasi ― samolyotlarning uchishini ta’minlash, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, yuklar, pochta va bagajlarga ishlov berish xizmatlari) yig‘im va tariflarini yoki ularning maksimal (eng yuqori) darajasini belgilash vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.






Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish