1
Mavzu:Haroratni òzgarshi sababli òlchash asbobda kelib chiqadigan xatolikni
aniqlash
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1 Haroratni òlchash asboblari va usulari.
2.2 Haroaratni òlchash haqida asosiy ma'lumotlar va òlchov asboblarining
klassifikatsiyasi.
2.3 Haroratni òlchashda xatoliklar.
III. Xulosa
IV. Foydalangan adabiyotlar
Suyuqlikli termometrlar
Suyuqlikli termometrlar –200°C dan +600°C gacha oraliqdagi temperaturani
o`lchash uchun ishlatiladi. SHisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda,
aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo`lgani sababli laboratoriya va sanoatda
keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga
o`rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko`tarilishi yoki
pasayishida o`zgarishiga asoslangan. SHisha termometrlarning suyuqligi sifatida
simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar
ishlatiladi. Ularning qo`llanilish chegaralari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko`p tarqalgani simobli termometrlardir.
2.1-jadval
Termometrlarga solinadigan suyuqliklar
Suyuqlik
Qo`llanilish chegaralari, ºC da
pastki
yuqori
Simob
–35
600
Toluol
–90
200
Etil spirti (etanol)
–80
70
Kerosin
–60
200
Petroley efir
–120
25
Pentan
–200
20
...
...
...
Simobning kengayish koeffisientini kichikligi termometriya nuqtai nazardan
uning kamchiligi hisoblanadi. Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy
kengayish koeffisienti bilan xarakterlanadi. Bu koeffisient quyidagi formula orqali
aniqlan.
2
bu erda
𝑣𝑡
1 va
𝑣𝑡
2— suyuqlikning
𝑡
1 va
𝑡
2 temperaturalardagi hajmi; v0 — shu
suyuqlikning 0°C dagi hajmi.
𝛽
koeffisient qancha katta bo`lsa, hajmiy kengayish temperaturasining 1°C ga
o`zgarishiga shuncha ko`proq moslashadi. Termometrlarda hajmiy kengayish
temperatura koeffisienti yuqori bo`lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga
muvofiq. O`lchashning maqsadi va diapazoniga qarab termometrlar kengayish
koeffisienti kichik bo`lgan turli markali shishalardan tayyorlanadi. Texnikada
qo`llaniladigan suyuqlikli shisha termometrlar quyidagi turlarga bo`linadi:
1.
Ko`rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar
(keng miqyosda
qo`llaniladigan termometrlar):
a)
simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
b)
organik suyuqlikli termometrlar (–200 dan +200°C gacha);
2.
Ko`rsatishlariga pasportga binoan tuzatish kiritiladigan termometrlar
:
a)
aniqlik darajasi yuqori simobli termometrlar (–35 dan +600°C gacha);
b)
aniq o`lchovlarga mo`ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°C
gacha);
v) organik suyuqlikli termometrlar (–80 dan +100°C gacha).
3
Konstruksiyalarining xilma-xilligiga qaramay
barcha suyuqlikli termometrlar ikki asosiy turning
biriga:
tayoqcha shaklidagi
yoki
shkalasi ichiga
o`rnatilgan termometrlar
turiga tegishli bo`ladi.
Tayoqcha shaklidagi termometr (2.1-rasm, a) qalin
devorli, tashqi diametri 6 ... 8 mm ga teng qilib
tayyorlangan
kapillyar
naychadan
iborat.
Naychaning pastki qismi suyuqlik saqlanadigan
rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita
kapillyarning sirtida darajalanadi.
SHkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlarda (2.1-
rasm, b) kapillyar naychasi ingichka devorli bo`lib,
simob rezervuari kengaytirilgan. SHkala darajalari
sut rang yassi shisha plastinkada joylashgan va
kapillyar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan
shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda
shkalasi
ichiga
o`rnatilgan
yoki
burchakli
(termometrning pastki kismi 90°, 120° va 135° li
burchak
hosil
qiladi)
texnik
termometrlar
tayyorlanadi. Yuqori darajali termometrlarda
kapillyardagi suyuqlik ustidagi bo`shliq inert gaz
bilan to`ldiriladi.
2.1-rasm. Termometrlar
Temperaturaning ma`lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda ta`minlash va
uning ma`lum qiymatini signalizasiya qilish uchun kontaktli termometrlar
qo`llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko`proq kontaktli bo`lib,
yuqoridagi kontakt o`rni o`zgaruvchan bo`ladi. Temperaturani suyuqlikli shisha
termometr bilan o`lchash aniqligidagi yo`l qo`yiladigan xatolar bir qator
faktorlarga bog`liq: tekshirilmagan shkala bo`linmalari uchun kiritiladigan tuzatish
qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o`zgarishi; termometrning o`lchanayotgan
muhitga kirish chuqurligining har xilligi, tashqi bosimning o`zgarishi; termometr
inersiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit issiqligining muvozanati.
Xatolarga sabab bo`ladigan keltirilgan faktorlardan eng ahamiyatlisi nol
nuqtasining o`zgarishi hamda termometrning o`lchanayotgan muhitga kirish
chuqurligining har xilligidir.
Agar to`liq kiritilganda darajalangan termometrni ishlatilish sharoitlariga
ko`ra o`lchanayotgan muhitga to`liq kiritib bo`lmasa, unda uning rezervuari va
suyuqlik ustuni turli temperaturada bo`ladi. CHiqib turgan ustunga tuzatma
quyidagi formula bo`yicha kiritiladi:
∆
𝑡
=
𝑛𝛽𝑡
1
𝑡
2(
𝑡
2−
𝑡
1), (2.2)
bunda
𝑛
– chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni,
𝛽𝑡
1
𝑡
2 —
shishadagi suyuqlikning kengayish koefficnenti (simob uchun 0,00016, spirt
uchun 0,001),
1
℃
; t
2
— termometr ko`rsatayotgan temperatura °C; t
1
— rezervuar
chiqib turgan ustunning o`rtasiga biriktirilgan yordamchi termometr orqali
4
o`lchanadigan chiqib turgan ustunning o`rtacha temperaturasi.
Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o`lchanayotgandan kam bo`lsa, unda
∆
𝑡
tuzatma ishorasi “+” musbat, ortiq bo`lsa, “–” manfiy bo`ladi. CHiqib turgan
ustun hisobiga paydo bo`ladigan xatolik ancha katta bo`lishi mumkin va shuning
uchun uni e`tiborga olmaslikning iloji yo`q.
SHuni ta`kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik
suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffisientlari qiymatining
katta farq qilishiga ko`ra bir tartibga past.
Hozir shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1.
Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to`g`ri
chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi:
-90 ... +30; -60 … +50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0....
350, 0 450; 0…. 530 va 0….600°C.
SHkala bo`linmasining qiymati 0,5°C (shkalasi -30… +50°C) dan 5 va 10°C
gacha (shkalasi 0 … 600°C).
2.
Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari –
30 dan +600°C gacha temperaturani o`lchashga muljallangan, shkala
bo`linmasining qiymati 0,1 va 2°C;
3.
Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar tayoqli, o`lchash chegaralarini –
200 dan + 200°C gacha qilib chiqariladi. SHkala bo`linmasining qiymati 0,2 dan
5°C gacha.
4.
Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy termometrlar o`lchash chegarasi
tor (4 dan 59°C gacha) va shkala bo`linmasining qiymati 0,01 dan 0,1°C gacha
qilib chiqariladi.
5.
Simobli elektr kontaktli termometrlar –30 dan 300°C gacha o`lchashga
mo`ljallab chiqariladi.
6.
Maxsus termometrlar: medisina (maksimal), meteorologik (maksimal,
minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan.
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo`yicha hisoblash
noqulayligi, ko`rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo`lmasligi,
issiqlik inersiyasining kattaligi (ko`rsatishlarning kechikishi) va asboblarning
mexanik nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |