9
yuqorigi chegarasi nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°C ni tashkil
etadi. 0,2 — 0,3 mm diametr uchun 600°C dam ortiq emas.
Platinorodiy (90% platina 10% rodiy)-platinali termoelektr termometrlar
uzoq vaqt davomida 0 dan 1300°C temperatura oralig`ida, qisqa vakt davomida
1600°C gacha bo`lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar
oksidlanadigan va neytral muhitlarda darajalash xarakteristikasining barqarorligini
saqlaydi. Tiklanadigan atmosferada platinorodiy-platinali termometrlar ishlay
olmaydi, chunki termometr termo EYuKining keskin o`zgarishi yuz beradi. Bular
ulardan foydalanish maksadiga qarab etalon, namuna va ish termometrlari a
bo`linadi. To`g`ri ishlatilganda darajalash uzok vaqt davomida o`zgarmaydi.
Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa turlarinikiga nisbatan
TEYuK kamligini kiritsa bo`ladi. Termoelektrod simi diametri 0,3 yoki 0,5 mm ni
tashkil etadi.
Platinorodiy (30% rodiyli)-platinorodiyli (6% rodiyli) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida temperaturalarning +300° dan to 1600°C gacha
oralig`ida, qisqa vaqt davomida 1800°C gacha qo`llaniladi. Musbat elektrod —
30% rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod —6% rodiy va 94%
platina kotishmasidan tashkil topgan. Mazkur termometrlar platinorodiy-platinali
termometrlarga qaraganda darajalash xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriligi
bilan ajralib turadi, ammo bu termoelektrodlar ham tiklanadigan muhitda yomon
ishlaydi.
Platinorodiy-platino-rodiyli
termometrlarda
termo
EYuK
temperaturalarning 0. . . ± 3100℃ ± 1000℃ intervalida ozgina hosil bo`ladn, bu
hol esa sovuq ulanmalar temperaturasiga tuzatish kiritishni talab etmaydi.
Volframreniy-volframreniyli (TVR — 5/20 va TVR —10/20) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida 0° dan 2200°C gacha temperaturalarni va qisqa
vaqt davomida 2500°C gacha, shuningdek, vakuumda, neytral va tiklanadigan
muhitlarda temperaturalarni o`lchashga mo`ljallangan. Musbat termoelektrod 95%
volframdan va 5% reniydan yoki 90% volframdan va 10% reniydan tashkil topgan
qotishma, manfiy elektrod 80% volframdan va 20% reniydan tashkil topgan
qotishma.
Termoparalarning ba`zi turlari (mis-kopelli, xromel kopelli, volframreniy-
volframreniyli BP 5/20 yoki BP 10/20) uchun avvalgi nomlari va darajalash
xarakteristikalari ham qoldi. SEV standarti bu termoparalar uchun hech qanday
belgilashlar kiritmadi. Boshqa tur termoparalar uchun yangi nomlar va belgilashlar
kirititildi: nikelxrom-nikelalyuminiyli termopara, K turi, avvalgi nomi xromel-
alyumelli va belgilanishi XA; darajalash xarakteristikasi o`zgarmay qoldi.
Platinorodiy-platinali
va
platinorodiy-platinorodiyli
termoparalar
uchun
belgilashlar o`zgaradi (PP o`rniga S, PR o`rniga V kiritiladi) va darajalash
xarakteristikasi o`zgaradi. Bundan tashqari, avvalda seriyali ishlab chiqarilmagan
qator yangi termoparalar joriy qilinadi:
Mis—mis-nikelli (mis-konstantan termoparasiga yaqin) T turi, temir-mis-
nikelli (temirkonstantan termoparasiga yaqin)
J
turi va nikal-xrom-mis nikelli, E
turi.
Turli muhitlar temperaturasini o`lchaydigan termoparaning sxemasi 2.6-
rasmda ko`rsatilgan. U g`ilof 1, qo`zg`almas yoki qo`zg`aluvchan shtucer
Do'stlaringiz bilan baham: