Mavzu: Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari reja kirish



Download 16,41 Kb.
Sana22.05.2023
Hajmi16,41 Kb.
#942407
Bog'liq
Mavzu Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekisto


Mavzu: Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari


REJA
Kirish……………………………………………...2
1. Harakatlar strategiyasi mazmuni
2. Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichi
3. Iqtisodiy rivojlanishning yo’nalishlari
Xulosa……………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………..

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda har bir davlat o’zining rivojlanish rejasini tuzib olishini taqazo etadi. Shu qatori O’zbekiston ham o’zining rivojlanish yo’nalishiga ega. Mustaqillik yillaridan to 2017-yilgacha bunday reja O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov yaratgan “Taraqqiyotning O’zbek modeli” edi. 2017-yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2022 yillar uchun ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” hisoblanadi. Hozirgi kunlarda ushbu strategiyaning eng so’nggi bosqichida turibmiz. Shunday ekan shu paytgacha ushbu rejada belgilangan maqsadlar qanchalik amalga oshirilgani va oshirilayotgani to’g’risida ma’lumotlar zarur. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlanishida eng yuqori o’rinlarni egallagan yo’nalishlarni bilish, ular haqida tushunchalarga ega bo’lish lozim. Bu bilimlar esa aholining iqtisodiy bilimini oshishi va mamlakatda ziyoli qatlamni oshishiga olib keladi. Bu ziyoli qatlam esa o’z navbatida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini jadallashishiga yo’l ochadi.
Kurs ishining maqsadi: ushbu kurs ishining maqsadi Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish, ushbu mavzuga oid materiallar tahlilini olib borish va shu ma’lumotlar asosida xulosa va takliflar berishdir.
Kurs ishining vazifalari:
harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot berish;
harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichini o’rganish;
shu kungacha harakatlar strategiyasida qo’yilgan maqsadlar qanchalik bajarilganligini tahlil qilish;
Harakatlar strategiyasining hozirgi bosqichida O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishining ustuvorligi yo’nalishlari haqida ma’lumotlar berish;
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga oid takliflar ishlab chiqishdan iborat
Kurs ishi obyekti: Harakatlar strategiysi
Kurs ishi predmeti: erkin rivojlanishning yo’nalishlari
Kurs ishi qisqacha tavsifi: 3 ta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Harakatlar strategiyasi mazmuni
Hozirgi kunda butun dunyodagi davlatlar juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Bunday davlatlarga AQSH, Rossiya, Hindiston, BAA, Janubiy Korea, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa ko’plab davlatlarni misol keltirish mumkin. Bu va boshqa shu kabi davlatlar rivojlanish mobaynida biror to’xtalishga, ya’ni maqsaddan og’ishga yo’l qo’ymaslik uchun o’zlarining rivojlanishdagi qat’iy rejasini, yo’nalishini belgilab olishgan. Bu davlatlar qatori O’zbekiston ham o’zining iqtisodiy rivojlanishda qat’iy maqsadini belgilab kelmoqda. 1991-yildan (O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan yildan) boshlab to 2017-yilgacha O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ishlab chiqqan “Rivojlanishning O’zbek modeli” amal qildi. Ushbu model orqali O’zbekiston 25 yil ichida misli ko’rilmagan natijalarga erishib, “Dunyoning iqtisodiy qoloq davlatlari” ro’yxatida chiqib, “Rivojlanayotgan davlatlar” qatoriga qo’shilib oldi. Birinchi Prezidentimiz yaratgan ushbu model quyidagi besh tamoyilga asoslangan:

Bu besh tamoyil o’z vaqtida juda dolzarb va katta ahamiyatga ega edi. Lekin vaqt o’tib, 2017-yillarga kelib bu tamoyillar o’z dolzarbligini qisman yo’qotdi, yoki unda belgilangan maqsadlar to’liq bajarildi va bu tamoyillarni yangilashga ehtiyoj tug’ildi. 2017- yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ushbu eski modelni yangiladi, unga yangi dolzarb mavzularni qo’shdi. Natijada yangi 2017-2022-yillarga mo’ljallangan yangi reja yaratildi va unga “Harakatlar strategiyasi” deb nom berildi.
Download 16,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish