8-amaliy mashg'ulot
Mavzu:Hamza ijodi.G’afur G’ulom ijodi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilda Qo’qon shahrida tabib oilasida tavallud topgan.Uning pedagogik faoliyati 1911-yildan boshlanadi.U dastlab Qo’qon shahrining O’ojibek guzarida kambag’allarning farzandlari va yetim-yesir bolalar uchun maktab ochdi. U mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o’qitish va tarbiyalash maqsadida,ularni moddiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutib, “Yordam jamiyati” tashkil qiladi.Shu jamiyat orqali u o’quvchilarni o’quv qurollari, kiyim-kechak,oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi.
U 1915-yilda Marg’ilonga borib,kambag’al bolalari uchun maktab ochadi. 1918-yilda esa Farg’onaga borib o’qituvchilikni davom ettiradi va u yerdagi yosh san’atkor-ixlosmandlarni to’plab,”Sayyor dramtruppa”tashkil qiladi.1919-yilning boshlarida Hamza Qo’qondagi boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi.BU yerda u uch sinfli maktab ochib ,o’zi o’qituvchilik qiladi.1922-1924-yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xo’jayli tumanidagi bolalar uyi mudiri va o’qituvchisi bo’lib ishlaydi1925-yilda esa u Farg’onaning Avval qishlog’iga o’qituvchi qilib tayinlanadi.
Shoir 1928-1929-yillarda Shohimardonda o’qituvchilik qiladi.
TEST
1.H.H.Niyoziy yozgan darsliklar nimalar haqida ma’lumot beradi?
A.Urush va tinchlik
B.Badiiy ijod va bolalar adabiyotini tushunish
C.Maktab
2.Uning yengil adabiyotga kiritilgan she’rlaridagi bosh qahramonlarning belgili xususiyatlaridan biri …
A.To’g’ri so’zlik
B.odoblilik
C.mehnatkashlik
3.Qaysi she’rda maktab millatning quyoshiga,guli va bog’iga o’xshatiladi?
A.To’ptosh
B.O’qi
C.Maktab xususinda
4.Tanga berurman senga ,so’zla bir ozgina …
A.gullar haqida
B.yolg’on
C.odob
5.Hoshimjon obrazi qaysi she’rda uchragan?
A.Qimorning boshi
B.To’g’ri so’zla
C.Maktab
6.Uning ikkinchi darsligi qaysi?
A.O’qish kitobi
B.O’qi
C.Maktab
7.Undagi darslar qanday masalalarga bag’ishlangan?
A.o’qishga
B.axloqiy
C.rostgo’ylik
8.Shoirning aytishicha odamni –odam qiladigan joy …
A.masjid
B.mahalla
C.maktab
9.U “Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi”darsligini qachon yozadi?
A.1928
B.1925
C.1926
10.Shoir “Qalam” she’rida qalamni nimaning ramzi sifatida qadrlaydi?
A.ma’rifat
B.odob
C.ilm
ADABIY TAHLIL
To’g’ri so’zla ey o’g’ul,
Til burmagil yolg’onga hech
Bir masal bor:to’g’ri so’zlar
Boshini kesmas qilich
Hamzaning bu “To’g’ri so’zla”she’rida har qanday holatda ham,hatto boshingga qilich kelganda ham to’g’ri so’z bol,deb o’z o’quvchisini,yosh kitobxonni to’g’ri so’z bo’lishga va bolalarni doimo yoshligidan rostgo’ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi.Ularni yolg’onchilik va aldamchilikdan uzoqroq bo’lishga chaqiradi.Bu yolg’onchilik bir kun bo’lmasa ham bir kun albatta boshingga kulfat olib keladi. Shundan so’ng nola qilganingni foydasi bo’lmaydi . Shuning uchun to’g’ri tarbiyani yoshlikdan berib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |