Mavzu: hamdam usmonovich usmonov reja: O’zbekistonda kimyo fani Hamdam Usmonovich Usmonov haqida



Download 29,11 Kb.
bet3/3
Sana23.06.2022
Hajmi29,11 Kb.
#694157
1   2   3
Bog'liq
MAVZU USMONOV HAMDAM USMONOVICH

3. Kimyogar olimning ishlari
Hamdam Usmonovich Usmonov (1916.16.10 Toshkent 1994.5.7)-kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966). Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1937). Urush qatnashchisi (1941—45). Universitet fizik kimyo kafedrasi dotsenti (1946—54), laboratoriya mudiri (1954—73). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti direktori (1952 — 56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimlik moddalari kimyosi instituti direktori (1956—59), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va kimyo fanlari boʻlimi akad.kotibi (1962—64). Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituta direktori va laboratoriya mudiri (1963—82), bosh maslahatchi (1982-yildan). Ilmiy ishlari sellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, linti, chiqindilari va ftorpolimerlarni oʻrganishga oid.
U rahbarligida paxta sellyulozasi olishning jahon standartlari talablariga javob beradigan bir qancha texnologik tizimlari ishlab chiqilgan. Gʻijimlanmaydigan gazmol ishlab chiqarish texnologiyasi, tibbiyot polimerlari, ftorli polimerlar va boshqa amaliyotga joriy qilingan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1977).
4. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966-1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimi. Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir. G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan. Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim gruppa moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik rolini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi. Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo va moddalarning elektron tarkibi kabi eng zamonaviy analiz usullari qo’llanildi. Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy masalalarini hal etishga imkon berdi. O.S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli gruppadagi tabiiy birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning nafis elektron tarkibi va molekulalari konformatsiyasi bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi. O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi, paxta tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimdir. O’zbekiston FA akademiyasining va bir qator chet ellar akademiyalarining akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri Sobir Yunusovich Yunusovdir. Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1991) O’zFA akademigi, Leopol’din nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofoti laureati. Ilmiy ishlari o’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning roli katta bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi.
Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xo`jaligi , qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho`rtan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral o`g`itlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , farg`ona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O`zbekiston iqtisodiyotida to`la mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
O`zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilg`or chet el texnologiyalarni o`zimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari, albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bog`liqdir. XXI asr bo`sag`asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bo`lib qolyapti.
Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xo`jalik chiqindilari yig`ilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yig`ilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xo`jaligi uchun foydali bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, chuqindilarni zararsizlantirish to`g`risida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.
O‘zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi uchun tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy shart sharoitlarning mavjudligi mazkur xududiy yirik fan va madaniyat o‘chog‘ini shakllantirdi. Xilma-xil foydali qazilmalar, arzon energiya manbayi bo‘lmish gidroresurslar, boy tabiiy xom ashyo zahirasi bu o‘lkada katta kimyoning shakllanishi va taraqqiy topishi uchun asos bo‘ldi. Bu erda eng avvalo, paxtachilikni ko‘tarishga xizmat qiladigan sanoat tarmoqlari barpo etildi. Mineral o‘g‘itlar sun’iy va sintetik tolalar, kislotalar, o‘simliklarni kimyoviy ximoyalash vositalari, tabiiy gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlari, metallar va ularning qoishmalari, lok-bo‘yoq materiallari, dori preparatlari, qurilish ashyolari va boshqalar O‘zbekistonning kimyoviy va unga turdosh sanoat korxonalarida olinmoqda va ishlab chiqarilmoqda. Respublikamiz kimyo sanoatining to‘ng‘ich korxonasi Chirchiqdagi «Elektroximprom» ishlab chiqarish birlashmasi bo‘lib, u 1935 yilda Chirchiq azotli o‘g‘itlar zavodi nomi bilan qurilgan va ammiakli selitra, ammiak, vodorod, kislorod, azot, og‘ir suv, nitrat kislota, karbamid kabi mahsulotlari bilan nom qozongan. Azotli o‘g‘it ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan yana biri Farg‘oanadagi «AZOT» ishlab chiqarish birlashmasidir. U erda ammiakli selitra, nitrat va sirka kislotalar, defolianitlar, acetilcellyuloza va boshqa ko‘pgina anorganik va organik moddalr olinmoqda va iste’molchilarga etkazib berilmoqda. Navoi shahrida elektrokimyo nomi bilan 1960 yilda qurib ishga tushirilgan korxona ham bugungi kunda yuksak darajada rivoj topib «Navoiyazot» ishlab chiqarish birldashmasiga aylandi. Keng tarmoqli ushbu maskanda ammiakli selitra, nitrat va sirka kislotalar, ammiak, cianid kislota, alkilonitril, meianol, acetilen, nitron tola kabi mahsulotlar tayyorlanmoqda. Farg‘ona kimyoviy tolalar zavodida sun’iy va sintetik ip-gazlamalar hamda to‘qimalar tayyorlanmoqda. Farg‘ona Furan birikmalari kimyosi zavodi, Yangiyo‘l va Andijon biokimyo zavodlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini kimyoviy va biokimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan turli spirtlar, xal xil erituvchilar, turli geterociklik birikmalar va boshqa qimmatli mahsulotlar olinmoqda. Toshkent lok-bo‘yoq zavodi, chinni zavodi, kimyo famacevtika zavodi, polimer ishlab chiqarish korxonasi mahsulootlarining ham o‘z o‘rni bor, albatta. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston o‘zining yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshdan kechirar ekan, bunda ilg‘or fan va zamonaviy texnologiyaga asoslangan turli ishlab chiqarish tarmoqlari paydo bo‘lishiga imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekistonda kimyo fani va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan dunyoga mashhur olimlar ham etishib chiqdilar. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi va ko‘p yillar davomida uning prezidenti bo‘lib ishlagan, Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987)dir. Uning tadqiqotlari organik va bioorganik kimyo sohalariga ta’luqli bo‘lib, alkaloidlar, yuqori molekulyar spirtlar, g‘o‘za o‘simligi moddalari, biologik faol birikmalar, dorivor vositalar, biostimulyatorni o‘rganishag bag‘ishlangan. Vatanimizning yirik kimyogar olimlaridan biri O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Sobir Yunusovdir. U o‘simlik moddalri kimyosi sohasida dunyoning eng mashxur olimlari darajasiga ko‘tarildi. 700dan otiq alkaloidlarni ajratib olish, 300dan ziyod alkaloidning tuzilishini birinchi marta o‘rganish ishlari uning ishtiroki va rahbarligida bajarildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akdemigi Hamdam Usmonovich Usmonov mamlakatimizda paxta sellyulozasi kimyosining asoschilaridan biridir. Paxta va yog‘och cellyulozasini har taraflama kimyoviy o‘rganish, g‘o‘zapoya va paxta chiqindilaridan sanoat miqyosida foydalanish, tabiiy va sintetik polimerlar kimyosi va fizikasini rivojlantirish ishlari uning nomini dunyoga tanitdi.
O’zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud: bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, sil’vinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 30 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o’quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda.
2001 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadrlar bilan “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyati tuzildi.
“O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyatining 2004-2007 yil va 2010 yilgacha korxonalarning “Rivojlanish va texnik qayta qurollanish rejalari” ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Kimyo sanoatining rivojlanish yunalishlarining asosiy strategiyalariga:
-harakatdagi mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;
-to’xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o’zlashtirish kabilar kiradi.
Download 29,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish