Mavzu: hamdam usmonovich usmonov reja: O’zbekistonda kimyo fani Hamdam Usmonovich Usmonov haqida



Download 29,11 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2022
Hajmi29,11 Kb.
#694157
  1   2   3
Bog'liq
MAVZU USMONOV HAMDAM USMONOVICH


MAVZU: HAMDAM USMONOVICH USMONOV
REJA:
1. O’zbekistonda kimyo fani
2. Hamdam Usmonovich Usmonov haqida
3. Kimyogar olimning ishlari
4. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
O’zbekistonda kimyo fani to’g’risida gap borar ekan, O’rta Osiyoda ilmning ilk markazi bo’lgan Toshkent Davlat Universitetining kimyo fakultetini tilga olish kerak. Universitet tashkil etilgan kundan boshlab jasorat ko’rsatib ishlagan olimlardan S.N.Naumov, M.I.Pozin, Ye.V.Rakovskiy, M.S.Elgort, M.I.Usanovich, N.A.Kolosovskiy, B.G.Zaprometev, I. Sukervanik an’analarini O.S.Sodiqov, H.U.Usmonov, K.S.Ahmedov kabi O’z FA akademiklari, hozirda esa R.S.Tillayev, X.A.Aslonov, A.A,Yo’lchiboyev kabi professorlar zo’r mahorat bilan rivojlantirmoqdalar. ToshDU olimlari o’zlarining salmoqli ilmiy tadqiqotlari bilan Vatanimizning eng ilg’or ilmiy jamoalari qatorida turadi. Ularning polimerlar fizik-kimyosi, tabiiy birikma moddalar, anorganik, analitik, organik kimyo sohasida olib borayotgan izlanishlari nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham katta ahamiyatga ega. Toshkent Davlat universitetida nazariy kimyo asoslari keng taraqqiy etgan bo’lsa, Xalqlar do’stligi ordenli Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutida kimyo texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlandi. Bunda polimerlar texnologiyasini qayta ishlash, kimyoviy jarayonlarni avtomatlashtirish, yog’ texnologiyasini rivojlantirish, o’g’it ishlab chiqarish, soz tuproqlardan qurilish materiallari olish, tezqotar sementlar yaratish kabilar o’z ilmiy asoslarini topdi. Bu ishlarni amalgam oshirishda taniqli olimlardan K.S.Ahmedov, A.B.Qo’chqorov, N.R.Yusufbekov, M.I.Niyozov va yosh olimlardan A.T.Jalilov, Z.S.Salimov, Q.A.Ahmerov, A.B.Alovutdinov, F.A.Ma’rupov va boshqalar izchillik bilan qiziqarli ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Hozirgi kunda oliy va o’rta ta’lim, maorif, sog’liqni saqlash vazirliklarining instituti, fakultet va laboratoriyalarida ham yirik muammoli ishlar boshlanib ketdi.
Kimyo fani – bizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma-xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli-tuman hodisalarni o’rganuvchi fizika va biologiya bilan birga tabiatni o‘rganuvchi uchta fandan biri dir.
Bu dunyo ko’proq kimyoviy moddalar va ularning aylanish dunyosidir, ya’ni bizning atrofimizni o’rab olgan dunyoda sodir bo’layotgan jarayonlarning ko’pchiligi kimyoviy jarayonlardir.
Tabiatdagi hamma jismlar moddalardan tashkil topgan. Bu fanlar o‘rganish soxasining xarakteri va masshtabi bilan farq qiladi. Tabiatdagi jarayonlarni to‘rtta masshtabga (darajaga) bo‘lish mumkin: 1) Astronomik; 2) Makroskopik (insoniyat va uni o‘rab olgan muxit); 3) Mikroskopik (atom va molekula darajasi); 4) Ultramikroskopik (elementar zarrachalar tuzilishi darajasi). Fizika – yuqoridagi barcha darajalardagi o‘zgarishlar va hodisalarni o‘rganadi. Biologiya – tirik tabiatdagi makroskopik jarayonlarni o‘rganadi. Kimyo – moddalarni makroskopik darajada o‘zgarishlarini atom-molekulyar darajada tahlil qilib o‘rganadi.
Kimyo – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan aniq shaklga ega bo‘lgan barcha narsalar bo‘lib, moddalar yasaladi. Masalan: Plastmassa moddasidan – ruchka, televizor, radio, kompyuter va h.k., alyuminiy moddasidan – qoshiq, samolyot korpusi, uy-ro‘zg‘or buyumlari va h.k. jismlar yasaladi.
Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni ham, shu elementlardan hosil bo’lgan turli - tuman oddiy va murakkab moddalarni ham, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni ham o’rganadi.
Kimyo fani kundalik turmushda kuzatilayotgan hodisalar va o’tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini tushuntiradi.
Kimyo fanining rivojlanishi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir:
1. Kimyo fanining matematika fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: dastlab atom massasinig aniqlanganligi, 1850 yilga kelib, kimyoviy reaksiya tezligi matematik ifodalanganligi, keyinchalik: differensial, integral, matematik statistika, hisoblash matematikasi, EHM, modellashtirish, kimyoviy reaksiyalarni grafik tasvirlash va uni kimyo faniga tadbiqini ko’ramiz.
2. Fiziklar uchun kimyo bir obyekt sifatida qaraladi: moddalarning tuzilishi, kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyati (fizikaviy kimyo) fizikaviy usullar yordamida o’rganiladi ( YaMR, PMR, spektroskopiya va h.k.).
3. Biologiya fanini kimyo fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: bioorganik kimyo, biokimyo, bionoorganik kimyo (organizmdagi metallarning tuzilishi, tarkibi va ularning migrasiyasini o’rganishini ko’ramiz. (Mn, Fe, Cu, Co, Zn, Mo, va boshqalar). Ularning koordinasion birikmalari mas:[Co(NH3)6] 2+(3+) oqsillarning bo’lakchalari bo’lgan aminokislotalarning asosini tashqil qiladi. Yuqorida keltirilgan metallar fermentlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular " hayot metallari" deb ataladi.
Biologiya va kimyo fanlari umumlashuvi natijasida biokimyo fani vujudga keldi. Geokimyo yer qobig’idagi kimyoviy elementlar va ularning minerallarini tabiatda tarqalishini o’rganadi.
Bir qancha amaliy fanlar - ko’mir, suv, neft, shisha kimyolari paydo bo’ldi. Kimyo fani yordamida oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, medisina, qishloq xo’jaligiga doir bir qancha masalalar hal qilinmoqda.
Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin:
- yangi kimyoviy birikmalarning sintezi va ularning metodikasini ishlab chiqish;
- har xil kimyoviy omillar ta’sirida boradigan kimyoviy reaksiyalarni o’rganish;
- kimyoviy analizning - modda tarkibi va xossalarini o’rganishning yangi usullarini yaratish;
- kimyoviy elementlar va ularning izotoplarini o’rganish;
- har xil yangi materiallarni yaratish, ularning tuzilishi va xossalarini o’rganish;
- yangi xil yonilg’i va energiya manbalarini yaratish;
- moddalarni tozalash va aralashmalarni ajratishning eksperimental usullarini yaratish va uning nazariy prinsiplarini ishlab chiqish;
- kimyoni elektronikaga tadbiq qilish;
- yangi dori - darmonlar, oziq - ovqat mahsulotlarini sintez qilib olish;
- tabiiy resurslardan foydalanish texnologiyasini yaratish;
-kimyoviy analitika va kimyoviy diagnostika;
- tirik organizmlar kimyosi.
1977 yil 4 mln 40 ming kimyoviy birikmalar bo’lib, undan 63 mingtasi amalda qo’llanilgan bo’lsa,1983 yilga kelib 5 mln 475 ming turdagi modda bo’lgan, u 2000 yillarga kelib 8 mln dan oshganbo’lsa hozirga kelib 20 mln dan ham kop.
Jahonda hozir kimyodan 7000 jurnal chiqarilmoqda, har yili o’rtacha 100000 ta maqola chop etilmoqda. Kimyo sanoati ishlab chiqarishning eng yuqori foizini tashkil qilmoqda. Hozirgi vaqtda kimyoda yangicha qarash “Yashil kimyo” hamma yo’nalishlarga asos qilib olinmoqda.Kimyo fani kelajakdagi rivojlanishi asosan quyidagi yo’nalishlarda borishi kutilmoqda:
- kimyolashtirish (o’g’it, metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat kimyosi);
- chiqindisiz texnologiya yaratish;
- atrof-muhitning tozaligini saqlab qolish;
- chiqindilarni qayta ishlash;
- fotosintez, lazer kimyosi, plazma kimyosi, nanomateriallar, femtokimyo;
- ekstremal sharoitlarda sintez qilish;
Kimyoning asosiy vazifasi avvalo insoniyat uchun eng kerakli materiallarni tabiiy moddalardan olish uchun zarur - metallar, keramika, bog’lovchi moddalar, farfor, shisha, o’g’itlar, farmasevtik materiallar, kauchuk, plastmassa, sun’iy tola, yoqilg’i oziq-ovqat mahsulotlari, kompozitsion materiallar va ko’pgina boshqa materiallar olishga qaratilgandir. Buning uchun kimyo o’zining asosiy muammosini hal qilishi kerak: ya’ni ayni modda qanday kimyoviy elementlardan tashkil topgan va kerakli materiallarni olish uchun qanday o’zgartishlar qilish kerak. Bundan kimyoning asosiy vazifasi - xossasi oldindan ma’lum moddani olish va modda xossasini boshqarish yo’llarini bilish yoki aniqlashdan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Shuni nazarda tutgan holda biz ham kimyo tarixi kursida shu vaqtgacha ma’lum bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, kimyoning hozirgi vaqtdagi o’rnini aniqlashga harakat qilamiz.


Download 29,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish