Ginetsey Gulda bir yoki bir necha urug‘chi bо‘lishi mumkin. Guldagi urug‘chilar tо‘plami ginetsey deb ataladi. Urug‘chi – tuguncha ustuncha va tumshuqchadan tashkil topgan. Tumshuqcha chang tutushga moslashgan. Ustuncha tumshuqchani kо‘tarib turadi, changlanishga yordam beradi. Ba’zi о‘simliklarda (magnoliyalilar, ayiqtovondoshlar) ayniqsa shamol bilan changlanuvchi boshoqdoshlarda ustuncha rivojlanmagan bо‘ladi. Ba’zi yirik gullarda ustuncha juda uzun bо‘lib, shamol bilan changlanishga yordam beradi (piyozguldoshlar).
Urug‘chilar yig‘indisi ginesey deyiladi. U faqat yopiq urug‘lilar uchun hos. Urug‘chining kengaygan ost qismi tuguncha, о‘rta qismi toraygan ustuncha, uchki qismi tumshuqchadan iborat. Urug‘chi bitta (dukkakdoshlarda) yoki bir necha mevabargdan hosil bо‘ladi. Ba’zi о‘simlik gullarida bir necha ayrim urug‘chilar bо‘ladi. Ana shunday о‘zaro bir-biri bilan qо‘shilmagan urug‘chilar apokarp, bir-biri bilan qо‘shilib ketgan mevabarglardan hosil bо‘lgan ginesey senokarp urug‘chi deyiladi. Senokarp gineseylar bir necha turga ajratiladi. Agarda har bir meva barg qо‘shilishidan yopiq uya hosil bо‘lsa, sinkarp urug‘chi deyiladi. Mevabarglar faqat chekka tomonlari qо‘shilib, bitta umumiy tuguncha bо‘shlig‘i hosil qilsa parakarp urug‘chi deyiladi. Sinkarp urug‘chidan lizikarp urug‘chi kelib chiqqan. Tugunchaning holati gulqо‘rg‘on barglari bilan qо‘shilib о‘sish darajasiga bog‘liq bо‘lib, ustki, ostki va о‘rta holatlarda bо‘ladi.
Ginetseyning kelib chiqishi. Urug‘chi gulli о‘simliklarda uzoq davom etgan evolyusiya jarayonida mevabarglardan hosil bо‘lgan. Ba’zida mevabarglar, vegetativ bargga о‘xshab ketadi. Masalan, burchoqdoshlarning urug‘chisi bitta mevabargdan hosil bо‘lgan. О‘simlik gullab bо‘lgandan keyin gultoj barglari va changchilar tushib ketadi, keyin ustuncha tumshuqcha bilan burishib qoladi, kо‘pincha kosachabarglar saqlanib qoladi, tuguncha tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi va mevaga aylanadi. Burchoqdoshlarning mevasini yelka va qorin choklari boshqa tomonlariga nisbatan qavarib turadi. Meva yetilganda bular tekislanib ketadi. Urug‘lar mevabarglarining chekkalarida joylashadi. Yelka choki yashil bargning asosiy tomirini eslatadi. Shunday qilib, mevabarg – vegetativ barglardan kelib chiqqan degan yuqoridagi fikrga qarama-qarshi yana boshqacha, ya’ni mevabarglar qadimiy ochiq urug‘lilarning megasporofillaridan kelib chiqqan degan ikkinchi tushunchalar ham fanda mavjud.
Urug‘chining asosiy qismi tuguncha bо‘lib, uning ichki tomonida bir yoki bir necha urug‘kurtak joylashadi. Urug‘chini tashkil etgan mevabarglarning holatiga qarab, ginetseylar ikki tipga bо‘linadi: apokarp va senokarp.
Do'stlaringiz bilan baham: |