Mavzu: G‘O‘za karantin kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari



Download 77,5 Kb.
bet8/8
Sana19.02.2022
Hajmi77,5 Kb.
#459110
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU G‘O‘ZA KARANTIN KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Nematoda kasalliklari
O‘simliklarni zararlay oladigan nematodalar (fitonematodalar) - oddiy ko‘zga ko‘rinmaydigan, mikroskopik, rangsiz, chuvalchang shaklli haqiqiy dumaloq qurtlardir. Dunyoda g‘o‘za yoki g‘o‘za rizosferasida 150 tacha, jumladan O‘zbekistonda 100 tadan ko‘proq nematoda turlari turlari qayd etilgan. Ulardan Markaziy Osiyoda 15-20, boshqa mamlakatlarda (Amerika, Afrika) 15-20, hammasi bo‘lib 20-25 tur g‘o‘zada haqiqiy parazit sifatida rivojlanishi mumkin deb hisoblanadi. Qolganlari - nomaxsus turlar - odatda boshqa ekinlarni zararlaydi yoki tuproqda o‘simlik qoldiqlarida hayot kechiradi, kam yoki juda kam, tasodifiy hollarda g‘o‘za ildizi to‘qimalariga kiradi.
G‘o‘za ekinlari uchun eng xavfli nematoda kasalligi (nematodoz) meloydoginoz deb ataladi va u o‘simlik ildizida gall (bo‘rtma)lar rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Qo‘zg‘atuvchi nematodalar gall nematodalari nomini olgan. Meloydoginoz keng tarqalgan va paxta hosiliga iqtisodiy zarar yetkazadigan mamlakatlarda (Shimoliy, Markaziy, Janubiy Amerika, Afrika) kasallikni faqat 1 tur -janubiy gall nematodasi (Meloidogyne incognita) qo‘zg‘atadi (Healt va b.q., 1981; Hake va b.q., 1996). O‘zbekistonda (va umuman Markaziy Osiyoda) meloydoginozni 2 ta tur va 1 kenja tur - janub gall nematodasi Meloidogyne incognita, uning kenja turi g‘o‘za gall nematodasi Meloidogyne incognita acrita va yeryong‘oq gall nematodasi Meloidogyne arenaria qo‘zg‘atadi deb hisoblanadi (Kiryanova, Krall, 1971; Mavlyanov, 1976).
Meloydoginozning geografik tarqalishi. G‘o‘zada meloydoginoz AQSH, Janubiy va Markaziy Amerika, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Yevropada aniqlangan; MDH mamlakatlaridan Armaniston, Ozarbayjon, Gruziyada; Markaziy Osiyoda Tojikiston, Turkmaniston (Ashxabod, Mari, Tashauz, Lebap viloyatlari)da; O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan. Dunyoning mo‘ta’dil iqlimli deyarli barcha mamlakatlarida (Yevropa, Rossiya, Osiyo) issiqxona tuproqlarida uchraydi, bodring, pomidor va boshqa ekinlarni kuchli zararlaydi (Kiryanova, Krall, 1971; Healt va b.q., 1981). Gall nematodalari 1935-1968 yillarda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklarida uchrashi aniqlangan, ammo Surxondaryo viloyatidan boshqa joylarda keltiradigan zarari katta emasligi va tadqiqotlar yetarli olib borilmaganligi qayd etilgan. Surxondaryo viloyatida meloydoginoz Surxondaryo havzasi bo‘yicha kumoq tuproqlarda juda keng (ba’zi dalalarda g‘o‘za 90-100 foiz zararlanadi), yengil loy tuproqlarda kam tarqalgan, og‘ir loy tuproqlarda va o‘tloq-botqoq tuproqlarda topilmagan. SHo‘rchi, Termiz, Qumko‘rg‘on, Muzrobod, Angor, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida eqiladigan navlar (108-F, 6002-S, 6029-S, 6030-S, 6035-S, 8763-I, Termiz-7, Termiz-8, Termiz-9, 5904-I) kuchli zararlangan hollarda, hosildorlik gektaridan 5-17 sentnergacha pasayib ketgan (Mavlyanov, 1976, 1993; Xurramov, 2000).
Meloydoginozning g‘o‘za hosiliga ta’siri. AQShda janubiy gall nematodasining bahorda ekishdan oldin tuproqdagi miqdori bilan g‘o‘za hosilining nobud bo‘lishi orasidagi nisbatlari aniqlangan. Tarkibida 50 foiz va ko‘proq qum bo‘lgan qumtuproq va qumli loy tuproqlarda nematoda hosilga zarar yetkazadi. Bunday tuproqlarda zararlangan g‘o‘zaga suv yetishmasligi keskin tus oladi, nematodalarning harakatlanishi va saqlanishi osonlashdi. Tarkibida qum kam bo‘lgan tuproqlarda nematodaning zarari ham kam bo‘ladi.
Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish