Ko’ngilxushlik g’oyasi deganda, insonning turmush tashvishlaridan bir oz bo’lsa-da chalg’ish, o’zining bush vaqtini mazmunli o’tkazishni tushunish ham mumkin, agar buni xolis, samimiy izohlasak. Har qanday sog’lom ma’naviyatli insonlar o’z hayotining har bir daqiqasidan oqilona foydalangani holda, o’zi va boshqalarga foyda keltiradigan fa’oliyat bilan shug’ullanishga intiladi. Sof niyatda, ezgu mashg’ulotlar bilan o’zining bo’sh vaqtini fayzli, o’z talant, qobiliyatidan unumli foydalanishga harakat qiladilar. Ammo biz ushbu mavzuda tilga olayotgan ko’ngilxushlik g’oyasi tamomila boshqa, insonning insonligiga zid, ma’naviy olamini tubanlikning eng chuqur jarliklari sari etaklashga qaratilgan, aqlsiz ko’ngilning tuban mayllarini qondirishga intilgani bilan o’ziga xos xarakterlanadi. Bugungi «ommaviy madaniyat», buzg’unchi kuchlar tamonidan og’iz ko’pirtirib jar solinayotgan ko’ngilxushlik g’oyasi insonning hayot lazzalaridan xoxlagan vaqt, istagan erda va istagancha lazzatlanish, huzur qilish, bu yulda hech narsadan qaytmaslikni targ’ib qilish orqali maishatga izn beradi. Oqibatda g’arbni ma’naviy tubanlik sari undab jar yoqasiga etaklab kelgan ko’ngilxushlik g’oyasi bugun sharqqa ham ma’naviy tahdid bo’lib turibdi. Tomas Vul’fning « Manmanlik o’ti » romanida yosh moliyachi « shahvoniy hirslarga cho’kib ketgan » N’yu – YOrk farzandi bo’lganligi uchun ham xotini va qizining hayotiga zomin bo’ladi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, bugun Britaniya bolalarining 34 foizi nikohsiz tug’ilmokda, taxminan shuncha mikdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda. AKSHda kamalganlarning yarmidan ko’pi buzilgan oilalar farzandlaridir. Bunday statistik ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Mana kungilxushlik g’oyasi bergan mevalar. “ Ommaviy madaniyat “ ning ko’ngilxushlik g’oyasi insonni ma’naviy tubanlik sari etaklaydi. G’arbda uning makoni sershovqin musiqalari, turli – tuman rangli chiroqlar bilan bezalgan tungi barlar. Minglab yoshlarni o’ziga ohangrabodek chorlayotgan bu tungi barlarning mijozlari, afsuski, kundan – kunga ko’payib bormoqda. Tungi barlar. Balki ular kimlarningdir iqtisodiy manfaati uchun, xolis maksadda tashkil etilgandir. Ammo bugungi tungi barlarning aksariyat muxlislari bu yoshlar, hali ona suti og’zidan ketmagan, kayfu – safoga berilgan, ko’ngilxushlikka mukkasidan ketgan yosh yigit – qizlardir. eng achinarli tamoni shundaki, tungi barlar ichkilikbozlik, turli tartibsizlik va giyoxvandlik kuchasidagi bekat vazifasini o’tamokda. G’arbda tungi barlarlarda sang’ish aksariyat ota – onalar tamonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinadi. YU. Xabermas kabi sog’lom fikrli odamlar fikricha: « G’arb mamlakatlaridagi yomg’irdan keyingi qo’ziqorindek tungi barlarning ko’payishi odamlarda mardlik, jasorat va halollik kabi sifatlarning yuqolishiga olib keldi ».
Bugun ko’ngilxushlik g’oyasiga griftor bo’lgan g’arbning ba’zi yoshlari
Do'stlaringiz bilan baham: |