Mavzu: Globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar
7.1. Muhokama uchun savollar
1. Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning mafkuraviy manzarasi.
2. Inson ongi va qalbi uchun kurashning davom etayotganligi.
3. Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Mafkuraviy maydon” tushunchasining shakllanishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida
4.Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o‘rni.
5. Mafkuraviy immunitet va siyosiy madaniyat mutanosibligi.
6. O‘zbekiston xalqaro mavqeini mustahkamlashning mafkuraviy, ijtimoiy, tarixiy ahamiyati va zaruriyati.
7.Mafkuraviy jarayonlarning milliy taraqqiyotga ijobiy va salbiy ta’siri.
8. Hozirgi davr globallashuv jarayonida dunyoning mafkuraviy manzarasini va uning ayrim yo‘nalishlarini ko‘rsatish.
9. Inson ongi va qalbi uchun kurashning davom etayotganligi.
10.“Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati.
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir. Butun yer yuzi odamzod uchun yagona makon bo’lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo’lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o’rtasida bo’lgan. XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.
Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun yer sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq.
Globallashuv (globalizatsiya) – lotincha «glob» sshzidan olingan bshlib, aynan uni «dumaloqlashuv», «quralashuv» deb tarjima qilish mumkin. yer sharining, yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi huddi bir butun sharga, kuraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti Ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon asardan asarga, ming yillar davom etgan…
Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko’p. Fransuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 o’lchovli ekaniga urg’u beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |