gotsentrizm balosidir. Individualizm qarashlariga yaqin, insonning o’z maqsadlarini hamma narsadan ustun ko’yishi, o’z huzur – halovoti yo’lida hech narsadan tap tortmasligi, nimadan foyda kelsa, shunga mukkasidan ketishlik, o’zi va faqat o’zini o’ylash kayfiyati egotsentrizmga xos holat. Egotsentrizm odamzod ma’naviyatidagi illatlardan biri sifatida insoniyatga etkazgan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat va aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi.
egotsentrizmga berilgan kishi atrof – muhit, ota – ona, qarindosh - urug’ va boshqalar bilan munosabatda faqat o’zining shaxsiy manfaati, maqsadini ko’zlab ish yuritadi. O’zgalar dardi, tashvishi uning uchun begona. Eng xatarli tamoni, o’z manfaati yo’lida u hatto har qanday pastkashlikdan ham toymaydi. Bunday odamlarda vijdon, burch, mas’uliyat, halollik, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuyg’ulari bo’lishi dargumon. Jamiyatda bunday odamlarning mavjudligi esa xatardan boshka narsa emas.
egotsentrizm inson ma’naviyatida o’z – o’zidan paydo bo’lib qolmaydi, albatta. To’g’ri tarbiya topgan, xalqning azaliy qadriyat va an’analari ta’sirida tarbiyalangan kishi ma’naviyatida egotsentrizm ildiz otmaydi Xalqning azaliy qadriyatlariga eskilik sarqiti sifatida munosabatda bo’layotgan g’arbning ba’zi yoshlari esa egotsentrizm ta’siriga tushib qolgan, ular uchun oila qurish, farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish ortiqcha tashvish. O’z huzur – halovotidan voz kechishni istashmaydi, oila ular uchun hayotdagi to’siq, xalaqit beruvchi, ortiqcha yuk. Natijada, bugun g’arbning ba’zi mamlakatlarida tug’ilish darajasi borgan sari pasayib ketmokda.
Bugun insoniyat ulkan yutuqlarga erishdi. Uning tafakkuri cheksizlik sari intilmoqda. Olis koinotu tubsiz er qa’ridan yangilik axtaradi. Ong va tafakkuri o’sgan sari, afsuski, insonlar ma’naviyatida turli illatlar, o’zgalar hayotini izdan chiqarishga qaratilgan buzg’unchiliklar ham davom etmoqda, degan fikrni mavzumizning boshidayoq ta’kidlab o’tgan edik. Bu haqda fikrimizni davom ettirib, shuni aytish mumkinki, aslida bu qarama – qarshilik, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy kurash. Inson esa bu ikki qutb o’rtasidagi azaliy kurashning qurbonidir. U allaqachon dunyoning ezguligi va buzg’unchiligi o’rtasidagi bu kurashni anglab etgan, ammo anglab etgani holda, afsuski, uning o’zi bu kurashda faol ishtirokchiga aylangan, bir – birini yo’q qilishga shay, bir – birini tanazzul sari etaklaydi. Inson tamonidan yaratilayotgan buzgunchi goyalar er kurrasini bir emas, bir necha marta yuk kilib tashlashga kodir. SHunday taxlikali, xavf – xatarga to’la dunyoda yashar ekanmiz, avvalombor, inson ekanligimizni, tiriklik biz uchun oliy ne’mat ekanligini chukur anglab etishimiz zarur. Ma’naviyatmizga bo’layotgan har bir xatar, tahdidni ko’raolishimiz va unga nisbatan ogoh bo’lib yashashimiz kerak. I. Karimov aytganidek: « Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid – o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin ».
Insoniyatning buzg’unchi g’oyalari tufayli atrof – muhit, tabiat bulg’angan, nafas olish mushkullashgan. Bugun insoniyat hayoti o’zi yaratgan illatlardan xavf ostida. Mana inson ma’naviyatining buzg’unchiligi oqibati.
Bugun juda ham extiyotkorona qadam qo’ymok kerak. Ayniksa, hali suyagi qotmagan farzandlarimizni yovuz kuchlar hujumidan asrab, avaylab tarbiyalashimiz zarur. Toki, ularning musaffo, murg’ak qalblarida turli buzg’unchiliklar ildiz otmasin. Zero, ular kelajagimiz, bugungi taraqqiyotning ertangi egalaridir. YOshlar qalbida ezgulikni tarbiyalash ular ma’naviyatining sofligi va milliy ma’naviyatini asrab qolish garovi. O’z milliy ma’naviyati, madaniyatiga ega xalqgina o’zini xalq, millat sifatida saqlab qolaoladi.
Ma’naviy tahdid, “Ommaiy madaniyat”, “ommaviy madaniyat” tamoyillari, ko’ngilxushlik g’oyasi, yarimyalang’ochlik, evropalashtirish, egotsentrizm, individuyelizm kiyinish madanyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |