Mavzu: Global oziq-ovqat muammosi kirish I bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishida oziq-ovqat sanoatining o’rni


I - Bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishida oziq-ovqat sanoatining o’rni



Download 247,16 Kb.
bet2/7
Sana14.06.2022
Hajmi247,16 Kb.
#671283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Global oziq-ovqat muammosi

I - Bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishida oziq-ovqat sanoatining o’rni

    1. Global Oziq-ovqat muammosi

Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%). Hisoblarga qaraganda me'yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov beriladigan yer to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me'yordan ikki baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya'ni 0,23 - 0,15ga, ya'ni to‘rt baravar kamaydi, shunda ham agar ishlov beriladigan yerlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda.
Ochlik, garchi oziq-ovqat muammosining yaqqolroq namoyon etuvchi hodisa bo‘lsa ham, lekin u bu muammoning birdan-bir ko‘rinishi emas. Muammoning boshqa tomoni - rivojlangan mamalakatlardagi ortiqcha ovqat iste'mol qilishdir.
Juda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi mutlaq (oziq-ovqatning umuman yetishmasligi) yoki nisbatan (ovqatlanishning ma'lum bir komponentlarining - oqsillari, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, uglevodlar va hakozo) ochlikni boshlaridan kechirmoqdalar. Nisbiy ochlikning eng keng tarqalgan shakllaridan biri - oqsil yetishmasligi. Ko‘p xalq va elatlarning past bo‘yli ekanligi faqat ularning genetik xususiyatlarigagina bog‘liq bo‘lmay, balki oziq-ovqat oqsilining yetishmasligi oqibatidir. Ayni paytda Harbiy yevropa va Shimoliy Amerika xalqlarining ovqatlanishida oqsillar ratsionning 70%ni tashkil etadi, biroq u yerda ishlov berilmagan sabzavotlar va mevalarning yetishmasligi yaqqol kuzatiladi.
Shunday qilib oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari oldida turlicha vazifalar turadi:
rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib topish (dehqonchilikdan va chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytirish, yovvoyi tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo); rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o‘zgartirish (oqsillar, yog‘lar va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko‘paytirish). Oziq-ovqat xavfsizligi insonlarning istalgan paytda faol va sog’lom turmush tarzi uchun zarur bo’lgan elementlarga boy va xavfsiz (sifati, soni va xilma-xilligi bo’yicha) ovqatlanish imkoniyatiga ega bo’lish demakdir.
Shu boisdan qayd etish lozim, ayni globallashuv jarayonida mamlakatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan sifatli va sotib olish qobiliyati doirasida ta‘minlash muhim masalaga aylandi.
Fikrimizcha, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
davlatning nafaqat agrar sohadagi, balki siyosiy va iqtisodiy yo’nalishdagi faoliyatlari bilan ham bevosita bog’liqdir. 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida ushbu iqtisodiy kategoriya tushunchasi birinchi bor taklif qilingan, ―barqaror oziq-ovqat iste‘molini ta‘minlash va ishlab chiqarish hajmi, narxlarning o’zgarishini to’ldirish uchun muhim oziq-ovqatlar bo’yicha dunyoda yetarli jamg’armalari doimiy mavjudligini bildiradi.
Haqiqatan ham, bugungi kunda yer yuzida aholi soni oshgani sayin, oziq-ovqatga bo’lgan talab ham kuchaymoqda. Bu esa, o’z-o’zidan, oziq-ovqat ishlab
chiqaruvchi korxonalarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Ana shunday vaziyatda sifatsiz hamda inson sog’lig’iga xavf soluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoki yetishtirish avj olishi ehtimoldan xoli emas 3.
Mamlakatimizda ushbu sohada keng ko’lamli ishlar istiqlolning ilk kunlaridanoq amalga oshirildi. Xususan, 1997 yil ―Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to’g’risida‖gi Qonunning qabul qilinishi buning yaqqol misolidir. Zotan, oziq-ovqat xavfsizligi sifatining xavfsizligi va uning ta‘minlanganlik darajasi, zaxiralarning mavjud bo’lishi kabi omillar orqali umumiy oziq-ovqat barqarorligi ta‘minlanadi. Ya‘ni oziq-ovqatning inson salomatligiga bo’lgan salbiy ta‘sirini tartibga solish borasidagi tadbirlar birinchi navbatdagi masala bo’lsa, ikkinchidan, oziq-ovqat yuzasidan boshqa mamlakatlarga qaram bo’lishning oldini olishdir.
Davlat darajasida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun mamlakat zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishi yoki import qilishi, saqlashi, taqsimlashi va oziq-ovqatni adolatli hammabop bo’lishini ta‘minlashi lozim 4.
Taqqoslash sifatida aytish mumkinki, O’zbekistonda don va sabzavot mahsulotlarini iste‘mol qilish boshqa rivojlanayotgan davlatlar darajasida, don ekinlarini yetishtirish bo’yicha esa rivojlangan davlatlardan ham ko’p ekanligini ko’rish mumkin. Aksincha, baliq mahsulotlarini iste‘mol qilish yuqori hajmda emasligi, ushbu sohada muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishni vaziyat taqozo etmoqda.
Shu boisdan, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlovchi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 247,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish