Bu faqat ifloslanishdan kelib chiqqan harajatlarni aniqlash shartlari xolos. Inson faoliyati natijasida chiqariladigan issiqxona gazlari odatda qisqacha «uglerod emissiyasi» deb ataladi. Buning sababi shundaki, ikkita asosiy gaz, karbonat angidrid va metan tarkibida uglerod mavjud. Ba’zi boshqa ifloslantiruvchi moddalar, hatto ular tarkibida uglerod bo‘lmasa ham, soliqlar va kvotalarga tortiladi. Soliqlar, uglerod uchun kvotalarni sotish va kompensatsiyalar haqida eshitganingizda, shuni bilingki, bu iqtisodchilar issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishda muhim qadam deb hisoblaydigan emissiya narxini belgilash usullaridan bir nechtasidir.
Iqlim o‘zgarishi meni qo‘rqitmoqda. Vaziyatga shaxsan qanday ta’sir qilishim mumkin?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muammoni faqat keng ko‘lamli kollektiv harakatlar bilan hal qilish mumkin. Butun shtatlar va davlatlar energiya sanoatini toza, mavjud bo‘lgan barcha usullardan foydalangan holda va juda tez ishlashga qaror qilishlari kerak. Shunday ekan, siz o‘z qonuniy huquqingizdan foydalangan holda qilishingiz mumkin bo‘lgan eng muhim ish: muammo haqida ochiq-oydin gapirish va o‘zgarishlarni talab qilishdir.
O‘zingiz sababli yuzaga kelayotgan uglerod zararini kamaytirishning oddiy usullari mavjud, bu sizga, shuningdek, pulni tejash imkonini ham beradi. Kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona foydalanish mumkin: buning uchun inttelektual termostat o‘rnatish lozim, yorug‘lik lampalarini energiyani tejaydigan lampalar bilan almashtiring, xonadan chiqayotganda chiroqlarni o‘chiring. Bundan tashqari, boshqa odamlarga qo‘shilib, jamoat transportidan foydalanish orqali ham qisqaroq masofalarga yetib borishingiz va shu bilan mashinangizdan chiqadigan zararni kamaytirishingiz mumkin. Nihoyat, o‘zining iste’mol qiladigan oziq-ovqat miqdorini, ayniqsa go‘sht iste’molini kamaytirishingiz mumkin.
Yiliga bir yoki ikkita samolyot orqali parvozdan voz kechish, umumiy jihatdan olib qaraganda, zararlarni kamaytirishi mumkin. Agar imkon qadar ko‘proq hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, elektr yoki gibrid avtomobil sotib oling yoki uyingizda quyosh panellarini o‘rnating. Agar siz yashayotgan mamlakat raqobatbardosh elektr energiyasi bozoriga ega bo‘lsa, 100% «yashil» energiyaga o‘tish o‘zingizning qo‘lingizda.
Yetakchi korporatsiyalar, jumladan, avtomobil zavodlari kabi yirik sanoat korxonalari o‘z faoliyatida davomida toza energiyadan foydalanishni boshlashdi. Kompaniyalarning siyosatiga e’tibor bering, ularning uglerod zararini kamaytirishga harakat qilayotganlarni qo‘llab-quvvatlang va boshqa kompaniyalarga siz ulardan xuddi shunday narsani kutayotganingizni bildiring.
Bu qadamlar kichik bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bular sizning muammo haqidagi xabardorligingizni oshiradi va atrofingizdagilarni bundan xabardor bo‘lishga undaydi. Aslida, do‘stlaringiz va oilangiz bilan iqlim o‘zgarishini muhokama qilishingiz siz qo‘shishingiz mumkin bo‘lgan eng mazmunli hissalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |