Mavzu: gisтologiya fanining maqsadi va vazifalari. Gisтologiyada qo’llaniladigan тadqiqoт usullari reja



Download 26,48 Kb.
bet2/2
Sana15.08.2021
Hajmi26,48 Kb.
#148596
1   2
Bog'liq
GISТOLOGIYA FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. GISТOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN ТADQIQOТ USULLARI

GISTOLOGIYA fani tarixini o’rganar ekanmiz, u anatomiya fani bilan uzviy bog’liqligining va keyin uning bir shahobchasi sifatida ajralib chiqqan-ligining guvohi bo’lamiz. Chunki gistologiya yuqorida aytib o’tilganidek, to’qimalar haqidagi fan; to’qimalarning mikroskopik strukturasi, tarkibiy qismi, morfologiyasini tadqiq etish uning mavzuiga kiradi. Bularni esa ilgari oddiy ko’z bilan ko’rib o’rganish mumkin emas edi, hozirgi mikroskoplar hali bunyod etilmagan edi. Binobarin, odam va hayvonlar organ va to’qimalarining nozik tuzilishini o’sha davrning anatom olimlari tadqiq etgan. Eramizdan oldingi V-VI asrlarda yashab, ijod etgan yunon fay- 10 lasuf va olimlari Gippokrat (460-377) va Aristotel (384-322) meditsina bilan biologiya fanlariga salmoqli hissa qo’shdilar. Aristotel odam va hayvon-larning aorta, diafragma, mekoniy, traxeya, falanga kabi a’zolarining anatomik tuzilishini o’rganish bilan birga to’qimalarni bir-biridan farq qilib, tog’ay, suyak, yog’ to’qimalariga ajratgan. Mazkur to’qimalar nomini ham birinchi marta Aristotelning o’zi qo’llagan. Bu uning bir yo’la leksika faniga qo’shgan hissasi ham bo’ldi. Buyuk yunon vrachi va tabiatshunosi Galen (129-199) va buyuk o’zbek olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) boshqa fanlar bilan bir qatorda meditsina va biologiya fanlari rivojiga ham ulkan hissa qo’shdilar. Ibn Sino odam va hayvonlar organlarini, to’qimalarini hozirgi til bilan aytganda, albatta, anatomiya nuqtai nazaridan o’rgangan. Shu tufayli ham u to’qimalarning makroskopik tuzilishini va vazifasini yozib qoldir-gan. Shuning uchun bo’lsa kerak, u ayrim to’qimalarni tashqi tomondan bir-biriga o’xshash bo’lganligidan, aralashtirib ham yuborgan. Ma’lumki, XVII asr boshlarida G.Galiley dastlabki teleskop yaratdi. 1609-1610 yillarda esa u soddaroq bo’lsa ham mikroskop konstruksiyasini ishlab chiqdi. Ammo mikroskop va uni ilmiy meditsinada qo’llash olimlar nazaridan chetda qolaverdi. Faqat XVII asrning o’rtalarida ingliz fizigi Robert Guk (1635-1703), 1665 yilga kelib, mikroskopni takomillashtirdi va unda o’simliklarning tuzilishini o’rgandi. Mikroskop bilan qiziqib qolgan Marchelo Mal-pigi (1628-1694) birinchi bo’lib hayvonlar terisi, talog’i, buyragi va boshqa organlarining mikroskopik tuzilishini o’rgandi. Natijada, u birinchi bo’lib tasvirlab bergan organlarning ayrim strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo’ldi. Botanik olim Neemiya Gryu (1641-1712) to’qimalar haqida tadqiqot ishlari olib borib, birinchi marta fanga to’qima tushunchasini kiritdi. Ayniqsa 1677 yilga kelganda gollandiyalik havaskor mikroskopchi Anton van Levenguk (1632-1723) ob’ektni 300 marta kattalashtirib ko’rsatadigan mikroskop ixtiro qildi. O’sha davr uchun juda ulkan ixtiro bo’lgan bu mikroskop yordamida u suv tomchisidagi mikroorganizmlarni, ularning harakatini, odam va hayvonlar organizmidagi qizil qon tanachalarini, ularning kapillyar tomirla-ridagi harakatlarni, ko’ndalang yo’lli muskullar, nerv va paylar tuzilishini o’rganib, tasvirlab berdi. Bu ishlar o’sha zamon uchun nihoyatda qiziqarli bo’lishiga qaramay, ilmiy nuqtai nazardan chuqursistemaga solinmagan edi. Juda katta kashfiyotlar ham u vaqtlarda jilla bo’lmasa, yangilik bo’lib qolar edi. Shunday bo’lsa ham ma’lumki, mikroskopning kashf qilinishi va uning vositasida to’qima hamda hujay-raning ixtiro etilishi organizmning mikroskopik tuzilishini o’rganishda kelajak olimlari uchun keng yo’l ochib berdi.
Download 26,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish