AKROBATIKA
Akrobatika (yun. akrobotes – oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman) – 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport Akrobatikasi 20-asr 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: ay-lanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur. Akrobatika musobaqalari kuyidagi turlarga bo‘linadi: akrobatik sakrashlar (erkak va ayollar); aralash juftliklar mashqi (erkak va ayol); erkaklar juftlik mash-klari; ayollar guruhli mashqlari; erka-klar guruhli mashqlari (ikki yoki to‘rt kishi); batut (sakragich) ustida (erkaklar va ayollar) mashklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |