Azot va inert gazlar guruhi. Azot atmosfera havosining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, odatiy sharoitlarda odam organizmi uchun indiferentdir. Organizmda u qon va to'qima suyuqliklarida erigan holatda mavjud bo'ladi, ammo kimyoviy reaksiyalarda ishtirok qilmaydi. Biroq, azotning fiziologik roli atmosfera bosimi oshishi bilan o'zgaradi.
Bunday sharoitlarda azotning nerv-mushak koordinatsiya-sining buzilishini keltirib chiqarishi va narkotik ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. 100 m chuqurlikda 5 daqiqa mobaynida bo'lgan g'awoslarda bosh aylanishi, hayajonlanish, eslab qolish qobiliya-tining susayishi, gallutsinatsiya kabi hollar kuzatilgan. Nafas olish uchun geliy-kislorod aralashmasini qo'llash orqali ko'rsatib o'tilgan hodisalarning oldini olishga va tushish chuqurligini oshirishga imkon beradi.
Atmosfera havosining ifloslanishini gigiyenik ta'rifi. Atmosfera havosining ifloslanishi XX asrning ikkinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishi, elektr energiyasi iste'moli va motorli transportning har xil turlaridan foydalanishning jadal o'sish sur'atlari bilan ifodalanadigan ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida ayniqsa, dolzarb masala bo'lib qoldi. Sanoat chiqindilarining sifat va miqdoriy o'zgarishi shaharlar havo basseynining sanitariya muhofazasi masalalarini ko'ndalang qo'ydi.
Atmosfera havosining ifloslanishi aholi salomatligining yomonlashuvi, atmosfera musaffoligining buzilishi va ko'rish uzoqligining kamayishi, o'simliklaming shikastlanishi singari bir qator zararli ta'sirlarni yuzaga keltirishi mumkin. Turarjoylar havosi xalq xo'jaligini industrlashtirish va avtomobil trans-portining rivojlanishi natijasida turli aralashmalar: zaharli gazlar - uglerod (II) oksid (CO), sulfid gazi (SO2), ammiak (NH3), azot oksidlari (N2O5), vodorod sulfid (H2S), chang, bakteriyalar bilan ifloslanadi. Ifloslanishning asosiy manbalari quyidagilar: sanoat korxonalari (CO; SO2; N2O5; H2S va b.lar); TES qozonxonalari (chang, SO2 va b.lar); temiryo'l va avtomobil transporti; tuproq (chang, mikroorganizmlar). Ko'rsatib o'tilgan zararli aralashmalar aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Sulfid gazi — rangsiz va o'tkir hidga ega. Atmosfera havosining sulfid gazidan ifloslanishining asosiy manbalari metallurgiya sanoati, sulfat kislota ishlab chiqarish, TES larda toshko'mir yoqilishi va boshqalardir.
Sulfid gazi ko'z va nafas yo'llari shilliq pardasiga ta'sir etadi. Sulfid gazi ozroq miqdorda to'plangan joyda uzoq vaqt nafas olinganda o'tkir respirator kasalliklar, o'pka emfizemasi, xronik gastrit kelib chiqishi, uglevodlar va vitaminlar almashinuvi buzi-lishi mumkin.
Atmosfera havosi sulfid gazining kichik konsentratsiyalari bilan doimo ifloslanadigan shaharlarda yashaydigan bolalarda jismoniy rivojlanishdan orqada qolish, organizm qarshilik ko'r-satish qobiliyati (rezistentligi)ning pasayishi kuzatiladi. Sulfid gazi bilan ifloslanish miqdorini kamaytirish uchun tarkibida ko'p miqdorda oltingugurt saqlaydigan toshko'mir o'rniga oltingugurt miqdori kam toshko'mir ishlatish, atrofni chiqindilardan tozalash tavsiya qilinadi. Atmosfera havosida sulfid gazining yo'l qo'ysa boiadigan o'rtacha bir kecha-kunduzgi konsentratsiyasi (YQK)l— 0,00015 mg/1 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |