Mavzu: Gigiyena va ekologiya



Download 31,18 Kb.
bet5/7
Sana30.03.2022
Hajmi31,18 Kb.
#518791
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu5 Gigiyena va ekologiya

Karbonat angidrid gazi. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi juda turg'un (0,03—0,04%), chunki tabiatda uning aylanish jarayoni to'xtovsiz bo'lib turadi. Karbonat angidrid gazining havoda paydo bo'lish manbalari organik moddalarning chirish va parchalanish jarayonlari, uning tuproqdan va mineral manbalardan ajralishi, odamlar va hay-vonlarning nafas olishidir. Havodagi karbonat angidrid gazining balansini uning o'simlik, okean, dengiz, ko'l va daryolar ochiq sathlari tomonidan yutilishi, atmosfera yog'in-sochinlari yuvib ketishi hisobiga saqlanib turadi. Karbonat angidrid gazi nafas markazining fiziologik qo'zg'atuvchisidir. Havoda karbonat an-gidrid gazi miqdorining (0,06% dan 1% gacha) oshishi orga-nizmda ayrim funksional siljishlar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Karbonat angidrid gazi ko'p miqdorda (10—12%) bo'lganda narkotik ta'sir ko'rsatishi va o'limga olib kelishi mumkin. Ventilatsiyasi yaxshi bo'lmagan xonalarda ko'pchilik odamlar yig'ilganda karbonat angidrid gazi to'planishi (nafas chiqariladigan havoda u 4,4% miqdorida bo'ladi) bilan parallel holda hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko'tarilishi, yengil ionlar sonining kamayishi va mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi.
Agar xona havosidagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,07—0,1% dan ortiq bo'lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo'ladi va organizm funksional holatining yomonlashuvi sodir bo'lishi mumkin.
Ozon (O3) gazi atmosfera havosi tarkibida doimo bo'ladi. Uch atomli kislorodning birikuvidan tashkil topgan ozon molekulasini gollandiyalik fizik Van Marum aniqlagan. Ozon juda past haroratda qotadi va eriydi, oson parchalanadi, hidi xlor hidiga o'xshab ketadi.
Ozon bahor va yozda ko'payib, kuzda kamayadi. U 20—25 km balandlikda yerni ultrabinafsha nurlardan saqlovchi qavat hosil qiladi. Ozon momaqaldiroq paytida hamda quyosh-ning ultrabinafsha nurlari ta'sirida, shuningdek, juda ko'p suv va qatronli moddalar bug'langanda (dengiz va okean qirg'oq-lari, tog' va o'rmonlarda) atmosferaning pastki qavatlarida oz miqdorda hosil bo'ladi. Atmosfera havosida ozonning me'yor-da boiishi uning tozaligini ko'rsatadi. Agar havoda ozon gazi 0,02 mg m3 ga yetsa, kishi organizmiga salbiy ta'sir etadi.
Ozon inson va hayvon hayotida ijobiy taraflari bilan asqo-tadi. Ozon inson va hayvonlarni ko'r bo'lib qolishdan asraydi. Gap shundaki, ko'z qobig'idagi to'r pardaga yomon ta'sir ko'rsatadigan ultrabinafsha nurlarni atmosferada tutib qoladi. Ultrabinafsha nurlar odatdagidan ko'proq bo'lsa, unda ko'z gavharining faoliyati buziladi. Shu tufayli ham Yer kurrasi ustida qalinligi atigi 10 millimetrgacha keladigan ozon qatlami ultrabi-nafsha nurlarning ma'lum qismini ushlab qolib, ko'zni anchagina muhofaza qiladi. Agar havoda ozon me'yoridan kam miqdorda oshsa, kishi lohas bo'ladi, charchaydi, boshi og'riydi. Agar kon-sentratsiyasi me'yoridan ko'payib ketsa, ko'ngil ayniydi, burun-dan qon keladi, ko'zi yallig'lanadi, yurak mushaklarida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi, hatto halokatga olib borishi ham mumkin.

Download 31,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish