Mavzu: Gigiyena va ekologiya



Download 31,18 Kb.
bet1/7
Sana30.03.2022
Hajmi31,18 Kb.
#518791
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu5 Gigiyena va ekologiya


Mavzu: Gigiyena va ekologiya
Rivojlangan jamiyatda inson sog'lig'ini muhofaza qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish va sog'lom turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli katta.
Tibbiyot xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o'zi kifoya qilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini o'zida mujassam etgan hamda profilaktik tibbiyotga nazariy asos bo'la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilim-larni gigiyena, ya'ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ko'rish yo'li bilan sog'liqni saqlash va uni yaxshilash to'g'risidagi fan beradi. Gigiyena inson vujudi va faoliyati bilan atrof-muhitning uzviyligini ta'kidlaydi. Muhit sog'lom boimay turib, tananing sog'lig'ini ta'minlab bo'lmaydi. Shu ma'noda gigiyena tabiiy, ijtimoiy muhit — borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta'sirini ham o'rganadi va bu borada tavsiyalar beradi. Tashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlar tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omillarining majmuyi tushuniladi. Tashqi muhit omillariga yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi muhit-ning beto'xtov harakatda bo'lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy, biologik, radioaktiv) ta'siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo'l qo'y-maydi. Organizm bilan muhit o'rtasidagi tabiiy muvozanatning buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki moslashuvchanlik (adaptatsiya) ning chegarasi bor. Demak, gigiyena fani inson sog'lig'i bilan tashqi muhit o'rtasidagi mutanosiblikni saqlashning muhimligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarini yax-shilash, turarjoylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.
Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta'sirini o'rganadigan va olingan ma'lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog'lomlashtirish, aholi sog'lig'ini mustah- kamlashning me'yor va tartib-qoidalarini, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish, umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir.
Gigiyena fani tavsiyalarini amaliyotga sanitariya (lotincha sanitas so'zidan olingan boiib, sog'liq degan ma'noni anglatadi) muassasalari joriy qiladi.
Sanitariya faoliyati orqali gigiyena fani rivojlanadi. Demak, gigiyena sog'liqni saqlash va uni yaxshilash to'g'risidagi fan bo'lsa, sanitariya-gigiyena qonun-qoidalari asosida amaliy faoliyat ko'rsatadigan sohadir.
Tibbiyot xodimlari ishlab chiqarish va turmush shart-sha-roitlarining odamga ta'sirini chuqur o'rganib, kasalliklar sa-bablarini tahlil qilganlaridan keyingina kasallikni davolash, keyin-chalik esa uning oldini olishning samarali chora-tadbirlarini ko'rishlari mumkin bo'ladi. I.P. Pavlov «Zamonaviy tibbiyot kasal-liklarning hamma sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotiga, ya'ni keng ma'nodagi gigiyenaga aylanadi», — deb bejiz ayt-magan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi bilan, shuningdek, ular o'rtasida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo'lib turishi orqali isbotlanadi. Tashqi muhitning organizmga ta'siri organizmning o'sish jarayonlari deb ataladigan jarayonlari: nafas olish, ovqat-lanish, termoregulatsiya va boshqalarni o'zgartirishida namoyon bo'ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ana shu ta'siriga, uning sifati va miqdoriga bog'liq bo'ladi. Tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta'siri ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin.
I.P. Pavlov organizm noodatiy tashqi muhit omillari ta'siriga duch kelganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bi-lan organizm o'rtasidagi muvozanat buziladi, deb ko'rsatib o'tgan edi.
Odam organizmiga ta'sir ko'rsatadigan tashqi muhit omil-larini ularning tabiatiga ko'ra bir necha guruhga bo'lish mumkin:

  • fizik omillar jumlasiga atrofimizdagi havoning temperaturasi, namligi va harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, radioaktiv nurlar, shovqin va boshqalar kiradi;

  • kimyoviy omillarning ta'siri havo, suv yoki oziq-ovqattarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko'rsatadigan ta'siri bilan ifodalanadi;

  • patogen mikroblar, zamburug'larning ba'zi turlari va boshqalar (gelmintlar) biologik omillardir. Bular organizmga ta'sir qilar ekan, infeksion yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi.

  • Aytib o'tilgan omillarning odamga ta'sir qilish-qilmasligi mehnat faoliyati, turarjoy shart-sharoitlariga, ovqatining tabiatiga va jamiyatning ijtimoiy tuzumiga aloqador boshqa bir qancha turmush sharoitlariga bog'liqdir.


Download 31,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish