Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evolutsiyasi texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan uzviy bogiangan. Shu nuqtayi nazardan gigiyena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ta'sirini aks ettiradigan bir necha bosqichga bo'linadi.
Gigiyena rivojlanish tarixi nisbatan uzoq emas. Gigiyenaga oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar qadim zamonlarda ham gigiyena va sanitariyaning ma'lum qonun-qoidalariga rioya qilishgan. Tarixiy hujjatlar, san'at asarlari va arxeologik qazilmalar ma'lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq sanitariya qonunlarining ba'zi elementlari mavjud bo'lganligidan hamda ma'lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelin-ganligidan dalolat beradi.
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000— 4000-yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish va dam olish tartibi to'g'risida ko'rsatmalar bor. Ularda badanni toza tutish zarurligi gapirib o'tiladi, murdalarni ko'mish qoidalari ma'lum qilinadi va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda axlatlarni yo'qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan holda o'tkazilgan, sug'orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan. Qadimgi Yunoniston va Spartada yoshlarni jismoniy jihatdan rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, olimpiya sport musobaqalari o'tkazib turilgan. Afinada oqova suvlarni yo'qotish uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda uylar qurish va ovqat masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbo'y moddalar tutatib dudlangan.
Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Gippokrat (mi-loddan awalgi 460—377-yillar) gigiyena masalalariga bag'ish-langan «Sog'lom turmush maromi to'g'risida», «Havo, suv va joylar to'g'risida» deb nomlangan asarlarida tashqi muhitning odam salomatligiga ta'sir qilish omillari hamda shu omillarning kasalliklarga nechog'li aloqadorligi to'g'risidagi o'z kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. Gippokratning «muhit nazariyasi»ni keyinchalik Platon, Aristotel va boshqa faylasuflar rivojlantirganlar.
Yunonlar madaniy boyliklarining vorislari bo'lmish rimliklar yunonlardan gigiyenaga oid bilimlarni meros qilib oldilar va sanitariya obodonchiligi sohasida o'z ustozlaridan o'zib ketdilar. Qadimgi Rimni suv bilan ta'minlaydigan va kanalizatsiya inshootlari o'sha zamon uchun muhandislik mo'jizasi bo'lgan. Qadimgi Rimda tog' buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-kunduzda 0,5—1 m3 suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta mayda vodoprovod boiganligini aytib o'tish kifoya. Rimda ax-latlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi mavjud bo'lgan. Narsa qo'shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan oziq-ovqatlarni sotish man qilingan, binokorlik ishlari ustidan sanitariya nazorati olib borilgan.
To'planib qolgan axlatlarni tozalash ishi dastlab 1609-yilda Parijda o'tkazilgan va 1780-yilga kelib axlatni ko'chaga tashlash odatiga qarshi kurashishga kirishilgan. Ichki kiyim va choyshab, ko'rpa jildlari XVIII asrgacha noyob ashyo boiib, bitliqilik juda keng tarqalgan, hatto qirol xonadoni ham bundan mustasno boimagan. Ovqat uchun tutiladigan alohida idish Yevropada taxminan XVI asrda paydo bo'lgan.
O'rta asrlar tarixi haddan tashqari katta epidemiyalar va Yevropa aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir. O'rta asrlarda Yevropada chechak, tif, gripp epidemiyalari bir-biriga ulanib turgan. Tanosil kasalliklari, teri va ko'z kasalliklari keng tarqalgan. XVI asrda toun epidemiyasi Yevropa aholisi to'rtdan bir qismining yostig'ini quritgan. Yangi paydo bo'lgan burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish va foydani ko'paytirishdan manfaatdor edi. Bunday maqsadga erishishida unga sog'lom ishchilar kerak boiganligi uchun ham u ma'lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishga majbur bo'ldi. Ketma-ket sodir bo'lib turgan epide-miyalar yirik shaharlarda sog'lomlashtirishga oid shoshilinch