EKOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Fan-texnika taraqqiyoti jamiyat va tabiatning o'zaro mu-nosabatida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy boyliklarni g'oyatda ko'p o'zlashtirish, sayyo-ramizdagi mavjud resurslardan misli ko'rilmagan darajada foydalanish bilan tavsiflanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti ilgari ma'lum bo'lmagan texnik va texnologik vositalarni yuzaga keltirdi. Inson fan-texnika taraq-qiyoti natijasida tabiatga munosabat borasida yangi bosqichga ko'tarildi, natijada u o'ziga ilgari bo'ysunmagan ko'pgina kuchlarni jilovlab oldi.
Fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, insonning tabiatiga ta'sir ko'rsatish doirasi va miqyosining kengayganligi natijasida tabiiy muhitda qator salbiy o'zgarishlar ro'y berdi. Bunday o'zgarishlar oqibatida hayotning moddiy asoslariga putur yet-moqda, atrof-muhit jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga kelib, sayyoramizning tanazzulga uchrash xavfi tu-g'ilmoqda.
Ekologiya muammosi hozirgi kunda «Asr mavzusi»ga ayla-nib, jahon jamoatchiligining diqqat markazida turibdi. Ishlab chiqarish jarayonlari oqibatida atrof-muhitning ifloslanishi faqat kelgusi avlodlar uchun emas, balki hozirgi avlod uchun ham ijtimoiy halokat ekanligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Inson-ning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib, sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanib borishi bilan birga, uning tabiat va atrof-muhitga zararli ta'siri ham ortib bor-moqda.
Keyingi 100 yil ichida insoniyat energetika boyliklarini 1000 barobar ko'paytiradi, buning oqibatida esa tabiatga jiddiy va uzoqqa cho'ziladigan salbiy ta'sir o'tkazadi. Fan-texnika ta-raqqiyoti davomida bu ko'rsatkichlar yana ham o'sadi. Rivoj-langan mamlakatlarda tovar va xizmatlarning umumiy hajmi har 15 yilda 2 baravarga ortishi bilan birga, atmosferani, suv havzalarini, tuproqni bulg'ovchi xo'jalik faoliyati miqdori ham 2 baravar ko'payib bordi.
«Ekologiya» atamasi yunoncha «oykos» (yashash joyi) va «logos» (ta'limot, fan) so'zlaridan olingan. Ekologiya mustaqil fan sifatida XIX asrda yuzaga keldi. Ammo uning ekologiya deb atalib, umumiy lug'atga kirishi faqat oxirgi 10 yillikka to'g'ri keladi.
Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
— hayotning tashkil topish qonuniyatlarini, shu jumladan, tabiat tizmalari va umuman biosferaga antropogen ta'sir munosabati bilan shu qonuniyatlarni tadqiq etish;
tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish, xo'jalik faoliyati ta'sirida tabiatda ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni oldindan bilish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni saqlab qolish;
populatsiyalar miqdorini tartibga solish;
agrosanoat kompleksida kimyoviy vositalarni mumkin qadar kamroq qo'llashni ta'minlaydigan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
buzilgan tabiiy tizimlarni qayta tiklash, shu jumladan, foydalanilmay tashlab qo'yilgan qishloq xo'jalik ekin maydonlari, yaylovlar hosildorligini tiklash, suv havzalarini tozalash va boshqa
ekotizimlarni talab darajasiga keltirish;
biosferaning etalon standartini saqlash;
muhit sifatini saqlash va yaxshilashga oid texnikaviy, huquqiy, tashkiliy boshqamvning istiqbolga mo'ljallangan, pirovard maqsadi aholi salomatligi darajasi va turmushi sifatini ko'tarish bo'lgan tadbirlar majmuyini takomillashtirish;
yakka tartibda tanlash tizimini tashkil etish, odatiy bo'lmagan sharoitlarda yangi o'zlashtirilgan, sanoat va aholi zich yashaydigan joylarda mehnat qiluvchilarning moslashuvini tezlashtimvchi vositalarini iqlim-geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish;
xavfli tibbiy voqea-hodisalar va texnikaviy majmualar buzilishi natijasida odamlarning nobud bo'lishiga va ularning salomatligiga zarar yetkazmaslik yo'llarini qidirib topish;
ekologik ongni, ekologik madaniyatni tarbiyalash antropoekologiya ta'limi tizimini shakllantirish va ommaviy axborot vositalarining bu boradagi ishini faollashtirish.
Havoning inson salomatligi uchun ahamiyati g'oyat katta. Qadim zamon mutafakkiri Gippokrat, inson salomatligi va kasalliklari uni o'rab turgan tashqi muhit — havo, suv, tuproq kabilarning xarakteriga bog'liq, degan edi. F.F. Erisman iborasi bilan aytganda, odam nafas oladigan havodagi kimyoviy tarkib va fizik xossalarning o'zgarishi uning organizmidagi garmonik muvozanat, ya'ni salomatligini osongina buzishi mumkin. Havo muhitining roli quyidagilardan iborat: havo organizmga zarur kislorodni yetkazib beradi, moddalar almashinuvining gazsimon mahsulotlarini qabul qiladi, termoregulatsiya jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi.
Quyosh radiatsiyasi odam organizmiga turlicha, shu jumladan, shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga u odamga zararli ta'sir ko'rsatadigan zaharli (toksinli) moddalar va mikroblar (zararli gazlar, muallaq holatdagi mexanik zarrachalar, turli mikroorganizmlar) uchun rezervuar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |