Mavzu: Gidroid poliplar, chuchuk suv gidrasini tuzilishi Sana: oktabr Sinf: “D” Fan


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Download 475,2 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi475,2 Kb.
#195904
1   2
Bog'liq
Gidraning tuzulishi

Milliy va umummadaniy kompetensiya:insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi:hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyatini, hayvonlar bilan o‘simliklar hayotini o‘zaro bog‘liqligini biladi;

Dars jihozlari: Kompyuter, ko’rgazma, kitob, proektor, gidra tanasi plakati

Darsda qo’llanilgan metodlar: klaster , baliq skeleti,

Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

2

10

20

10

3

I.Tashkiliy qism

1.Salomlashish; 2. Davomatni aniqlash; 3.O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish;



I I.Uyga vazifani tekshirish

Tufelkaning ichki tuzulishi raqamlar bilan ko’rsatilganlarni nomini belgilang.

III.Yangi mavzuni bayoni

G idra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o'ralgan og'iz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Hayvonlar tanasmi bitta o'q chiziqdan chiquvchi nurlar bo'ylab o'zaro mos keladigan teng qismlardan iborat bo'lishi radial, yani nurli simmetriya deyiladi.

Gidra tanasi devori ikki qavat bo'ylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi - ektoderma va ichki - endnderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana devori keng ichki tana bo'shlig'r, o'rab turadi. Bu bo'shliq ichak vazifasini ham bajaradi. Tashqi qavat asosan teri-muskul hujayralari dan iborat. Bu hujay- ralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo'ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi.

Ektoderma hujayralari orasida otuvchi hujavralar ham bo'ladi . Bunday hujayralar ayniqsa paypaslagichlarda juda ko'p. Otuvchi hujayraning mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kavsulasi bo'ladi. Kapsulada naysimon ingichka otiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib. ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o'tib, uni falajlaydi.



Ta'sirlanishi va refleks hosil qilishi. Ektodermada uzun o'simtali yulduzsimon nerv hujaxralari tarqoq joylashgan. Ularning o'simtalari tutashib, nerv to'rini host qi adi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhit ta'sirini sezadi va tanasini yig'ib oladi. Gidraning ta'sirlanishga javob bet ish xususiyati refleks deb ataladi.

Endoderma hujayralari, oziqlanishi. Endoderma qavati soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm cj sh vazifasini bajaradi. Gidraning ozig'i ham bir hujayralilar singari hujayra ichida hazm bo'ladi. Gidra tutilgan o'ljani paypaslagichlariga yopishtirib, og'ziga olib boradi. Oziq tana bo'shlig'iga tushib. hazm suyuqlig'i ta'sirida maydalanadi. Xivchinlar oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoqlari yordamida oziqni qamrab olib, hazm qiladi. Regeneratsiya. Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli mayda oraliq hujayralar bo'ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar tez o'sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o'rnini to'Idiradi. Tananing jarohatlangan yoki yo'qotilgan qismining tiklanishi regeneratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo'lakka ajratilganda ham har qaysi bo'lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.

Jinssiz ko'payishi. Oziq yetarli bo'lgan iliq bahor va yoz mavsumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo bo'ladi. Paypaslagichlar va og'iz teshigi paydo bo'lishi bilan kurtaklar yosh gidralarga aylanadi. Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay boshlaydi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.



  1. Tana simmetriyasi nima ?

  2. Gidra ektadermasida qanday hujayralar bor?

  3. Otiluvchi hujayralar qanday vazifalarni bajaradi?

  4. Endoderma hujayralari qanday vazifani bajaradi?

  5. Regeneratsiya nima?

V.Darsni yakunlash.

  1. Baxolarni e’lon qilish;

  2. Uyga vazifa berish; Mavzu o’qish va gidranining hujayralarini rasmini chizib kelish.

  3. Xayrlashish;

O’TIBDO’_______________________________ (Imzo)
Download 475,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish