Mavzu: Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Download 20,85 Kb.
bet3/6
Sana30.06.2022
Hajmi20,85 Kb.
#720407
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Itt seminar12

2. F.Listning iqtisodiy qarashlari

Fridrix List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen

shahrida boy hunarmand oilasida tug`ildi. U o`qishni 15 yoshda tugatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo`lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o`zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo`yicha tugatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti kafedrasi professori bo`lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo`nalishdagi taniqli publitsist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat'iy tarafdori sifatida tanildi. U 1847 yil Bryussel' shahrida bo`lib o`tgan iqtisodchilar kongressida o`zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiklik qobiliyati bilan ko`pchilikning e'tiborini o`ziga qaratdi. List 1819 yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta'minlash maqsadida "Savdo-sanoat ittifoqi"ni tuzdi. F.List 30 yoshida Vurtemberg parlamenti a'zosi bo`lib, o`zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo`ldi. Natijada u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug`ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo`ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQSHda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o`rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi.

1832 yildan F.List Yevropaga qaytib AQSHning Leypsigdagi elchisi bo`lib ishladi. Shuningdek u Leypsig-Drezden temir yo`lini qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo`lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o`zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so`ng Parijda uch yil yashadi. U o`zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o`rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo`lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o`zining "Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi" (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o`rtaga qo`ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to`g`risidagi ta'limot unga asos bo`lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, ahloqni, ma'naviyatni va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo`shdi. F.Listning ta'limotiga ko`ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, "millatning ruhi" (toj-taxtning meros bo`lib qolishi, huquq, sud, armiya, politsiya va shu kabilar) yaratadi. F.List ta'limotida xo`jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to`g`risidagi g`oyalar katta o`rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, cho`ponlik, dehqonchilik, dehqonchilikmanufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo`ladi. Bunday bo`lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o`sishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq xo`jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi. F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizg`in tortishuvlarda alohida o`rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta'sir ko`rsatdi. F.List o`zining g`oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali bo`lishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini ko`rsatadi. Ushbu asar o`z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg`in qabul qilinib, katta qiziqish bilan o`qildi. Germaniyaga qaytgandan so`ng olim Augsburg shahrida yashab, ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining dastlabki himoyachilariga yo`l ochib berdi. List urushlar va bosqinchilikning tarafdori bo`lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-sanoat holatiga o`tishga ko`maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo`sh yerlarni Germaniya bosib olishi zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so`nggi yillarida Angliyaga bo`lgan o`z munosabatini o`zgartiradi, chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi deb hisoblardi. Endi uning fikricha, Angliya Germaniyaning qit'a qo`shnisi hisoblangan Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo`llashi mumkin edi. List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bo`lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo`lib faoliyat ko`rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo`lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e'tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo`jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko`rmasdan, barchasiga umumiy "tabiiy" qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi. "Turli millatlar,- deb yozadi List, turli bosqichda bo`ladilar. Bunday sharoitda ular o`rtasidagi to`liq erkin savdo ayirboshlash qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo`jaligi uchun ma'lum mavhum foydani keltirishi mumkin bo`ladi." Lekin bu holat qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to`sqinlik qiladi. U o`z konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi deb yuritib, Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qo`yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bo`lmaydi, deb yozadi. Shuningdek u faqatgina qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadigan millat bir qo`l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga oshirishni o`rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab chiqarishni chet el raqobatidan to o`zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo`lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Erkin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya'ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo`lib, hayotda o`z o`rnini topmoqda. Masalan, millatning boy, kudratli bo`lib borishi uning qanchalik ko`p sanoat mahsulotini eksport qilishi bilan va kam mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o`rinda Yaponiya tajribasini ko`rsatishimiz kifoyadir. Bu davlat so`nggi yillarda tez iqtisodiy rivojlanish hisobiga, ya'ni tashqi savdoni to`g`ri yo`lga qo`yganligi uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o`ringa chiqib oldi. Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masalalardan hisoblangan kapitalizm taraqqiyoti doirasida o`z tarixi va xo`jaligining xususiyatiga ko`ra jahon hamjamiyatining so`nggi qatorlaridan o`rin olgan mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo`lidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun harakat qilayotgan yosh, rivojlanayotgan mamlakatlarning List ta'limotiga katta e'tibor berayotganliklari tabiiy holdir. Chunki ularning oldida jahon bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o`sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi. Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolutsiyasini ilmiyiqtisodiy adabiyotda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asrning 40-60-yillarini o`z ichiga olib "Eski tarixiy maktab" yoki oddiygina "Tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX asrning 70-90 yillariga to`g`ri kelib "Yangi tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib "Eng yangi tarixiy maktab" davri yoki qisqacha "ijtimoiy yo`nalish" nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar. Biz ushbu maktablar namoyondalarining qarashlarini o`rganishdan boshlaymiz. "Yangi tarixiy maktab" va "ijtimoiy yo`nalish"ni esa ularning ko`pgina qarash va fikrlarining yaqinligi sababli birgalikda ko`rib chiqamiz.




Download 20,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish