Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi geografiyasi. Quyidagi savollarga jabob bering



Download 23,5 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi23,5 Kb.
#49107
Bog'liq
5-mavzu. seminar konspekt


Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi geografiyasi.

Quyidagi savollarga jabob bering:

1. Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.

2. Aholisi demografik jarayonlar.

3. Urbanizatsiya jarayoni.

4. Davlat tuzumi, ma'muriy hududiy bo'linishi.

1. Iqtisodiy va siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.

Germaniya Markaziy Yevropada joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri - Germaniyaning dengiz yaqniida joylashgan va qo'shni mamlakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir.

1989-yilning oktyabrida ikki davlat GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo`ldi, Natijada, GFR hududi 43% ga, aholisi esa 27% ga ko‘paydi.

2. Aholisi demografik jarayonlar.

Ikkala german davlatining birlashuvidan keyin mamlakat aholisi soni ancha o'sdi ya'ni 80 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy yerlarda) Aholining o'rtacha zichligi har 1 km2ga 200 kishidan ortadi. Bugungi kunda tabiiy o'sish koeffitsiyenti –0,2%, tug'ilish koeffitsiyenti 8/1000 va o'lim koeffitsiyenti 10/1000 bo'lib, millatning qarshi tendensiyasi xosdir. O'rtacha umr ko'rish 79 yosh va ayollarda 82 yosh). Aholining o'rtacha zichligi bir km2ga 230 kishidan to'g'ri keladi.XX asr 60-yillardan boshlab Germaniyadan iqtisodiy yuksalish natijasida ishchi kuchiga ehtiyoj kuchaydi va mamlakatga chet el ishchilari-―gastrabayterlar taklif qilinishi oqibatida aholi soni tez o'sdi. Germaniyadagi yuqori ish haqi, shinam va qulay hayot mehnat sharoiti tufayli Italiya, Sobiq Yugoslaviya Respublikalari, Gretsiya, Turkiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan, 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida esa sobiq SSSRdan (Ukraina, Rossiya, Boltiqbo'yi davlatlari va boshqa), Polsha, Ruminiyadan immigrantlar ko'plab kela boshladi va ularning soni 7 mln, kishidan ortib, mamlakat aholisining 8% dar ortig'ini tashkil qiladi. Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi. Mamlakatning asosiy dini-xristian dini hisoblanadi. Mamlakatda taxminan 58 mln kishi e'tiqod qiluvchilardan 30 mln kishi protestantlar, qolgan 28 mlni kishi katoliklar sanaladi. Bundan tashqari mamlakatda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ham bor.Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublika laridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiy yerlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7 mln kishiga yetadi.



3. Urbanizatsiya jarayoni.

Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi. Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, 500 mingdan ortiq yashaydigan shaharlar: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Essen, Dyusseldorf, Frankfurt, Dortmund, Shtutgart,Gannover, Bremen, Duysburg, Lepsig, shuningdek, Drezden, Nyurenberg, Vuppertal, Kil va boshqa. Yirik, ko'p yadroli shahar aglomeratsiyalari: Berlin (3,5 mlndan ortiq), Reyn-Rur, Reyn-Mayn, Shtutgart, Galle-Leypsig, Drezden shaharlari asosan Reyn daryosi va dengiz bo'yicha joylashgan.



4. Davlat tuzumi, ma'muriy hududiy bo'linishi.

GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.



Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn, pul birligi yevro.
Download 23,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish