- Germaniya – Federativ Respublika.Poytaxti Berlin shahri.Davlat tili Nemis tili.Umumiy maydoni 357021 kmkv.Aholisi 83019200 kishidan iborat.Ularning 90% dan ko’prog’i nemislar,qisman daniyaliklar va gollandlar yashaydi. Pul birligi Yevro.Germaniya Kansleri esa Angela Merkel hisoblanadi. Amaldagi konstitutsiya 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qo’shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig’i federal prezident.U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir martta saylanishi mumkin.
Yirik shahrlari: Berlin,Hamburg,Myunxen,Kyoln,Frankfurtmayn, Dortmund,Shtutgart,Dyusseldorf,Hannover, Nyurnberg,Leyspig,Drezden Konstitutsiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.Har bir yerda maorif masalalari bilan shug’ullanuvchi vazirlik bor.6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ta’lim majburiy.O’qish muddati 12yil.Jumladan, bolalar to’la o’quv haftasi dasturi bo’yicha maktabda 9 yil, so’ngra to’liqsiz o’quv haftasi dasturi bo’yicha hunartexnika bilim yurtida 3 yil o’qiydi. Hunar texnika ta’lim tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bilim yurtlari, turli ixtisoslikdagi o’rta maxsus ta’limmaktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Ilmiy va madaniy muassasalari - Oliy ta’lim tizimiga universitetlar,oliy o’quv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va boshqalar kiradi.Ularda o’qish pulli.Eng yirik va qadimgi oliy o’quv yurtlari:Geydelberg, Leypsig, Rostok va Berlin universitetlari.1960-yildan keyin yana 20 ta universitet tashkil etildi.Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va pedagogika institutlari mavjud. Maxsus oliy o’quv yurtlari ta’limning eng yosh va hammaga manzur toifasi hisoblanadi.Ulardagi ta’lim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijtimoiy ta’minot, dizayn va qishloq xo’jaligi sohalarida ko’proq amaliy tarzda olib boriladi.Germaniyada har yili 10 million fuqaro bilim saviyasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka oshirishning eng yaxshi va samarali shakli xalq universitetlaridir.Germaniyada 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari,11 ta mintaqalararo iqtisodiyot o’quv markazi va 30 ta malaka oshirish instituti mavjud.
Eng yirik muzeylari: - Arxendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi ,,Prussiya madaniy bisoti’’ davlat muzeyi, Bonndagi shahar san’at asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, ,,Ko’k gumbaz’’, Essendagi ,,Folkvang’’ muzeyi kabi san’at muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniy, tarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyotingen, Hamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etnografiya muzeylari va boshqalar. Germaniyada 3 mingdan ko’proq muzey bor.
Yirik kutubxonalari: - Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi
- ( 6 milliondan ko’proq asar saqlanadi )
- ,, Prussiya madaniy bisoti’’ning Berlindagi davlat kutubxonasi ( 4 million asar )
- Kyolndagi markaziy kutubxona
- Volfenbyuttesdagi gersog Avgust nomidagi kutubxona ( 660 mingdan ortiq asar ) va boshqalar
Xo’jaligi - GFR – yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat.Umumiy iqtsodiy qudratiga ko’ra dunyoda uchinchi o’rinda, jahon savdosida ikkinchi o’rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi
- 33,6 %ni, qishloq xo’jaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.Germaniyada 620 mingga yaqin o’rinli 2300 ta kasalxona va 267 mingta vrach ishlaydi. Bundan tashqari 1300 ta sog’lomlashtirish muassasalri mavjud.
Sanoati - Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qo’ng’ir ko’mir (dunyoda 1-o’rin)
- toshko’mir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va osh tuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik g’oyat rivojlangan.Germaniya sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat. Sanoatda band bo’lgan barcha xodimlarning 32% dan ko’prog’i yirik firmalarda ishlaydi, ,, Simens’’ konserni Folksvagen, BMW va
- ,, Daymler Bens ’’ kabi avtomobilsozlik firmalari, ,,Xyoxst’’ ,, Bayer’’ va BASF kabi kimyo konsernlari, ,,Rukole AG’’ ko’mir qazish firmasi, ,, FEBA’’ va
- ,, RVE’’ elektr texnika konserni yoki ,,Bosh’’ guruhi butun dunyoga mashhur bo’lib, dunyoning hamma joylarida filialllari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor.
Transporti - Temir yo’l uzunligi - 91,4 ming km
- Avtomobil yo’llari uzunligi – 496,6 mig km
- Eng katta aeroporti – Frankfurtmayn shahrida.
- Boshqa yirik aeroportlari:Berlin-Tegel,
- Berlin-Shenefeld, Bremen, Hamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln, Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Sarbryukken va Shtutgart.Suv yo’llari uzunligi-7467 km. Asosiy dengiz aeroportlari: Hamburg, BremenBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |