1. Tashkiliy qism 3 daqiqa.
Sinfga kirib salomlashish ma’lum intizomni vujudga keltirish, davomatni aniqlash va sinf jurnalga belgilash.
2. O`quvchilardan o`tilgan mavzuni surash 8 daqiqa.
O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan savol javob va boshqotirma o`tkazish orqali mavzu mustahkamlanadi.
Savol. Buyumlar qanday turlarga ajratiladi?
Javob: Detallar, yig’ish birliklari, komplekslar, komplektlarga ajratiladi.
Savol. Bir xil nomdagi va markadagi materialdan tayyorlangan, qismlarga ajralmaydigan buyum qanday ataladi?
Javob: Detal deb ataladi.
Savol. Tarkibiy qismlarini korxonalarda yig’ish jarayonlarida o’zaro biriktirib tayyorlanadigan buyumlar qanday ataladi?
Javob: Yig’ish birligi deb ataladi.
4- Savol. Buyumlarning tarkibi va tuzilishi qaysi hujjatlar bilan belgilanadi?
Javob: Konstruktorlik hujjatlari bilan belgilanadi.
Savol. Yig’ish birligi, kompleks yoki komplektning tarkibini ko’rsatuvchi hujjatning nomi nima?
Javob: Spetsifikatsiya.
3. Yangi mavzuni bayoni
Biriktirish detallari deyarli barcha mashina va mexanizmlarda qo’llaniladi. Ularning ko’pchiligini aniq chizish uchun ancha vaqt va mablag’ kerak bo’ladi. Shu sababli ham bu detallarni chizishda turli xil shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Buyumlarni yig’ish jarayonida, uni tashkil qiluvchi detallarni bir – biri bilan mahkamlash uchun turli ko’rinishdagi biriktirish usullari qo’llaniladi. Ular, umuman olganda, ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlariga bo’linadi.
Agar birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilmasa, u holda bunday birikma ajraladigan birikma deyiladi. Ularga boltli, shpilkali, vintli, shtiftli, shponkali, shplintli, shlitsali ( tishli ) birikmalar kiradi.
Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilsa, ular ajralmaydigan birikmalar deyiladi. Ularga parchin mixli, payvand chokli, kavsharlangan, tikish, yelimlash va boshqa birikmalar kiradi.
23.1 – chizmada shartli suv o’lchagich kamerasining yaqqol tasviri berilgan bo’lib, unda detallarni biriktirish usullarining deyarli barchasi ko’rsatilgan:
a – boltli birikma buyum korpusiga qopqog’ini mahkamlashda eng ko’p qo’llaniladigan birikma. Korpus va qopqoqning quloqlari teshiklaridan bolt o’tkazilib, unga shayba kiydiriladi va gayka bilan burab qotiriladi;
b – payvand chokli birikma ikkita detalni bir – biri bilan ajralmaydigan qilib biriktirishda ishlatiladi;
c – shpilkali birikma korpus tanasida boltga mo’ljallangan quloq bo’lmagan taqdirda tatbiq qilinadi. Shipilka uchun korpusda rezbali teshik ociladi va unga shpilka burab kiritiladi. Qopqoq, shayba tushiriladi va gayka bilan qotiriladi;
d – parchin mix chokli birikma uncha qalin bo’lmagan yupqa ( listli ) metal materiallarini bir – biri bilan biriktirishda qo’llaniladi;
e – quvur rezbali birikma. Metal quvurlarni bir – biri bilan yoki korpusga ulashda mustahkam birikma hisoblanadi;
f – vintli birikma uncha katta bo’lmagan detallarni o’zaro mahkamlashda turli ko’rinishdagi vintlardan foydalaniladi. Vintlar uchun rezbali teshiklar ochiladi va qopqoq qo’yib teshiklari orqali vintlar burab kiritiladi hamda qotiriladi.
23.2 – chizma, a, b da shponkali, shtiftli, 23.3 – chizmada shlitsali (tishli) birikmalar ko’rsatilgan:
a – shponkali birikmadan turli g’ildiraklarni vallarga biriktirishda qo’llaniladi. Shponka uchun valda ariqcha (paz) ochiladi va unga shponka bosim ostida joylashtiriladi. G’ldirakka shponka uchun ariqcha qirqiladi. Tishli g’ildirak valga surib kiritiladi va chqariladi;
b – shtiftli birikma vtulkani valga biriktirishda qo’llaniladi. Shtift turiga qarab val va vtulkaga teshik ochiladi, so’ngra unga shtift bosim ostida qoqiladi.
Shilitsali yoki tishli birikma. Valda va g’ildirak teshigida bir – biriga mos keladigan tishlar qirqiladi. G’ildirak valga surib kiritiladi yoki chiqariladi (23.3 – chizma).
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Nima uchun” sxemasidan foydala-namiz.
Nima uchun? Nima uchun?
Detallarni biriktirish uchun
Buyumlar yasash uchun
Nima uchun? Nima uchun?
Ajraladigan birikmalar-dan foydalanamiz
Ajratish va biriktirish oson
O`quvchilarning mustaqil ishlari:
O`qituvchi doskaga chizilgan chizmani o`quvchilar tomonidan bajarilishini kutishi kerak bo`ladi. O`qituvchi qiynalayotgan yoki tushunmagan o`quvchilarga individual yordam berib boradi.
O`quvchilar doskadagi bajarilgan birikmalarga doir chizmalarni daftarlarga mustaqil bajaradilar. O`qituvchi parta oralab, o`quvchilar ishini kuzatib boradi. O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan savollar berish bilan dars mustahkamlanadi.
1) Detallarni buzmagan holda ajratish va qayta yig’ish mumkin bo’lgan birikmalar qanday ataladi?
Javob: Ajraladigan birikmalar deb ataladi.
2) Detallarni buzmasdan ajratish mumkin bo’lmagan birikmalar qanday ataladi?
Javob: Ajralmaydigan birikmalar deb ataladi.
3) Boltli, shpilkali, vintli, trubali birikmalar qaysi birikmalarga kiradi?
Javob: Ajraladigan birikmalarga kiradi.
4) Parchin mixli, payvandli, kavsharli, yelimli birikmalar qaysi birikmalarga kiradi?
Javob: Ajralmaydigan birikmalarga kiradi.
Berilgan chizmalar orqali o`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Dars davomida yaxshi ishtirok etgan o`quvchilarga baho qo`yiladi. Baholar sinf jurnaliga va kundalikga qo`yiladi.
Uyga vazifa.
Turmushda uchrab turadigan birikmalardan namunalar chizish.
Xulosa.
Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarga doir grafik masalalar haqida to`liq ma’lumotga ega bo`lish. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida bilim, ko`nikmalar hosil qilish chizmachilik darslarida qo`llanilishiga oid chizmalar orqali isbotlab, misollar bilan tushuntiriladi.
Chizmachilik fani orqali o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini o`stiradi. Bu natijaga erishish uchun avvalom bor o`qituvchi bor bilim va mahoratini amalda qo`llash uchun xarakat qilishi lozim.
O`qituvchi darsga qiziqtirish uchun tezkor savollar, didaktik o’yinlar, kurgazmali qurollardan foydalansa o`quvchilarni yanada darsni o`zlashtirishiga yordam beradi. Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarga doir grafik masalalar haqida umumiy tushuncha.
Ular orasidagi farqlashni o`quvchilar muvofiq bo`lishadi.
Chizmachilik xonasida o`qituvchi o`ziga va o`quvchining chizishi uchun sharoit yaratishi lozim. Chizmachilik xonasi yorug` va shinam bo`lishi kerak. O`qituvchi dars mobaynida o`quv qurollari bilan darsni tushuntirsa, o`quvchilar ham darsga o`quv qurollari bilan kelishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
I. Rahmonov. Darslik Chizmachilik 9- sinf. T - 2014
I. Raxmonov. Chizmachilik o`qituvchi uchun qullanma. T – 2010
I. Raxmonov. Chizmalarni chizish va o`qish. T – 1992
Xalq ta’limi. 2013/6/ Ilmiy metodik jurnal.
V. A. Umronxo`jayev: Maktabda chizmachilikni o`qitishni takomillashtirish.
VI. S. Usmanov. Chizmachilik o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.
T – 2013
VII. S. Usmanov Chizmachilik. 8 – 9 sinflar. T - 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |