Gapning turlari Darsning maqsadi:o’quvchilarda mustaqil fikirlash qobiliyatlarini o’stirish;rasm asosida gap tuzishga o’rgatish. Darsning turi:yangi bilim berish. Darsning metodi: suhbat Darsning jihozi: rasmlar,darslik. Darsning borishi: 1.Uy vazifasini tekshirish.O’quvchilarning do’stlik-o’rtoqlik haqida tuzgan bog’lanishli gaplari o’qitiladi.To’g’ri, mazmunan teran, bog’lanishli gap tuzgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. 2.Darslik bilan ishlash.71-mashq.Mashqda berilgan matn o’qitilib, har bir gap qanday mazmun anglatayotgani va oxiriga qanday belgi qo’yilgani aniqlanadi. Mashqning ikkinchi sharti yuzasidan suhbat tashkil etiladi. So’roq mazmunini bildirgan gapni topib, ichingizda o’qing. -Gul ko’vachalari ichiga boshini suqib turgan asalarini ko’rganmisiz?(ha ko’rganmiz.) -Bu gap qanday mazmun bildiryapti?(so’rash mazmunini bildiryapti.) -Oxiriga qanday belgi qo’yilgan? (so’roq belgisi qo’yilgan) Keyingi gaplar o’qiladi. 3.CHiroyli yozuv malakalarini shakllantirish. Uu. Uzum, Urganch,Urumchi,ustoz Husnixat qoidalariga rioya qilishga daftar va ruchkani to’g’ri ushlashga e’tibor berilishi ta’kidlanadi. 4.Rasm bilan ishlash. Doskaga “qovun sayli” rasmi osib qo’yiladi. O’quvchilar diqqati doskadagi rasmga qaratiladi.Rasm asosida suhbat uyushtiriladi. -Rasmda nimalarni ko’ryapsiz?(Poliz,qovun,bobo,kishilar,bolalar.) -Karim bobo nima qildi?(qovun ekdi) -Kimlar Karim bobonikiga kelishdi?(O’g’ilari nabiralari keldi) -Ular nega kelishdi? (qovun sayliga kelishdi) -Karim bobo nima qilyapti?(o’g’illariga, nabiralariga qovun so’yib beryapti) Javoblardan kichik hikoya tuziladi. Karim bobo qovun ekdi.Kuzda qovunlar pishdi.O’g’illari,nabiralari Karim bobonikiga qovun sayliga kelishdi. Karim bobo shirin qovunlardan so’yib berdi.oh, shirin qovunlar! Nabira bobosidan so’radi: Bobo, yana qovun ekasizmi? Karim bobo kulib qo’ydi. O’quvchilar hikoyani doskadan ko’chirib yozadilar. Hikoyada qanday gaplar borligi aniqlanadi. 5.Darslik ustida ishlash. 72-mashq shartiga ko’ra bajariladi. She’rdagi gaplar qanday mazmun-maqsadni bildirayotgani aniqlanadi.Avval so’roq,so’ngra his-hayajon bilan aytilgan gaplar ko’chirilib yoziladi. Savollar orqali she’rning mazmuni yoritiladi. -Ammasi Dildoradan nimani so’radi? -Dildora nima deb javob qildi? -Yana qanday gaplar bor? -Ular nima haqida? Avval so’roq gaplarni, so’ngra his-hayajon bilan aytilgan gaplar javobi yozdiriladi. 6.Test mashg’uloti: 1.Xabar mazmunini bildirgan gap qaysi? a)Biram mazali non ekan! b)kelajakda kim bo’lmoqchisiz? d)tandirda non yopiladi. Testning javobini bolalar kartochkalar orqali ko’rsatadilar. 7.Darsni mustahkamlash. Gaplar turli mazmun-maqsadda qo’llanadi. Ular xabar, darak, so’rash, his-hayajonni ifodalaydi. 8.Uyga vazifa: 73-mashq. Matnda nechta gap borligi, gaplarning turi, ular qanday mazmun anglatishi ko’rib chiqiladi. Mashqning ikkinchi shartini bolalar uyda bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |