2- SINF
TEST I -II CHORAK
1.Berilgan matnda nechta gap bor?
Ajoyib qish fasli keldi. Havo toza. Osmon tiniq.
A) 4 B) 3 D) 2
2. Gap nimalardan tuziladi?
A) so’zlardan B) bo’g’inlardan D) harflardan
3. Gapning birinchi so’zi qanday harf bilan yoziladi?
A) bosh B) kichik D) unli
4. Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) nuqta (.) B) so’roq (?) D) undov (!) E) hammasi to’g’ri
5. So’z nimalardan tuziladi?
A ) harflardan B) bo’g’inlardan D) gaplardan
6. Berilgan gap necha so’zdan iborat?
Mehnatsevar insonni hamma hurmat qiladi.
A) 4 B) 6 D) 5
7.Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?
A) tovushlar B) harflar
8. Qanday tovush bo’g’in hosil qiladi?
A) unli B) undosh
9. O’zbek tilida nechta unli tovush bor?
A) 23 ta B) 29 ta D) 6 ta E) 24 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |