25. Bo’g’inlarga to’g’ri bo’lingan so’zlar qatorini belgilang:
a) dar-axt, pax-tazor
b) dar-slik, vo-qea
d) o-i-la, A-za-mat
26. Bo’g’in ko’chirish qaysi qatorda to’g’ri bajarilgan.
a) u-zum, mual-lim
b) san’-at, o’qu-vchi
d) qush-lar, La-ziz
27. Qaysi qatorda so’z oxirida kelgan jarangli undoshlar to’g’ri yozilgan?
a) tartib, piyoz
b) omat, Xurshid
d) odop, tuz.
28. Qaysi qatordagi so’zlarda bo’g’in ko’chirish qoidasiga rioya qilingan?
a) nov-vot, izz-at
b) Abdu-lla, so-dda
d) kak-ku, chaq-qon
29.Nuqtalar o’rniga d harfi qo’yiladigan so’zlar qatorini toping:
a) poytax.., farzan…,
b) balan…, xursan…,
d) Toshken…, payvan…,
30. Jarangli undoshlar qatorini belgilang:
a) b,d,g,x,v,z,g’,j.
b) p, t, k, f, s, g’, x, ch.
d) b, d, g, v, z, g’, j.
31. Bo’g’inga bo’linmaydigan so’zlar qatorini belgilang:
a) sinf, ona, do’st.
b) go’sht, gul, chang.
d) sen, in, uka.
32. So’z nimalardan tuziladi?
a) gaplardan
b) bo’g’inlardan
d) harflardan
33. So’zda nechta bo’g’in bo’ladi?
a) nechta undosh harf bo’lsa shuncha
b) nechta undosh tovush bo’lsa shuncha
d) nechta unli tovush bo’lsa shuncha.
34. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlar qatorini tanlang.
a) albatta, tanaffus, tishla.
b) varrak, hissa, rasm.
d) rassom, jarroh, xokkey
35. So’zlar yozilgan qatorni belgilang
a) qish, dost b) gullar ochildi d) onam do’ppi tikdi
36.Gap deb nimaga aytiladi?
a) narsa va shaxslar nomiga
b) tugallangan mazmunga ega bo’lgan
d) mazmunan o’zaro bog’langan so’zlarga
37.Gap yozilgan qatorni toping:
a) vatan, sumalak,bobolarimiz
b) Qor ko’p yog’di
d) keladi kirib Navro’z
38.Narsa nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
a) kim? Kimlar?
b) qanday? Qanaqa?
d) nima? Nimalar?
39. Faqat narsa nomini bildirgan so’zlar qatorini belgilang:
a) jarroh, muallim
b) daftar, kapalak
d) qalam, quruvchi
40. Shaxs nomini bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
a) nima, nimalar
b) kim?, kimlar?
d) nima qildi? Nima qilmoqchi?
41.Kishilarning ismi va familiyasi qanday harflar bilan yoziladi?
a) bosh harf b)kichik harf d) undosh harf
42. Hayvonlarga qo’yilgan nomlar qanday harflar bilan yoziladi?
a) unli harf b) bosh harf d) bosh harf
43. Faqat shaxs nomini bildirgan so’zlar qatorini belgilang:
a) tuya, duradgor
b) chumchuq , o’chirg’ich
d) Muzaffar, dehqon
44. Kimlar? Nimalar? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar qatorini belgilang:
a) tulkilar, gilchilar
b) paxtakor, kitob
d) ishchilar, bo’ri
45.Bosh harf bilan yoziladigan so’zlar qatorini belgilang:
A) Bolalar, Vohid
B) Sodiqov, Singil
d) Valiyev, Rajab
46. Shahar, qishloq,ko’cha va daryoga qo’yilgan nomlar qanday harf bilan yoziladi?
a) bosh b) kichik d) undosh
47. Alifbodagi 8-harfning nomini ayting
a) h b) i d)j
48. Tutuq belgili so’zlardan qaysi qatordagilar bo’ginlarga to’g’ri ajratilgan?
a) e’l-on, su-r’at
b) ma’-no, ta’-lim
d) sa’-va, ta’z-im
49. Nuqtalar o’rniga “x” harfi qo’yiladigan so’zlar qatorini belgilang:
a) … avo, pa… ta, …ikoya
b) …andalak, …urchand, Bu…oro
d) …alq, …at, dara…t
50. Alifbo tartibida yozilgan soz’lar qatorini belgilang:
a) arqon, behi, dala, oy
b) arqon, behi, oy, dala
d) behi, arqon, dala.
Do'stlaringiz bilan baham: |