Mavzu:
Maqsad: O’quvchilarda belgini bildirgan so’z, uning
so’roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot
berish. Udanlardan nutqda o’rinli haydalanish
malakalarini hosil qilish. Kitoblarga bo’lgan
ixloslarini oshirish. Chiroyli va to’g’ri yozuv
ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi: suhbat, aqliy hujum, klaster, o’yin
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, mevalar mulyaji,
Darsning borishi.
Darsni tashkil qilish.
O’quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini aniqlanib, “Ona” she’rini 3-4 o’quvchidan so’rab, daftarlariga yoddan yozdirish va belgini bildirgan so’zlarni topib, tagiga chizdirish.
Ona
Ona-mehr timsoli,
Saxiy quyosh misoli
Barchaga mehrin sochar
Barchaga bag’rin sochar.
Ona-mehr timsoli,
Shirin so’zlariboli,
Farzandga shirin so’z der,
Farzandlar gamin yer.
Azliddin po’latov.
O’quvchilar daftarini tekshirib, baholash.
Umumiy o’quvchilar bilan aniqlab chiqish, ya`ni ularga quyidagilar kiradi: mehr, sahiy, mehr, shirin, boli, shirin.
Takrorolash. belgini bildirgan so’zlarni topib, tagiga chizdirish bo’yicha bilimlarini qisman takrorlab o’tish.
Oq, nur, beshta,yashil, ishchi, chiroyli,so`zladi, to`qson, gulzor, ishchan, o`n, ikki, dehqon, quvnoq,ochildi, o`n beshinchi, bajardi, olxo`ri, silliq, yaylov, yuguryapti, katta, bog`layapti, yettinchi, tayyorlaydi, gazlama, so`zlaydi, yuzta.
O’yin – musobaqa (qisqa muddatli) o’tkazish.
XATO QAYERDA?
Bu sabzi u siz palov bo’lmaydi.
Bu pomidor, u sho’r ta’mga ega.
Tarvuzning ichi oppoq bo’ladi.
Piyoz juda shirin, shuning uchun hamma ovqatga solamiz.
Karam qip-qizil bo’lsa pishgan bo’ladi.
To’g’ri va birinchi bajargan guruhni rag’batlantirish.
Yangi mavzu bilan tanishtirish
Xattaxtaga maqollar yozilgan. Ular o’quvchilarga o’qitilib, mazmuni yoritiladi:
Bilim – baxt keltirar.
Bilimsiz kishiga ish yo’q, ishsiz kishiga osh yo’q.
Mazmunini tahlil qilishda maqollardagi shaxsdan belgilarini bildirgan so’zlarga alohida e’tibor beriladi.
Bilimsiz, ishsiz so’zlariga savollar berdirilib, bu so’zlar nimani bildirayotgani o’quvchilardan so’ralib, mavzu e’lon qilinadi va qoidasi ayttiriladi.
Ishli, hunarli bo’lish uchun nima qilish kerak?
To’g’ri, bilimni qayerdan egallaysiz (o’z-asiz)?
“Kitob” so’zidan yozilishi, unga so’roq berilib, qaysi so’z turkumiga oidligi aniqlanadi va undan sifat yasatiladi, kitob haqida she’r yoki topishmoqlar ham aytiriladi.
238-mashq mazmunga mos so’zlarni qo’yib hayvonlarnitasvirlang va yozing.
(Qanday?) kichkina, chaqqon, malla.
“olmahon”
(qanday?) bo’ri, tulki, quyon ….
239-mashq.
Ikki narsani qiyoslang. Mazmuniga mos so’zzlarni qo’yib gap tuzing.
Rangiga ko’ra:ko’mir va bo’r
Mazasiga ko’ra:garmdori va qand
Shakliga ko’ra: qarg’a va chumchuq.
Mustahkamlash.
Klaster usulida kitobga ta’rif beriladi.
kitob
Har bir tarifining tarbiyaviy ahamiyati ham ochib boriladi va belgiini bildirgan so’zlar aniqlatiladi.
Mevalar mulyaji bilan ishlash.
Turli mevalarning (olma, nok, shaftoli…) belgilari savollar berib aniqlanadi.
Qizil olma, suvli nok, tukli shaftoli, danaksiz mandarin
Husnixat mashqi o’tkazish.
Xattaxtadagi maqollar daftarlariga chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilgan holda yozdiriladi. Matndan sifat va unga bog’langan ot bilan birga yozdirish:
Ochiq havo, go’zal tabiat, oq, sariq, qizil gullar mayin shamol, xushbo’y hid, yoqimli ovoz, ko’rkam fasl
Darsni yakunlash, faol o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: 240-mashq, qarama-qarshima`nobildirgan so’zlardan foydalanib uchta ga tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |