Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo`yiladi:
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko`ngliga vahs sig`mas edi.(P.Q.)
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog`ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go`zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to`ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.
Tirening ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda tire qo`yiladi:
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo`lganda: Ko`z qo`rqoq – qo`l botir (Maqol.)
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gaplarning tarkibidagi birinchi sodda gapning mazmuni ikkinchi sodda gapning mazmuniga o`xshatilsa: vaqting ketdi – vaxting ketdi. (Maqol.)
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi birinchi sodda gap ikkinchi sodda gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini yoki shartini bildirsa: Yurt tinch - sen tinch. (Maqol.)
ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Ergash gaplarning bosh gapga bog`lanish yo`llari va tinish belgilari bilan ajratilishini uch qismga bo`lish mumkin:
1.Ergash gaplarning tobe bog`lovchilari orqali bosh gapga bog`lanishi va vergul bilan ajratilishi. 1.1Agar ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go`yo bog`lovchilari orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchilardan oldin qo`yiladi:
Har kun ortar ko`zlarimda nur,
Shuning uchun yo`q aslo g`amim (H.O)
2.Ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchidan so`ng qo`yiladi: Bu xonaga shunday jimlik cho`kkanki, go`yo unda hayot butunlay yo`q.
3.Ergash gap bosh gapga bog`lovchi sifatida qo`llangan deb orqali bog`lansa , Vergulshu so`zdan keyin qo`yiladi: Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to`xtatdi.
II. Agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan keyin qo`yiladi: Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. Daryo qancha chuqur bo`lsa, u shuncha sekin oqadi.
III.Ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanishi mumkin, bunda sifatdosh uchun,sari, sayin, chog`, payt kabi so`zlar bilan birikadi. Bu holda Vergulergash gapning sifatdosh bilan ifodalangan kesimiga qo`shilib kelayotgan ana shu vositalardan so`ng qo`yiladi: Hammamiz dalaga yo`l olgan chog`da, katta to`y tusini oladi qishloq.
Ba’zan sifatdosh o`rin-payt yoki chiqish kelishigi qo`shimchalarini ham olib keladi. Bunda vergul kelishik qo`shimchasini olgan sifatdoshdan keyin qo`yiladi: Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so`zlay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |