Mavzu: futbolda darvozabonning texnik



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Markaziy himoyachilar 
Mudofaaning markaziy qismida o‘ynaydigan futbolchilar haqli ravishda asosiy o‘yinchilar 
hisoblanadi. Chunki ular darvoza zabt etiladigan eng xavfli joyda raqib bilan kurash olib boradilar. 
Qanot himoyachilarining jismoniy va texnik fazilatlariga qo‘shimcha tarzda markaziy himoyachilar 
havoda kurasha olish uchun baland bo‘yli va juda sakrovchan ham bo‘lishlari kerak. Oldingi 
markaziy himoyachi o‘ziga topshiriltan vazifa bilan zonada harakat qilishni mohirlik bilan qo‘shib 
olib borishi kerak. Uziga trpshirilgan o‘yinchini nazorat qilib borish uning uchun birinchi galdagi 
vazifa bo‘lib, zonada harakat qilish ikkinchi navbatdagi vazifadir. 
Oldingi markaziy himoyachi mudofaada markaziy hujumchining harakatlarini e’tibor 
bilan kuzatadi, zarur bo‘lganda esa ortki himoyachi bilan o‘rin almashib, mudofaadagi sheriklarini 
straxovka qiladi. Hujumda u to‘p olgandan keyin hujum harakatlariga qo‘shilib tezlik bilan olg‘a 
boradi yoki sheriklariga to‘p
 
oshirib beradi. Ayrim paytlarda ikkinchi eshelondagi hujumni 
qo‘llanadi va iloji bo‘lsa darvozaga to‘p tepadi. 
Ortki markaziy himoyachi taktik sharoitni nozik did bilan tushunishi, raqiblarning taktik 
yo‘llarini «o‘qiy» olishi hamda to‘pni egallab olish va sheriklarini straxovka qilish uchun 
mudofaada to‘g‘ri joy tanlashi kerak. Uning asosiy ishi — mudofaa qiluvchilarning hamma 
harakatlarini muvofiqlash, zonada o‘ynash, darvozabon va sheriklar bilan hamkorlik qilish. Sun’iy 
«o‘yindan tashqari holat» ni to‘g‘ri uyushtirishga hammadan ko‘p javob beradigan ham shu 
o‘yinchidir. Hujumga o‘tayotganda ortki markaziy himoyachi darvozabon yoki sheriklaridan to‘p 
olish uchun ochiq joyga chiqadi, keyin esa aniq va xilma-xil uzatishlar qilib, atakaning davom 
ettirilishiga imkon yaratadi. Nisbatan erkinroq ekanidan keskin holatlar yaratish uchun maksimal 
foydalanishga intilib, gohida uning o‘zi ham hujumga qo‘shilishadi, ba’zan esa uzoq yoki o‘rtacha 
masofadan to‘p tepib, hujumni yakunlaydi. Hozirgi vaqtda himoyachilarning vazifalari 
universallashuv , tomon taraqqiy etib, ularning harakatlari yarim himoyachi va qanot 
hujumchilarining harakati bilan yaqinlashib bormoqda 

Futbolchilarda ko‘nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga 


esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o‘z navbatida, butun a’zo va 


41 
sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi—bu barcha omil (vosita, metod, sharoit) 
lardan birgalikda izchil foydalanish bo‘lib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi 
tayyorgarligi ta’minlanadi.
Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg‘ulotga bo‘lish 
mumkin. 
T a ’ l i m deganda shug‘ullanuvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarning muayyan 
sistemasining boshlang‘ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni 
— o‘yinning texnik elementlarini, taktikadagi oddiy individual va gruppa harakatlarini egallab 
olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat. 
M a s h g ‘ u l o t — bu olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va 
takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashg‘ulotning asosiy mazmuni 
— texnik usullarni taktikadagi individual, gruppa va komanda harakatlarini takomillashtirishdan, 
jismoniy, axloqiy va irodaviy xislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg‘ulotsi _bu boshqarish 
metodi asosida sistemali tarzda sportchilar tayyorlashdir. 
 
Ta’lim va mashg‘ulotga maxsus tashkil qilingan ko‘p yillik yagona pedagogik jarayon deb 
qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajratib bo‘lmaydi, chunki ta’lim bera turib, 
mashg‘ulot qildiramiz va ayni chog‘da mashg‘ulot qildira turib ta’lim beramiz. 
Ta’lim va mashg‘ulotni tushuncha sifatida ajratish o‘quv mashg‘ulot ishining o‘ziga xos
vazifalari borligini ravshanroq 
anyaqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli boskichida ta’lim va 
mashg‘ulotning salmog‘i o‘zgarib turadi. 
Ta’lim va mashg‘ulot jarayoni tarbiyaviy xarakter kasb etishi darkor. Shunga kura o‘quv-
mashg‘ulot mashg‘ulotlariga katta talablar qo‘yilmoqda mashg‘ulotlar shunday tartibda 
uyushtirilishi kerakki, bu mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarni kommunistik dunyoqarash ruhida 
tarbiyalasin va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko‘nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg‘ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi eng avvalo murabbiyning 
shaxsiga bog‘liq, chunki u o‘quv-mashg‘ulot jarayonida markaziy figura hisoblanadi. Murabbiy 
maxsus bilimini muntazam ravishda takomillashtirib, o‘z g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib 
borishi, ilm-fan va amaliyotdagi yangi yutuqlardan xabardor bo‘lishi, ularni futbolchining ta’lim va 
mashg‘ulot jarayoniga joriy eta bilishi kerak. 
Futboldan tashkil qilingan mashg‘ulotlar xam jismoniy tarbiyasi sistemasi oldida turgan 
vazifalarni hal qilishga qaratilgandir. Mashg‘ulotning asosiy mazmuni kishini garmonik kamol 
toptirish, uning ijodiy mehnat qilish va Vatanni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan ma’naviy hamda 
jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak. 


42 
Biroq futbol praktikasida ba’zan yuksak natijalar ketidan quvib, ta’lim va mashg‘ulotning 
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganlik tomonini, ya’ni tarbiyaviy xarakter kasb etishi esdan chiqarib 
qo‘yiladi. Mashg‘ulotga bunday bir tomonlama yondashish, odatda noxush oqibatlarga olib keladi. 
Futbolchining nihoyatda sog‘lom, jismonan yaxshi rivojlanganligi yuksak axloqiy-irodaviy 
fazilatlari futbol mahoratini egallab olishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Futbolchilarning ta’lim va mashg‘ulot jarayonlarida quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 
a ) harakat malakalari va irodaviy sifatlarni takomillashtirish; 
b) sportchilar organizmining (nafas olish, yurak-qon tomiri va boshqa sistemalar) 
funkstional imkoniyatlarini kengaytirish; 
v) sportchi ishchanlik qobiliyatini saqlash va oshirish; 
g) sport sohasiga oid bilimni kengaytirish hamda gigiena va o‘z-o‘zini nazorat kilish 
malakalarini hosil qilish; 
d) mehnatsevarlik, intizomlilik, onglilik, aktivlik xislatlarini tarbiyalash. 
Mashg‘ulot jarayonida bu vazifalarni izchillik bilan hal qilish yuksak sport natijalariga 
erishish uchun inson organizmining g‘oyat katta imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish imkonini 
beradi.
Raqobatchi komandalar mahorati darajasining uzluksiz usib borishi futbolchilar 
tayyorlashga bo‘lgan talablarni yil sayin har tomonlama oshirib borish zaruratini tug‘diradi. 
Futbolchilar tayyorlashning bu xildagi oshib borayotgan talablariga ijobiy ta’siri mashg‘ulotning 
pedagogik prinstiplarini izchil amalga oshirish va birinchi navbatda, uning jarayonlarini ilmiy 
boshqa-rish qonuniyatlariga og‘ishmay amal qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. Jismoniy mashqlar, 
gigienik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi futbolchi ta’lim va mashg‘ulotsining vositalari 
hisoblanadi. 
(Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish asosan jismoniy 
mashqlarni sistematik ravishda bajarib turish bilan bog‘liqdir. Mashqlar xilma-xil bo‘lib, ular ta’lim 
va mashg‘ulot jarayonida kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi. 
Jismoniy mashqlar harakatni koordinastiya qilishni yaxshilash, kuchni, tezkorlikni, 
chidamlilik va epchilyaikni oshirishga yordam beradi. Bunda yurak qon-tomiri, nafas olish va 
organizmning boshqa sistemalari faoliyati takomillashadi, binobarin, sportchining ishchanlik 
qobiliyati oshadi, nagruzkadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi. Har bir mashq u yoki bu sifat 
va malakalarga oz yoki ko‘proq darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar 
ko‘proq ta’sir etishiga qarab tanlanadi. 
Futbolchilarning mashg‘ulotsida qo‘llaniladigan hamma mashqlarni shartli ravishda uch 
gruppaga bo‘lish mumkin: 1)
musobaqa mashqlari, 2) maxsus tayyorgarlik' mashqlari, 3) umumiy 
tayyorgarlik mashqlari. 


43 
Musobaqa mashqlari — bu yaxlit harakat faoliyatidan yoxud ularning majmuidan iborat. Bu 
harakat majmui esa futbolda o‘yin predmeta va batamom futbol musobaqasi qridalari asosida 
bajariladigan harakatlar yig‘indisidan iboratdir. Bu harakatlar asosiy jismoniy xususiyatlar vaziyat 
va harakat for-malari muttasil va kutilmaganda o‘zgarib turgan bir sharoitda kompleks namoyon 
bo‘lishi bilan xarakterlanadi va ular «syujetga» birlashgan turli harakat faoliyatlarining sharoitiga 
qarab ko‘chma va o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. . 


44 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish