Mavzu: futbolda darvozabonning texnik



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.




MAVZU: FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK 
TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja: 
Kirish.
 
І. Darvozabonning texnik tayyorgarligi.
ІІ. Darvozabonning taktik tayyorgarligi. 
ІІІ. Javob hujumi uyushtirish
IV. Sheriklar faoliyatini boshqarish 
V. Himoya taktikasi 
VI. Himoyadagi o‘yinchilar vazifasi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISh. 
Hozirgi kunda millionlar o‘yini nomini olib ulgurgan eng ommaviy sport turi futbol xaqida 
gap ketganda barchamiz rivojlanib borayotgan O‘zbekiston futboli tarixi, kelajagi xaqida 
qiziqishimiz aniq. Shu o‘rinda Vatanimizda yosh futbolchilarni xozirgi kundagi tayyorgarliklari 
xavas qilgudek darajaga etishida xozirgacha bosib o‘tilgan yo‘llar zaxmatlidir.Futbol - 
O‘zbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. O‘zbek futbolining tarixi chuqur va 
mustahkam ildizga ega bo‘lib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi. 1912-yildayoq, hozirga 
kelib «Millionlar o‘yini» deb atalayotgan mazkur o‘yin «kasalligi» bilan Farg‘ona va Qo‘qonning 
butun aholisi «og‘rigan» edi. O‘zbek futboli tarixidagi ilk jamoa ham aynan shu vohada paydo 
bo‘lgani ham fikrlar isbotidir. Shundan so‘ng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda 
O‘zbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo bo‘la boshladi. O‘tgan asrning 20-
yillari o‘rtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham o‘tkazila boshladi. 1928-yilda 
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi asos solindi. O‘sha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada 
o‘tgan spartakiada baxslarida o‘ziga hos natijalarni qayd etdi.1956-yilda esa, hozirga kelib, nafaqat 
O‘zbekistonning, balki butun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri «Paxtakor» futbol klubiga 
asos solindi. «Paxtakor» jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-o‘rinni 
egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yo‘l olishgan. 
O‘sha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi «Politotdel», Jizzaxning «Bo‘ston», 
Farg‘onaning «Neftchi», Namanganning «Navbahor», Samarqandning «Dinamo» klublari ham 
Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 
1991-yilda O‘zbekiston Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Futbol Federastiyasi (O‘FF) 
1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederastiyasi (OFK) hamda FIFAning to‘laqonli a’zosiga 
aylandi. Shu yo‘l bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga 
kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari musobaqalari o‘z 
navbatida Federastiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi 
murabbiylariga bo‘lgan munosabatlarini tiklash va qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratib berdi. 
Ana shu e’tibor va harakatlar bois, turli yillarda Farg‘onaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf 
jamoalari Osiyoning klublar o‘rtasidagi nufuzli Qit’a Kubogi o‘yinlarida muvafaqqiyatli ishtirok 
etdi. Yutuqlardan bir shingil sifatida, O‘zbekiston terma jamoasining 1994-yilda, Yaponiyaning 
Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lganini alohida tilga olish mumkin. 
Bu hozirga qadar, O‘zbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi. Shuningdek, 
2000-yilda Futzal, ya’ni kichik-futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati 
ikkinchi o‘rinni egalladi.
2002-yilga borib, 20-yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma 
jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Terma jamoalarning 



muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov hamda mamlakat 
hukumatining diqqat va e’tibori bilan bog‘lash mumkin. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida 
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni 
rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va o‘smirlar futboli, 
ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob 
beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va 
klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab bo‘ldi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish