Mavzu: fuqarolik huquqi (asosiy va fakultativ) manbalari reja



Download 31,13 Kb.
Sana03.12.2022
Hajmi31,13 Kb.
#877361
Bog'liq
FUQAROLIK HUQUQI MANBA TURLARI


MAVZU: FUQAROLIK HUQUQI (ASOSIY VA FAKULTATIV) MANBALARI

REJA:

  1. Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi

  2. Fuqarolik huquqi manbalari turlari

  3. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo’yicha amalda bo’lishi

Ma’lumki, har bir soha muayyan asoslarga, qoidalarga va negizlarga tayanadi. Har bir munosabatni tartibga solishda shu munosabatlar uchun umumiy asosga aylangan birlashtiruvchi tushuncha va holatlar belgilovchi rol o‘ynaydi. Tegishli ijtimoiy munosabatlami tartibga solishda eng muhim bo‘lgan va shu sohadagi deyarli, barcha muno- sabatlarga taalluqli bo‘lgan qoidalar fanda manbalar deb yuritiladi. Shu ma’noda, huquq manbalari deganda, umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. Bunda huquq turli vositalar va davlat tomonidan ishlab chiqilgan yoki qabul qilingan maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Ifoda etilish tushunchasini tahlil etganda huquqni jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy munosabatlarga qo‘llash nazarda tutiladi. Masalan, tovar ayirboshlash, o‘zganing mol- mulkidan vaqtincha foydalanish, turli xildagi xizmat ko‘rsatish va shunga o‘xshash munosabatlarga nisbatan huquqning ifoda etilishi davlat tomonidan qabul qilingan maxsus hujjatlar, ya’ni, vositalar orqali namoyon bo‘ladi.Ijtimoiy turmush va jamiyat hayotining ko‘plab sohalari maxsus manblarga ega bo‘lganidek, huquq ham o‘z manbalariga egadir. Huquq manbalari esa, o‘z navbatida, muayyan sohalaming manbalariga bo‘li- nadi va ularning majmuidan tashkil topadi. Ushbu majmuaning bir bo‘g‘ini sifatida fuqarolik huquqi sohasi ham o‘z manbalariga egadir.Professor I.B. Zokirovning fikricha, fuqarolik huquqining manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlami tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi . Bunda fuqarolik-huquqiy munosabatni tartibga soluvchi normativ hujjat faqat birgina huquq sohasi — fuqarolik hu- quqining manbasi bo‘lishi mumkin, degan tasawur vujudga kelmasligi kerak. Ayni bir vaqtning o‘zida fuqarolik huquqining manbasi hisoblangan normativ hujjat, xo‘jalik huquqining, qishloq xo‘jaligi huqu- qining, moliya huquqining, ma’muriy huquqning va boshqa huquq sohalarining manbasi bo’lishi mumkin. Umuman olganda, huquq nazariyasida huquq manbalariga nisbatan bir qancha shartlar qo‘yiladiki, bu shartlar va talablar manbaning aynan huquqqa tegishliligini va uning boshqa soha manbalaridan ajratib turilishiga yordam beradi. Bunday shartlar jumlasiga quyidagilar kiradi:


1. Huquq manbasi normativ xarakterga ega bo‘lishi kerak;
2. Huquq manbasi o‘zining nomlanishi va ta’sir kuchi doirasida tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan yoki chi- qarilgan bo‘lishi lozim;
3. Huquq manbalari har doim tegishli tartib va qoida asosida qabul qilinishi lozim;
4. Huquq manbasi tegishli ravishda ro‘yxatga olinishi va muayyan shartlar asosida elon qilinishi lozim.
Huquq manbayini tashkil etgan xalqning erki davlat erki bo’lib, malum shaklda qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ifodalanadi.Huquq manbalari to‘g‘risida so‘z yuritilganda, birinchi navbatda, qonun ustida to‘xtalish lozim. O‘zbekiston Respublikasida qonunlar Oliy Majlis — hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi tomonidan amalga oshiriladi, qabul qilinadigan bu qonunlar barcha uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlardir.Fuqarolik huquqining manbalari huquqning boshqa sohalari man- balaridan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar fuqarolik huquqi manbalari tartibga soladigan huquqiy munosa- batlarning mohiyatidan kelib chiqadi. Ma’lumki, fuqarolik-huquqiy munosabatlar odatdagi, kundalik, normal ijtimoiy munosabatlardir.Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning «odatdagi» munosabatligi shu bilan belgilanadiki, bu munosabatlar har doim sodir bo‘ladi va kishilarda bu munosabatlarning amalga oshirilishi odatdagi jarayon kabi tasawur hosil qiladi. Masalan, har kuni do‘kondan non sotib olinganda, deyarli, barcha fuqaro — xaridor nonni muayyan summa to‘lagan holda sotuvchi bilan kelishib sotib olishi mumkinligini biladi. Bu hol bir necha asrlardan beri odat tusiga aylangan. Mantiqan olib qaraganda, bunday munosabatlar juda ko‘plab topiladi va ularda odat an’analariga aylangan holatlar kuzatiladi. Aynan ana shu holatlar fuqarolik qonun hujjatlari tomonidan tartibga solinadi. Shu bilan birga, bu kishilar uchun yangilik bo‘lmagan va sodir bo’lishi g‘ayritabiiy tuyulmagan voqelikdir. Bu munosabatlarning shu zayilda amalga oshirilishi kishilarda ajablanish hissini vujudga keltirmasligi lozim. Odatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari har doim mavjud an’analardan kelib chiqib belgilanishi kerak. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning kundalik munosabatlar sifatida talqin etilishining asosiy sababi, ularning har kuni amalga oshirilishi bo‘lib hisoblanadi. Agar fuqarolik-huquqiy munosabatlarning «odatdaligi» bevosita munosabatlarni amalga oshirilishi tartibi va jarayoni bilan bog‘liq bo‘lsa, «kundalikligi» xususiyati bu munosabatlarning hayotiy zaruriyat va ehtiyojlar bilan bog‘liq ravishda har kuni sodir etilishi bilan bog’liq bo’lmadi. Bunday munosabatlar jumlasiga: chakana oldi-sotdi shartnomalari va haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin. Huquqiy munosabatlar orasida faqatgina fuqarolik-huquqiy munosabatlar «normal» munosabatlardir. Ya’ni fuqarolik-huquqiy munosabatlar bir-birga bo‘ysunish tamoyiliga asoslanmagan, erk-iroda va xohishga tayangan, majburlash va tazyiqdan xoli bo’lmagan holda vujudga keladigan munosabatlardir. Fuqarolik huquqining manbalari ham aynan o‘zi tartibga soladigan munosabatlarning shu xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, fuqarolik huquqiy munosabat deb shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan va fuqarolik huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlarga aytiladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ham bu munosabatlarni tartibga solishda vujudga kelayotgan munosabatning mazmuniga tayanadi. Fuqarolik huquqi manbalarining yana bir xususiyati, ularda imperativ me’yorlarga qaraganda dispozitiv me’yorlarning kengroq qo‘llanilishidir. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, huquqiy tartibga solish usuliga qarab, huquq normalarini imperativ va dispozitiv normalar guruhlariga bo‘lish mumkin. Imperativ normalar qat’iy amr xarakteriga ega xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Dispozitiv normalar, imperativ normalardan farqli o‘laroq, munosabat qatnashchilariga o‘z xatti-harakatlari variantlarini, subyektiv huquq va majburiyatlar hajmi to‘g‘risida kelishib olish imkonini o‘zida ifodalaydi. Dispozitiv normalar ko‘proq fuqarolik-huquqiy munosabatlarda uchraydi. Professor I.B. Zokirov esa, fuqarolik huquqida imperativ me’yorlarga qaraganda dispozitiv me’yorlarning kengroq qo‘llanilishi bu fuqarolik huquqining huquqiy munosabatlarni tartibga solish uslubi deb, to‘g‘ri fikr bildiradi. Bunda «qonun» so‘zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki huquqning boshqa normalarini o‘zining ta’siriy kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo‘linadi. Imperativ normalar deb, ma’lum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan, qat’iy xarakterda bo‘lgan, qat’iy buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib (FKning 23- moddasi, 3-bandi). «Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o ‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir», — deb aytilgan normani ko‘rsatish mumkin. Dispozitiv normalar deb taraflarning o‘z ixtiyorlari bilan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha tartibga solinishi mumkinligini ko‘rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiqtaqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko‘ra umumiy mulk ishtirokchilari o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini o ‘zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan. Darhaqiqat, fuqarolik huquqiy manbalarda dispozitiv me’yorlar ko‘p uchraydi. Bu me’yorlaming fuqarolik huquqida kengroq qo‘llanilishiga sabab fuqarolik huquqida ishtirokchilarga keng imtiyoz va erkinliklar berilganligidadir. Zero, FKning birinchi moddasida ta’kidlanganidek, fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘z-boshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi.Ushbu moddaning talablaridan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, fuqarolik huquqining manbalari yuqorida belgilangan talablarga amal qilgan holda qabul qilinishi lozim. Ya’ni har qanday fuqarolik qonun hujjatlari shu munosabat ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishi, mulkning daxlsizligi, shartnomalarning erkinligi va hokazolarga amal qilgan holda chiqarilishi kerak. Bu talablarga zid holda qabul qilingan qonun hujjati haqiqiy emas, deb topilishi va tegishli tartibda bekor qilinishi zarur. Umumiy qoidaga ko‘ra, dispozitiv me’yorlar shartnoma munosabatlarida keng qoMlaniladi. K. Sindorovning fikricha, dispozitiv normalar — shartnoma matnida ayrim masalalar bo‘yicha taraflar kelishuvga erishmaganligi oqibatida vujudga keladigan kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Dispozitiv normalar, odatda, «shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa» qo‘llaniladi. Jumladan, «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 25—32-moddalari dispozitiv normalar sanalib, ular shartnomada yoki maxsus qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsagina qo’llaniladi. Dispozitiv normalar tadbirkorlik shartnomaviy munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan shartnoma tuzish erkinligi tamoyilini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. K.Sindorovning fikriga qo‘shilgan holda dispozitiv normalar shartnoma taraflarining o‘z xohish-irodalarini qonun talablari asosida amalga oshirishlariga imkon berishini ta’kidlash zarur. Taraflar shu shartnomani tartibga soluvchi qonun hujjatida dispozitiv norma mavjudligi sababli, qonunga zid bo‘lmagan dispozitiv normada ifodalanmagan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan yo‘lni tanlashlari mumkin. Bunday tartib, birinchi navbatda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talab va taklifidan kelib chiqadi. Fuqarolik qonun hujjatlarida ko‘p qo’llaniladigan dispozitiv normalarning yana bir muhim xususiyati, bu normalarning «agar qonun yoki shartnomada o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa va majburiyat mohiyatidan o ‘zga ma’no anglashilmasa» — degan «pisanda» bilan boshlanishidir. Aynan normaning yuqoridagi holatni ifodalashidan bu normaning dispozitiv norma ekanligini anglab etish qiyin emas. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qo‘llaniladigan imperativ normalar, ko‘pchilik holatlarda, umummanfaatlarini himoya qilish va qonunga amal qilish, halollik, oqillik, insof va adolatni ta’minlash maqsadlariga xizmat qiladi. Bu borada K. Sindorovning fikri e’tiborlidir. Uning ta’kidlashicha, shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi imperativ normalar asosan davlat (jamiyat) manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilib, ba’zida shartnoma taraflaridan birining yoki har ikki tarafning manfaatlariga mos tushmasligi mumkin. Muhim va asosiy turdagi mahsulotlar bo‘yicha aholi va umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlash zaruriyatlarini hisobga olgan holda, qonun chiqaruvchi davlat kontrakti, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kontrak- tatsiya shartnomasi va boshqa ayrim shartnomalarda imperativ normalarni o‘rnatish tabiiy holdir. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar qonunchiligida shartnoma erkinligi tamoyiliga keng o‘rin berilishi bilan birga, shartnoma munosabatlarini tartibga soluvchi imperativ normalar ham amal qiladi. Jumladan, Yaponiyaning «Oziq-ovqatlar ustidan nazorat to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, muhim oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan davlat buyurtmasi saqlanib qolgan.Darhaqiqat, imperativ normalarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tadbiq etilishi ko‘pchilik hollarda davlat va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Fuqarolik qonunlarining amalda bo’lish vaqti deyilganda, mazkur qonuniy hujjatning kuchga kirishi paytidan toki huquqiy kuchini yo‘qotish paytiga qadar boMgan davr nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o‘zida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasman e’lon qilinganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini e ’lon qilish hamda amalga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jumladan, normativ xarakterga ega bo‘lgan qarorlarda ulaming amalga kirish vaqti ko‘rsatiladi, agar ko‘rsatilmasa qarorlar qabul qilinib, matbuotda e’lon qilingan paytidan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi 2-qismiga asosan qonunlarni va boshqa normativ hujjatlami qo‘llashning zarur sharti ulaming matbuotda e’lon qilinganligi hisoblanadi. E’lon qilinganlik deyilganda, qonun yoki normativ hujjat matni yoki asosiy mazmuni rasmiy manbalarda, matbuotda nashr etilganligi, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, radio, televideniya orqali ma’lum qilinganligi yoki xizmat tartibida ijrochilarga maxsus yetkazilganligi tushuniladi. Qonun hujjatining e’lon qilinganligi, undan hamma xabardor deb hisoblashga asos bo‘ladi va kelajakda «men bu qonundan bexabarman» — degan vaj keltirishi shaxsning qonunga rioya qilmasligiga bahona bo‘la olmaydi. Fuqarolik qonunlari, shu jumladan, Fuqarolik kodeksi ham, qoida bo‘yicha faqat kelajak uchungina amalda bo'lib, orqaga qaytish kuchiga ega emas, ya’ni ular yangi qonunning amalga kiritilish vaqtiga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga tadbiq etilmaydi (FKning 4-moddasi, 1-bandi).Qonunning orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi, ya’ni, mazkur qonun amalga kiritilgan kunga qadar vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga ham tadbiq etilishiga shu qonunning o‘zida yoki boshqa qonunlarda to'g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yi-ladi (FKning 4-moddasi, 2-bandi). Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandida keltirilishicha, kodeks 187-moddasining qoidalari mulkka egalik qilish 1997-yilning 1-martiga qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi (axborot uchun: 187-moddaga muvofiq mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkkabesh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oiadi). Fuqarolik qonunlari amalga kiritiiguniga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi, tuzilgan shartnoma bo‘yicha tomonlarning munosabatlari bundan mustasno.Fuqarolik huquqiy xarakterdagi normativ hujjatlar to bekor qilingunicha yoki yangi hujjatlar bilan almashtirilgunicha amalda bo‘ladi. Fuqarolik qonunlari muayyan hududga taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlari O‘zbekiston hududida amalda bo‘ladi. O‘zbekiston qonun hujjatlarida va boshqa normativ hujjatlarda muayyan qoidalaming ma’lum viloyat, shaharyoki tuman hududidagina tadbiq qilinishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin.Fuqarolik qonunlarining shaxslarga nisbatan tadbiq etilishi deyilganda, uning barcha shaxslar, jumladan, fuqarolar ( O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) va yuridik shaxslar (mahalliy, xorijiy, qo‘shma yuridik shaxslar)ga nisbatan bir xilda qo‘llanishi tushuniladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Fuqarolik qonun hujjatlari umumiy qoida bo’yicha barcha uchun umummajburiy hisoblanadi. Lekin muayyan sohani tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari faqat shu soha vakillariga taalluqli bo‘ladi. Masalan, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun aksiyadorlik jamiyati va uning aksiyadoriga, «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun noshirlar va ularning faoliyatini tartibga solinishiga qo‘llaniladi. Muayyan sohani tartibga soluvchi qonun hujjati shu soha vakillari bo‘lmagan shaxslarga tadbiq etilmaydi.
Download 31,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish