O’ziga maqul bo’lgan ish vaqtini tanlash. Qanday grafik bo’yicha ishlash, buni faqat o’zingiz hal qilasiz. Tushlik va tanaffus vaqti – bularni vaqtini ham o’zingiz belgilaysiz. Ish planini bajarilgan yoki bajarilmagani haqida hisobot topshirish ham talab etilmaydi. Bundan tashqari, ish vaqtini qaytadan bo’lib chiqish mumkin.
Masalan, kechasi bilan birorta kinoni ko’rib chiqdingiz, bildingizki umuman uxlamagansiz, ertasi kuni esa bir dunyo ishingiz bor. Endi aytingchi, ertasi kuni ishni har kunga vaqtda emas, to’yib uxlavolib boshlasangiz, kim sizni uxlab qolganingiz uchun koyishi mumkin? Hech kim, faqatgina o’zingizni vijdoningiz. Ta’tilga ham yilning hohlagan vaqtida chiqib ketish mumkin. Bunday tartibda ishlash uchun kundalik tutish qoidalari bilan mana bu maqola orqali tanishib qo’yganingiz yahshi yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |