Al_Bukhari University
Sharqshunoslik fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Fransuz Sharqshunos Maktabi
Bajardi: Abdumalikova Elnura
Tekshirdi:Tursinmamatovich Sanjar
Toshkent 2021-2022
Fransuz Sharqshunos Maktabi
Reja:
Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati
Fransuz Sharqshunos olimlar
Oʻzbekiston – Fransiya: madaniy-maʼrifiy hamkorlik yoʻlida
Sharqshunoslik - Sharq (Osiyo va Shim. Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. shahrining misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan shahrining yana yangi regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik shahridan ajralib chiqdi. shahrining kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar Sh. uchun qimmatli manbalardir.
Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqsa boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shim. Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish quchaydi. 12asr dan boshlab, Veniamin Tudelskiy (12-asr) va Marko Polo (13-asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford untlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi.
15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida, 17-asrda M. Petlin, rus elchilari F.I. Baykov va N.G.Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi.
17-asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. 17-asr oxirida Leyden, Parij, Oksford untlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning "Sharq kutubxonasi" nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi.
18-asrning 2-yarmidan shahrini ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi, dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni tarjima va tadqiq etish ilmiy shahrining shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy shahrining asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash, kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash, garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.
Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.
Qad. fors tilidan "Avesto" fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.
Rossiyada G.S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N.Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni M.V.Lomonosov taklif qilgan edi. 1807-yildan Qozon unti, 1819-yildan Peterburg untida sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818-yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.
19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. "Islom ensiklopediyasi" (4 tilda) nashr etildi. 1873-yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.
Rus sharqshunoslari shahrining yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I. Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya, Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid asarlar yaratdilar. B.A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir. Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari instituti, Odessadagi Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari "Aziatskiy vestnik" (1825—27), "Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva" (1887— 1921), "Mir islama" (1912—13) jur. larida chop etilgan.
20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sh. markazlarida ish olib bordilar. N.Ya. Marr, S.F. Oldenburg , F.I. Sherbatskoy, B.Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, V.V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930-yil Osiyo muzeyi va boshqalar Sh. tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va respublikalar FA lari tizimlarida Sh. muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA Tinch Okeani instituti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa respublikalar akademiyalari Sh. boʻlimlari) tuzildi.
Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-yillarida Moskva unti Tarix va filologiya ftida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi untlarida Sharq ftlari ochildi.
1957-yil Moskvada "Sharq adabiyoti" (1964-yildan "Nauka") nashriyoti tuzildi. "Sovetskoye vostokovedeniye" (1955; 1959—61 yillarda) "Problemn vostokovedeniya", 1961-yildan "Narodi Azii i Afriki" va "Sovremennga Vostok" (1957; 1961-yildan "Aziya — Afrika segodnya") jur.lariga asos solindi. 1957-yil Toshkentda Butunittifoq sharqshunoslarining 1-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. 50—60-yillarda koʻp jildli "Vsemirnaya istoriya" ("Jahon tarixi")ning Sharq tarixi boʻlimlari, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Sharqiy Osiyo, arab mamlakatlarining yangi va eng yangi tarixi, oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar, mustamlaka tizimining krizisi va inqirozi, muammolari hamda Sharqdagi mustaqil davlatlarning iqtisodiy rivojlanish muammolariga oid yirik, umumlashgan asarlar nashr etildi. Sharq mamlakatlari tarixi boʻyicha I.M. Reysner, B.N. Zaxoder, YEA. Belyayev, V.B. Lutskiy, A.L. Galperin, AA. Semenov, Yu.V. Gankovskiy, L.I. Duman, I.M. Dyakonov, I.P. Petrushevskiy, O. Bolshakov va boshqalar yirik asarlar yozganlar. Sharq adabiyotshunosligi rivojlandi. "Literatura Vostoka" ("Sharq adabiyoti") seriyasi vujudga keldi. "Istoriya mirovoy literaturm"ning Sharqqa oid qismlari yozildi; "Pamyatniki literaturm narodov Vostoka" (matn va tarjimalar) nashr etilmoqda.
20-asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katga muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors, somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharq davlatlarida boʻlgan tarixiy oʻzgarishlar chet el Sh. tadqiqotlarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Mustamlaka qilingan davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar Sharq davlatlaridagi gumanitar fanlarning rivojlanishiga, shahrida tadqiqotlar mavzuining dolzarblashuviga olib keddi. Sharq davlatlarida olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari shahrining rivojlanishiga ayniqsa muhim hissa qoʻshmoqda.
Qad. Sharq tillari — shumer, xett, urartu, ugarit, xatt, elam, toxar tillarida matnlarni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. Axomaniy matnlari, pahlaviy, sugʻd, xoʻtan, qumron, toxar tillarida yozilgan matnlar toʻplami chop etildi. Oʻrta asr tarixi, adabiyoti, fani va madaniyatiga oid yodgorliklarni toʻplash, oʻrganish va nashr etishda katta ishlar qilingan boʻlib, bu jarayonlarni yevropalik sharqshunos olimlar boshlab bergan edi. Yevropa Sh.iga xos boʻlgan mukammal va puxta ilmiy tekshirish anʼanalari hozirda ham davom etib kelmoqda. MXR va KXDR olimlari oʻrta asrning istoriografiyasiga oid eng muhim qoʻlyozmalarni, 50-yillarda XXR tarixchilari Xitoyning yangi va eng yangi tarixiga oid hujjatlar toʻplamini nashr etdilar. Yapon tarixchilari — S. Xattori, G. Xachi va boshqalar Yaponiya tarixini tadqiq qildilar.
Urushdan oddin va urushdan keyingi oʻn yilliklarda Sharqning jonli tillarini tadqiq etish quchaydi. Dialektologiya, tillarning tasnifi va rivojlanishiga oid asarlar yaratildi.
Oʻzbekistonda shahrining rivojlanishi, asosan, uch Sh. markazi — Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sh. institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i.t. ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar shahrining muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Oʻzbekiston shahrining shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov, S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov, S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh. Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov, M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda Sh. boʻyicha "Sharqshunoslik" almanaxi (1991-yildan), "Sharq mashʼali", "Mayak Vostoka" va "Imom Buxoriy saboklari" kabi jur. lar chop etilmoqda.
Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib oʻtdi.
Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv assotsiatsiyalari, universitet va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sh. boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi oʻzining davriy nashrlariga ega.
ERLANJE (d’Erlanje) Rudolf (1872, Bulon, Parij yaqinida — 1932.29.10, Tunis, SidiBuSaid) - fransuz olimi, Yevropada musiqiy sharqshunoslik fanining asoschilaridan. 1910-yil Tunisga kelib, arab tilini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻrta asr Sharq olimlari (Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin alUrmaviy va boshqalar)ning musiqa risolalarini fransuz tiliga tarjima qilgan, ulardagi tabulatura yozuvlarini yevropacha nota yozuviga koʻchirgan, 6 jildli "Arab musiqasi" (Parij, 1930—59) toʻplamida eʼlon etib, ilk bor Yevropada ilmiy muomalaga kiritgan. E. yana "Shimoliy Afrika xalq qoʻshiqlari" va "Tunis taronalari" toʻplamlarini tuzgan.
Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan, ilk Oʻrta asrlardan boshlab diniy va dunyoviy fanlarda olamshumul kashfiyotlar qilgan allomalarimizning hayot yoʻli va faoliyati Yevropa jamiyatlarida katta qiziqish uygʻotgan.
Yevropa cherkov inkvizitsiyasi va salb yurishlarining ogʻir oqibatlari tufayli ilm-fan taraqqiyotida orqada qolgan bir paytda musulmon olami mutafakkirlari insoniyat taraqqiyotiga bebaho hissa boʻlgan asarlar yaratganlar.
Sharq, jumladan, qadimgi Movarounnahrdagi taraqqiyot Fransiyaning oʻsha paytdagi hukmdorlari va tafakkur olami vakillarida katta qiziqish uygʻotgan. Milodiy XIII asrda qirol Lui IX fransiyalik ruhoniy Giyom de Rubrukni Osiyoga joʻnatadi. Ruhoniyning lotin tilida bitilgan yoʻl xotiralari fransiyaliklar va yevropaliklarning Markaziy Osiyo toʻgʻrisidagi tasavvurlarini sezilarli darajada boyitgan.
Yana bir ruhoniy Ioann sohibqiron Amir Temur va qirol Sharl VI oʻrtasidagi muloqotda vositachilik qilgan. Fransiyada saqlanayotgan Amir Temurning forsiyda bitilgan maktubida har ikkala mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq munosabatlarini oʻrnatish taklif qilingan edi.
Parij Milliy kutubxonasida Sharl VI ning Amir Temurga 1403-yilda yoʻllagan javob maktubining lotin tilidagi nusxasi saqlanadi. Maktubdan maʼlum boʻladiki, Fransiya fuqarolari Temur davlati sarhadlarida erkin harakatlanish huquqiga ega boʻlgan. Ikki hukmdor oʻrtasidagi yozishmalar tarixi birinchi marta XIX asr boshida mashhur fransuz sharqshunosi Silvestr de Sasi tomonidan oʻrganilgan.
Yevropa sharqshunoslik maktabiga XVI asrda aynan Fransiyada asos solingan. Fransiyalik olimlar Fargʻoniy, Buxoriy, Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniy, Ulugʻbek va Navoiyning asarlarini lotin va fransuz tiliga tarjima qilgan. Millatimiz faxri, buyuk muhaddis Imom Buxoriyning turli davrlarda koʻchirilgan va tarjima qilingan 92 asari hozir Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Parij kutubxonalarida boshqa allomalarimizning ham arab, fors, lotin va fransuz tillaridagi asarlari asrab-avaylab kelinmoqda va oʻrganilmoqda.
XVIII asrdan boshlab yurtimizning turli shaharlarida fransuz sayohatchilari, tadqiqotchilar, ziyolilar va sanʼat vakillari yashab kelganlar. Kelib chiqishi fransuz boʻlgan aka-uka Aleksis Benua (meʼmor) va Alber Benua (rassom) yaratgan binolar va asarlar Toshkentda hozirgacha saqlanib turibdi. Shuningdek, mashhur sharqshunos va tarjimon Mishel Salye va musiqashunos Stanislav Sovari Toshkentda yashab ijod qilgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshida Toshkentda yana bir mashhur fransuz Jozef-Antuan Kastanye yashagan. Kastanye fransuz tilidan dars bergan hamda Oʻrta Osiyo arxeologik xaritasini tuzishda ishtirok etgan.
Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va maʼrifatiga qiziqish, uni tadqiq qilish shoʻrolar davri va mustaqillik yillarida ham davom etgan. Turli davrlarda faoliyat yuritgan fransuz olimlari, sharqshunoslari, tadqiqotchilari va jurnalistlaridan Andre dyu Rye, Pyer Vatye, Antuan Gallan, Bartoleme dʼErbelo, Klod-Etyen Sovari, Antuan Silvestr de Sasi, Fransua Sharmua, Sharl Shefer, Pyer Obri, Mishel Valzan, Jan-Pol Ru, Bake Grammon, Lyusyen Keren, Katrin Pujol va boshqalar yurtimiz tarixi, madaniyati, musiqasi toʻgʻrisida ajoyib asarlar yozgan.
Oʻzbek-fransuz adabiy aloqalari ham koʻp yillik tarixga ega. 1932 yildayoq yozuvchi Fransua Dyushenning “Qamar” romani oʻzbek tiliga tarjima qilingandi. XX asr birinchi yarmida oʻzbek kitobxonlari Mopassan, Zolya, Molyer kabi Fransiya mumtoz adabiyoti vakillari ijodi bilan tanish boʻlgan. Keyinchalik A.Dyuma, Volter, Gyugo, Barbyus, Balzak asarlari oʻzbek tilida kitobxonlar qoʻliga yetib bordi.
Ushbu jarayon mustaqillik yillarida yangicha surʼatda rivojlanmoqda. Hozirgacha rus tili orqali amalga oshirib kelingan badiiy tarjima endi bevosita fransuz tilidan amalga oshirilmoqda. Jumladan, soʻnggi ikki yilda Sharl Perro ertaklari, adabiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari F.Moriak (“Ilonlar komida”), Le Klezio (“Mondo”), Modiano (“Toʻy sayohati”), A.Morua (hikoyalar) asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga havola etildi.
Oʻz navbatida, Choʻlponning “Kecha va kunduz”, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola”, Erkin Aʼzamning “Shovqin” asarlari fransuz tiliga oʻgirildi va farangiy zabon oʻquvchilarga taqdim qilindi.
Boshqa xorijiy tillar qatori fransuz tili ham aholi, ayniqsa, yoshlar tomonidan qiziqish bilan oʻrganilayotir. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida 200 dan ortiq pedagog fransuz tilidan dars bermoqda.
2016-yildan Toshkentda nohukumat taʼlim muassasasi – “Toshkent Fransuz Alyansi” faoliyat yurita boshladi. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida ushbu muassasa qoshidagi kurslarni 2 mingdan ortiq yurtdoshimiz tamomladi va xalqaro diplomga ega boʻldi. Mamlakatda turizm istiqbollari kengayishi bilan “Toshkent Fransuz Alyansi” faoliyati ham kengaya boshladi. Alyans tarjimon-gidlar malakasini oshirish yoʻnalishida ham faoliyat olib bormoqda.
Madaniy-maʼrifiy hamkorlik haqida gapirar ekanmiz, teatr, kino, ilmiy sohalarga ham toʻxtalmay iloj yoʻq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi Fransiyadagi Sharq mamlakatlari adabiyoti va tillari milliy maktabi, Milliy kutubxona, Luvr, Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi kabi obroʻli muassasalar bilan erishilgan kelishuvlarga muvofiq ular bilan hamkorlik qilmoqda. Ayni paytda Fransiyadagi ushbu muassasalarga amaliyotchi va tadqiqotlarni yuborishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasi va jahon tamadduni rivojida tutgan oʻrni nechogʻli yuksak boʻlsa, Fransiyaning ham Yevropa va dunyo madaniyati ravnaqidagi ahamiyati shunchalar beqiyos. Buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy asarlar Oʻrta asrlardan boshlab fransiyalik olimlar tomonidan oʻrganila boshlangan. Fargʻoniy, Buxoriy, Ibn Sino va Beruniy yaratgan asarlar aynan fransuz tarjimonlari tomonidan lotin tiliga tarjima qilingani ularning katta qismini yoʻq boʻlib ketishining oldini olgan. Ushbu maʼrifat va ilm javohirlari bugungi kunda ham dunyo kutubxonalarida saqlanib kelmoqda.
Har ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi bilan oʻzbek va fransuz xalqlari orasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yoʻnalishida yangi ufqlar ochilishi, madaniyat va maʼrifat sohasidagi hamkorlik ushbu jarayonda muhim oʻrin tutishi shubhasiz.
Parijda O‘zbekistonning tarixiy buyumlari ko‘rgazmasi ochiladi
Dunyoning eng mashhur muzeylaridan biri bo‘lmish, Fransiya poytaxti Parij shahridagi Luvr muzeyida 2021 yilda O‘zbekistonning tarixiy buyumlari haqidagi eng katta ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
Ushbu ko‘rgazmani tashkillashtirish ishi bilan bugun muzey xodimlari, O‘zbekiston madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi shug‘ullanmoqda.
Ko‘rgazmaga tayyorgarlik jarayonida Fransiyada ko‘rgazma ilmiy-tashkiliy qo‘mitasi, Luvr muzeyi xodimlari, o‘zbek san’atshunoslari, shuningdek Rossiyaning Ermitaj va Sharqshunoslik muzeyi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va unda ko‘rgazmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“Luvrda tashkil etilayotgan ushbu ko‘rgazma O‘zbekistonning tarixiy va madaniy ob’yektlarini dunyoga yanada yaqinroq tanitishda muhim rol o‘ynaydi", - deydi Rossiya Sharqshunoslik muzeyi xodimi Tigran Mkrtichev.
Ko‘rgazma ilmiy-tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi 2020 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Luvr muzeyi Parijning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblanadi. Unda san’at va madaniyatga oid 400 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.
Muzeyga har yili 10 million atrofida sayyoh tashrif buyuradi.
Luvr muzeyi bilan hamkorlik memorandumi o‘tgan yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi paytida imzolangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |