MAVZU: Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi;
REJA:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. XIX asrning oxirgi choragi –XX asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-siyosat vaziyat;
2. Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablari, bahona va boshlanishi.
3. Urushning borishi va harbiy harakatlarning jadallashuvi;
4. Fransiya-Prussiya urushining yakunlari, oqibatlari;
5. Fransiyada davlat to`ntarishi, uning oqibatlari va Frans-Pruss yarash sulhini imzolanishi;
6. 1871-yildagi Parij kommunasi; va uning tor-mor etilishi; Frankfurt sulx shartnomasi
7. Kommuna inqirozidan keyingi Fransiya-Prussiya munosabatlarini keskinlashuvi
III. Xulosa;
IV. Foydalanilgan adabiyot va manbalar ro‘yxati;
VI. Ilovalar;
Kirish
“Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining
barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi.”
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.”1 Masalan, Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz. Xo‘sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Axir, bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli yo‘q-ku! Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo’jizasi» yoki «koreys mo’jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Bunday xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakat va xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradi-ki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun Yurtboshimiz Islom Karimov 1998-yil 14-iyulda bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarix fanini, bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini izohlash yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb ta’kidladi.1 Ushbu vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh, qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran anglatishdan iboratdir.
Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.” O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqdi. Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda. Yangi tarixning ko‘rib chiqiladigan davri - 1871 yilgi Parij Kommunasidan to Oktabr davlat to'ntarishigacha bo‘lgan vaqtni o'z ichiga oladi. U oldingi davrning uzviy davomidir, chunki kapitalizmning rivojlanishi bu davrning asosiy mazmuni bo'lib qolaveradi. “Boyliklar va hokimiyat eng yirik burjuaziya — kapitalistik monopoliyalar qo‘lida to‘planishining tezlashuvi yangi tarixning qarab chiqilayotgan davrga xos eng muhim jihatidir. XIX asr oxiriga kelganda bunday monopoliyalar hukmron kuchga aylandi — kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga — imperializm bosqichiga qadam ko‘ydi. Bu hol jahon xalqlarini kapitalistik ekspluatatsiya qilishning kuchayishiga va kapitalizmning barcha ziddiyatlari chuqurlashuviga olib keldi. Ishchilar sinfi ancha o‘sdi va uning ijtimoiy-siyosiy roli kuchaydi. 1871-yilgi Parij Kommunasi mag‘lubiyatga uchradi, lekin burjuaziya hokimiyatini ishchilar sinfi hokimiyati bilan almashtirish mumkinligini isbot kilib berdi.”1 Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi” mavzusini tadqiq qilish orqali Fransiya-Prussiya urushi urushi davrida dunyodagi xalqaro vaziyat qay tarzda o‘zgardi, o‘zaro kuchlar nisbati nima sababdan o‘zgardi, nima sababdan Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) urushi kelib chiqdi, urushning boshlanishiga asosan qaysi davlatlar va shaxslar sababchi bo‘lganligini dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning dolzarbligini ochib berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |