O’zbekistonda tarix fanini o’qitishdagi ba’zi muammo-kamchiliklar



Download 19,69 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi19,69 Kb.
#797351
  1   2
Bog'liq
O’zbekistonda tarix fanini o’qitishdagi ba’zi muammo-kamchilikla


O’zbekistonda tarix fanini o’qitishdagi ba’zi muammo-kamchiliklar
Baltabayev Xurmat QDUning 1-kurs talabasi
Annotatsiya
Hozirgi kunda har bir fanda o’ziga yarasha ma’lum bir muammolar bo’lganidek, tarix fanida ham o’ziga xos muammolar uchraydi. Tarix fanini o’rganishda va uni yoshlarga o’rgatishda bir qator muammolar va kamchiliklar yuzaga kelgan. Aslida har bir fanning maqsadi hayotda mavjud muammolarni yechishdan iborat. Bo’lmasa fan vujudga kelmagan bo’lar edi. Ushbu maqolada tarix fanini o’qitishda yuzaga kelgan muammolar ma’lum darajada o’rganib chiqilib, tahlil qilingan. Tarix fanini o’quvchilarga mavjud konsepsiyalar asosida o’rgatishda quyidagi masalalarni ham e’tiborga olishni ta’kidlagan bo’lar edik.
Kalit so’zlar: tarixiy xotira, tarixiy tahlil, tarixiylik, antropogenez, diniy ta’limot, ilmiy qarash, evolyutsion nazariya, plyuralizm, sapiens, buyuk ipak yo’li,ijtimoiy hayot, siyosiy soha, eng yangi tarix.
Tarix ilmi qadimdan insonlar hayotida muhim o’rin tutib kelgan. Odamlar o’zlarining o’tmishini, qanday paydo bo’lishganligini, ajdodlari qanday sharoitda yashashganini bilishga intilishgan. Hozirgi kunda ham bu fanning ahamiyati yo’qolmagan. Kelajakda ham odamlar o’z o’tmishini, insoniyat tarixini bilishga intilishadi. Tarixni bilish kelajakni bilishga qaraganda ancha o’rganilishi osonroq, dalillash mumkinligi bilan o’z ahamiyatni saqlab qolgan.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ham o’z asarlarida, anjumanlardagi nutqlarida tarixni o’rganishga e’tiborni kuchaytirishni qayta-qayta ta’kidlagan:”Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”, “Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”, “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Inson uchun tarixdan judo bo’lish-hayotdan judo bo’lish demakdir”[1] .Bunga o’xshash fikrlarni hozirgi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham aytib o’tgan: “Hamma o’z tarixini ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”[2]. Hozirgi kunga kelib tarix fanini o’rganish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirildi. Mustaqillikka erishishimiz tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. “O’zbek olimarining kuch-g’ayratlari bilan,- deb yozadi I.A.Karimov, - tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni “oqlash” vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iboratdir”[3]. Tarix fanini o’rganishda, uni yoshlarga o’rgatishda haqqoniylik, tarixiylik, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish tamoyillariga rioya qilish lozim. Hozirgi paytda tarixiy voqealarga yondashishda bir qancha dolzarb muammo-kamchiliklar vujudga kelgan. Bular quyidagilardir:
Birinchi masala, ma’lumki tarix fani insoniyat tarixini o’rganadi. Insoniyat tarixini o’rganishda eng birinchi navbatda shunday savol vujudga keladi: Odamzod qanday paydo bo’lgan? Tarixga qiziqqan har bir inson o’ziga yoki boshqalarga shunday savolni berishi shubhasiz. Bu masalada hozirgacha aniq bir to’xtamga kelinmagan. Faqatgina diniy, ilmiy va boshqa bir kosmologik qarashlarni keltirib qo’yishgan xolos. Bu fikrlarni o’qib qanday xulosaga kelishni bilmay qolasiz.
Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar Yer sharida hayotning paydo bo’lishi, odamlarning vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta’limotlar, rivoyatlar mavjud. Xristian dini odamzod Xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan yaratildi, dastlabki odamlarni Adam va Yeva deb ta’riflaydi. Islom dini odamning Olloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo’lganligi haqida, ularning yaratilishini Ollohdan o’zga hech kim bilmaydi, bu yolg’iz ungagina ayon degan g’oyani ilgari suradi. Yunon olimi Arastu odamning paydo bo’lishini yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog’lab tushuntiradi, odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o’sib chiqdi, deb ta’kidlaydi. Jeyms Manboddo esa odam oliy turdagi maymunsimon odamdan vujudga kelgan, degan g’oyani ilgari suradi. Ingliz olimi Charlz Darvin odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar (driopiteklar) bo’lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo’lmasligini, odamlarning ajdodlari bo’lmish driopiteklar allaqachon o’lib ketganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, odam har doim, hamma vaqt ongli bo’lgan, odam Olloh tomonidan yaratilmagan, maymundan odam paydo bo’lishi mumkin emas, odam boshqa sayyoralardan kelgan degan rivoyatlar ham bor.
Maktabdagi darsliklarida insonning paydo bo’lishini Charlz Darvinning evolutsion nazariyasiga asoslanib yoshlarga o’rgatiladi (lekin bu shunchaki nazariya, to’liq isbotlanmagan). Yuqori sinfga o’tilgach esa dinshunoslik fanida insonni diniy qarash bo’yicha qanday paydo bo’lganligi aytiladi. Oliy o’quv yurtida yuqoridagi qarashlarni barchasini keltirib qo’yishgan. Insonning qanday kelib chiqqanligini yoki antropogenez hodisasini o’rganadigan boshqa fanlar ham bor. Misol uchun, antropologiya, arxeologiya, etnologiya, sotsiologiya, falsafa shular jumlasidandir. Lekin ularda ham turli xil taxminlar keltirib o’tiladi. Buning ustiga bu fanlar maktablarda o’tilmaydi. Faqatgina oliy o’quv yurtlarida o’rgatiladi. Oliy o’quv yurtiga esa hamma-ham kirmaydi. Shuning uchun maktab darsliklarida ham odamning qanday paydo bo’lganligini faqat bir nazariyaga tayanib emas, boshqa fikrlarni ham keltirib o’tish kerak. Lekin bunday ko’pfikrlilikning yana bir tomoni borki, plyuralizm natijasida odamlar o’zlariga ma’qul kelgan qarashlarni ma’qullab, shunga asoslanib xulosa chiqarishadi va yana xilma-xillik davom etib aniq xulosaga kelinmaydi. To’g’ri bunda diniy e’tiqod masalalari, shaxsiy nazariyalar huquqlarini inobatga olib shunday tahlillarni keltirib qo’yishgan. Lekin tarixni o’rganishning birinchi bosqichidayoq aniq xulosaga kelinmay turli nazariyalarni keltirib qo’yish fanga nisbatan ishonchsizlikni, mavhumlikni keltirib chiqaradi. Chunki birinchi savoldayoq aniq javob berilmaydi. Bu dolzarb muammoni yechish uchun bir to’xtamga kelish kerak.
Ikkinchi masala, odamzod qachon paydo bo’lgan degan savolga javob berib o’tilmaganligidir. Odamzod paydo bo’lgan davrini aniqlash maqsadida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlar natijasida ba’zi taxminiy xulosalarga kelingan. Yuval Nova Xarari o’zining “Sapiens” asarida “Odamlar – Homo urug’iga mansub jonzotlar, birinchi bo’lib taxminan 2,5 million yil avval Australopithecus – “Janubiy maymunlar” deb nomlangan dumsiz yirik maymunlar urug’idan Sharqiy Afrikada shakllangan. Taxminan 2 million yil oldin, ushbu qadimiy erkak va ayollarning ayrimlari o’z yerlarini tark etib Sharqiy Afrikaga, Yevropa va Osiyoning keng hududlari bo’ylab tarqaladi va o’sha yerlarda joylashib qolib ketadi”[4] deb yozadi. Bu albatta taxmin va Ch.Darvin nazariyasiga tayanish xolos. Agar shu nazariyaga tayanadigan bo’lsak, unda maymunsimonlar qachon paydo bo’lgan degan savol yuzaga keladi. Bu esa yana bir chigallikni keltirib chiqaradi. Biologiya fanida insonning paydo bo’lishini kaynozoy erasining to’rtinchi bosqichida deb belgilashadi. Tarix darsligida esa bunday fikrlar aytilmagan. Shuning uchun tarixni yoshlarga o’rgatishda shu fikrlarni ham keltirib o’tishni taklif qilgan bo’lardim. Chunki insoniyat paydo bo’lishi davrini o’rganish boshqa fanlarga nisbatan tarix fanining zimmasiga ko’proq yuklangan deb o’ylayman.
Uchinchi dolzarb muammo bu – tarixiy davrlar, tarixiy voqealarni yozishdagi qarama-qarshilikdir. Hozirda maktab darsliklarida va oliy o’quv yurtining o’quv qo’llanmalarida tarixiy davrlar va tarixiy voqealar bilan bog’liq chalkashliklar yuzaga kelgan. Masalan, tosh davri bosqichlari maktab darsliklari bilan oliygohlarning o’quv qo’llanmalarida yozilganidan farq qiladi. Yana bir misol qilib shuni keltirishimiz mumkinki, 5-sinf tarixdan hikoyalar darsligida Buyuk ipak yo’li Samarqand shahrida ikkiga ajralgan deyiladi. Oliy o’quv yurti qo’llanmasi bo’lmish “Vatan tarixi”da esa bu yo’l Dunxuan shahrida ikkiga, Balx shahrida uch tarmoqqa ajralganligi aytib o’tiladi. Aslida 5-sinf darsligida keltirilgan xaritada yo’lning Dunxuanda ikkiga, Qoshg’arda ham yana ikkiga ajralganligi ko’rsatilgan[5]. Bunday farqlarning kelib chiqishi yangi ma’lumotlarning topilishi, yangi tadqiqotlar natijasida sodir bo’lmoqda albatta. Lekin shular sababli tarix manbalarida farqlarning yuzaga kelishi o’quvchilarda turli xil gumonlarni, bundan tashqari chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun maktab darsliklari bilan oliy o’quv yurtlari qo’llanmalaridagi voqea hodisalarni bir tartibga keltirish lozim deb hisoblayman. Yangi ma’lumotlar paydo bo’lganda ikkalasiga ham bir vaqtda o’zgartirish kiritgan ma’qul.
To'rtinchi masala tarixni, tarixiy voqealarni yoritishda hukmdorlar hayotini, ularning bosqinchilik yurishlari haqida ma’lumotlar berishning juda kuchayib ketganligidir. Bularni o’qigan o’quvchi tarix faqat urush-janjallar, bosqinchilik yurishlaridan iborat ekan deb o’ylab qoladi. Hukmdorlar hayotiga ko’proq e’tibor qaratish natijasida esa oddiy xalq hayoti yoritilmay qoladi. Bunda ijtimoiy hayotga ham e’tiborni kuchaytirish, masalan, dehqonlar, chorvadorlar hayotini tasvirlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Tarixni o’qigan inson o’sha davrga tushib qolgandek his qilishi kerak o’zini. Bundan tashqari turli davrlarda yashagan mutafakkirlar, olimlar, shayxlar, avliyolar turmush tarzini yoritish ham ma’qul bo’ladi. Ularga atab hashamatli maqbaralar, ziyoratgohlar qurilganligi aytiladi, lekin nima sababdan ularga bunday e’tibor qaratilganligi, ularning alohida fazilatlari haqida aytib o’tilmaydi. Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiy ham tarixni bilishning ahamiyati katta ekanini ta’riflab, odamlarni tarixni o’rganishga da’vat etgan. Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimayi holini emas, balki mamlakat tarixini o’rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo’lishini, xalqqa farog’at va baxt keltirishini tarix ko’rsatib berishi lozim deb hisoblagan.
Beshinchi masala eng yangi tarixni, xususan, O’zbekistonning eng yangi tarixini yaratish bilan bog’liq muammolar. Mustaqillikdan keyingi davrdagi tarixiy voqealarni yoritishda asosan tarix fani siyosatga aylanib qolgandek ko’rinadi. Boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar, elchilik uchrashuvlar, umuman olganda, davlatning siyosiy hayoti boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalariga nisbatan ko’proq yoritib yuborilgandek tuyuladi. Albatta, O’zbekistonning eng yangi tarixini yaratish masalalari bo’yicha markaz tashkil qilingan. Ular ham bu davr tarixini yozishdan avval ancha o’ylashgan, muhokama qilishgan. Lekin oddiy o’quvchi darslikni o’qigan paytda eng yangi tarix davri boshqa davrlarga nisbatan o’zgacharoq bo’lib ajralib qolganligini, ya’ni siyosiy jihatning boshqalariga nisbatan ahamiyati oshirib yuborilganligini sezishi mumkin. 10-11-sinf tarix darsliklarini o’qigan kishi bunday alohidalikni sezishi mumkin. Ushbu darsliklarda kamchiliklarning yuzaga kelishi 2017-yildagi Prezident Farmoni bilan bog’liq. Unga ko’ra yurtimizdagi kollej-litseylar tugatilib, maktablar 11 yillik ta’lim tizimiga o’tiladi. Shu yili juda qisqa fursatda 10-sinflar uchun darsliklar yaratish vazifasi yuklanadi. Natijada yuqoridagi kamchiliklar ko’rinib qoladi. Keyingi yangi nashrlarda bu kamchiliklarga ham tuzatish kiritilishi lozim. Shuning uchun bu masalaga ham diqqat-e’tiborni qaratish lozim deb o’ylayman.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekistonda tarix fanini o’qitish tizimini takomillashtirish uchun yuqoridagi masalalarga ham e’tibor qaratib ularni hal qilish lozim. Albatta, bular tarix fanini o’qitishdagi ayrim kamchiliklar xolos. Lekin shunday bo’lsa ham bu muammoli holatlarga bee’tibor bo’lib, ko’z yumib ketish yaramaydi. Yoshlarga to’g’ri ta’lim berish har birimizning vazifamizdir.



Download 19,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish