T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning. Suvning tabiatda tarqalishi, ahamiyati, ishlatilishini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II.Yangi darsni rejasi.
1.Suvning tabiatda tarqalishi. 2.Suvning ishlatilishi. 3.Suvning ahamiyati.
III.Yangi darsning bayoni.
Yer shari yuzasining 3/4 qismi okean, dengiz, ko‘1, daryolar shaklida suv bilan qoplangan. Suv gazsimon bug‘ shaklida atmosferada ko‘p tarqalgan, tog‘larning cho‘qqisida va qutblarda qor, muz shaklida joylashgan. Yer qa’rida tuproq va tog‘ jinslarini namlab turuvchi yerosti suvlari mavjud.Dunyo okeani hajmi l,35∙106 km3 ni tashkil etadi. Yerdagi 97,2% suv Dunyo okeani hissasiga to‘g‘ri keladi. Qutb muzliklari, cho‘qqilardagi muzlar 2,1% ni, yerosti grunt suvlari va ko‘1, daryolardagi chuchuk suv 0,6% ni, quduq suvlari va sho‘r suvlar 0,1% ni tashkil etadi.Suv o‘simliklar, hayvonlar va insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega. Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra hayotning o‘zi kelib chiqib rivojlanishi ham dengiz bilan bog‘liq; har qanday organizmda suv hayotiy faoliyatni ta’minlovchi kimyoviy jarayonlar yuz beradigan muhit bo‘lib hisoblanadi, undan tashqari, suvning o‘zi ham qator biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.Suvning anomal fizik xossalari ham hayotiy jarayonlarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar suyuqlikdan qattiq holatga o‘tishda suvning zichligi boshqa moddalarniki kabi o‘zgarganda edi, qish kelishi bilan suv yuzasi 0°C da muzlab, tagiga cho‘kar va o‘rnini issiqroq qatlamga berar, u ham muzlab, cho‘kar va natijada hamma suv muzga aylanib, hayotning ko‘plab shakllari qirilib ketar edi. Lekin, suv +4°C da eng yuqori zichligiga ega bo‘lishi bu kabi hodisani yuz berishiga yo‘l qo‘ymaydi, kam zichlikka ega bo‘lgan muz suv yuzasida qoladi va pastki iliq qatlamlarni muzlashdan saqlab turadi, hayot shakllarini sovuqdan himoya qiladi.Suvning yuqori issiqlik sig‘imiga egaligi ham Yerdagi hayot uchun foydali. Uning bir gramm miqdorini isitish uchun boshqa har qanday moddaning bir gramm miqdorini isitishga sarflanadigan energiyadan ortiqroq energiya sarflash kerak, ya’ni ma’lum miqdor issiqlik qabul qilgan suv boshqa suyuqliklarga qaraganda kamroq haroratda isiydi va Yer Quyoshdan oladigan energiyaning 1/3 qismi dunyo okeani va boshqa suv havzalaridagi suvni bug‘latishga sarflanadi.Bu esa Yer shari yuzasida normal hayotiy faoliyatni ta’minlovchi o‘ziga xos termoregulyator rolini bajaradi.Yer sharidagi mavjud suv resurslari sho‘r va chuchuk suvga bo‘linib, ularning ikkisi ham sanoat uchun muhim ahamiyatga ega.Sanoat asosan chuchuk suv bilan ishlashga moslashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili kishi boshiga o‘rtacha 8000 l suv ishlatiladi; bu qatorga ho‘jalik ehtiyojlari ham, qishloq ho‘jaligi va sanoat ehtiyojlari ham kiradi. Chuchuk suvning 10% miqdori uy ehtiyojlari uchun qolgani qishloq ho‘jaligi va sanoat uchun sarflanadi. 1 kg qand olish uchun 400 l, 1 kg bug‘doy olish uchun 1500 l, 1 kg sintetik rezina olish uchun 2500 l atrofida suv sarflanadi.Suv ko‘plab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda sovutgich, erituvchi muhit, tozalov vositasi kabi vazifalarni bajaradi.Suvning qishloq ho‘jaligidagi roli hammamizga ma’lum: o‘simliklarni sug‘orish, hayvonlarni sug‘orishda faqat chuchuk suvdan foydalaniladi.Suvdan sanoatda keng ko‘lamda foydalanish oqava suvlar tozaligini va atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlash muammosini keltirib chiqarmoqda. Bu masala muammoga kompleks yondoshilgandagina ijobiy hal etilishi mumkin. Suv — bebaho boylik ekanligini unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |