T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning. Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi, fizik va kimyoviy xossalarini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I. Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II. Yangi darsni rejasi.
1. Suv murakkab modda, uning tarkibi, molyar massasi.
2. Suvning fizik xossasi. 3.Suvning kimyoviy xossalari
III. Yangi darsning bayoni.
Suv — Yer sharida eng ko‘p tarqalgan muhim kimyoviy birikmalardan biridir.Suv vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan murakkab modda bo‘lib, tarkibida ikki atom vodorod va bir atom kislorod tutadi.Suvning molekulyar formulasi H2O shaklida ifodalanadi. Suvda vodorod atomlari kislorod atomi bilan 104,3° burchak hosil qilib birikkan. Suv molekulalari tabiatda assotsiyatsiyalangan holda mavjud bo‘ladi va (H2O)n tarzida ifodalanadi. Suvning nisbiy molekulyar massasi uni tashkil qilgan vodorod va kislorod atomlarining nisbiy atom massalari yig‘indisidaniborat: Mr (H2O) =2·1+1·16=18.
Mr(H2O) = 2·1 + 1·16= 18 Toza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvga unda erigan qo‘shimchalar beradi. Suvning ko‘p fizik xossalari va o‘zgarish xarakteri o‘ziga xos bo‘lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo‘lgan holatdan chetlanish) bo‘lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o‘tganda boshqa moddalarniki kabi kamaymasdan, balki ortadi. Suvni 0°C dan +4°C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4°C da suv o‘zining maksimal zichligiga ega bo‘ladi va bu 1 kg m3 ni yoki 1 g ml ni tashkil etadi.Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig‘imiga (4,18 J/Kg) egaligi (solishtirish uchun qum-0,79; ohaktosh-0,88; osh tuzi-0,88; glitserin-2,43; etil spirti-2,85). Shuning uchun suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o‘tishda sekin sovushi; kunduzi yoki qishdan yozgi mavsumga o‘tishda sekin isishi kuzatiladi.Suv 0°C da muzlaydi (shu haroratda muz eriy boshlaydi), 100°C da qaynaydi va bug‘ holatiga o‘tadi.Suv ajoyib universal erituvchi modda bo‘lib, o‘zida juda ko‘plab anorganik va organik moddalarni eritish xususiyatiga ega. Kimyoviy xossalari. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000°C dan yuqori haroratda suv bug‘lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi: Qizdirilganda moddaning parchalanish jarayoni termik dissotsiatsiya deb ataladi.Faol metallar suv bilan ta’sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi. 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ↑ 2K + 2H2O = 2KOH + H2 ↑ Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ko‘p metallar va metallmaslar oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo‘ladi: CaO + H2O = Ca(OH)2; SO3 + H2O = H2SO4;
Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:
CuSO4 + 5H2O = CuSO4·5H2O. CuSO4 + 5H2O = CuSO4·5H2O.
Qizdirilgan temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi:
3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑. 3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑.
Do'stlaringiz bilan baham: |