Mos kislota nomi
|
Kislota
formulasi
|
Kislota qoldig‘i
formulasi
|
Kislota qoldig‘i nomi
|
Yodid
|
HJ
|
-J
|
Yodid
|
Sianid
|
HCN
|
-CN
|
Sianid
|
Sulfit
|
H2SO3
|
=SO3
|
Sulfit
|
Nitrat
|
HNO3
|
-NO3
|
Nitrat
|
Ortofosfat
|
H3PO4
|
-PO4
|
Ortofbsfat
|
Permanganat
|
HMnO4
|
-MnO4
|
Permanganat
|
Sulfat
|
H2SO4
|
=SO4
|
Sulfat
|
Manganat
|
H2MnO4
|
=MnO4
|
Manganat
|
Arsenat
|
H3AsO4
|
=AsO4
|
Arsenat
|
Perxlorat
|
HCIO4
|
-C1O4
|
Perxlorat
|
xlorat
|
HCIO3
|
-CIO3
|
xlorat
|
|
|
|
|
III. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Sirka, benzoat, oksalat, stearin, olein, adipin, kahrabo, akril, sulfat, xlorid, ortofosfat, nitrat, perxlorat, persulfat, pirofosfat, metafosfat, nitrit kislotalarning qaysilari ko’p negizli? 2. Oltinchi guruh elementining yuqori oksidlanish darajali kislotasi tarkibida kislota angidridining massa ulushi 87,6 % bo’lsa, kislotaning formulasini toping.
3. 0,1 kg natriy gidroksid va 0,1 kg sulfat kislota ta’sirlashgandan so‘ng eritma lakmusni qaysi rangga bo‘yaydi? 4. P2O5 ortofosfat, pirofosfat, metafosfat, fosfit kislotalarning qaysilariga to‘g‘ri keladi?
IV. Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 48§ 118-120 bet.
Tasdiqlayman: O’TIBDO’__________________________
Sana________________________Sinf
Mavzu: 50§ Kislotalarning olinishi va xossalari.
Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad: Kislotalarning olinishi va xossalari haqida bilim, ko`nikma va
malakalarini oshirishdan iborat.
F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning Kislotalarning olinishi va xossalarini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II. Yangi darsni rejasi.
1. Kislotalarning olinishi. 2.Kislotalarning fizikaviy xossalari: 3.Kislotalarning kimyoviy xossalari.
III. Yangi darsning bayoni.
Olinishi.Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO2 + H2O = H2SO3.
Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini
suvda eritib olish mumkin:H2 + Cl2 = 2HC1(suvdagi eritmasi xlorid kislota);
H2 + S = H2S (suvdagieritmasi sulfid kislota).
3. Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin:
2CH3COONa + H2SO4 = 2CH3COOH + Na2SO4; FeS + 2HC1 = FeCl2 + H2S↑;
NaCl + H2SO4(kons.) = NaHSO4 + HCl↑; Na2SiO3 + 2HC1 = H2SiO3↓+ 2NaCl.
Fizik xossalari. Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalari), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlarning (vodorod xlorid HCl, vodorod bromid HBr, vodorod sulfid H2S) suvda eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holdabo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.
|
Indikator nomi
|
Neytral eritmadagi rangi
|
Kislota eritmasidagi rangi
|
1
|
Lakmus
|
Binafsha
|
Qizil
|
2
|
Fenolftalein
|
Rangsiz
|
Rangsiz
|
3
|
Metil zarg‘ aldog‘ i
|
To‘q sariq
|
Qizil
|
1.. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi).
(H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O; HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O. H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O.
2. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi): 2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O. 2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.
3. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi. Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑ Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2↑
4.Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi. Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.
5.Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz hosil qiladi:
A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.
B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.
C)Faqat nordon tuz CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Sirka, benzoat, oksalat, stearin, olein, adipin, kahrabo, akril, sulfat, xlorid, ortofosfat, nitrat, perxlorat, persulfat, pirofosfat, metafosfat, nitrit kislotalarning qaysilari ko’p negizli? 2. Oltinchi guruh elementining yuqori oksidlanish darajali kislotastarkibida kislota angidridining massa ulushi 87,6 % bo’lsa, kislotaning formulasini toping.
VI. Uyga vazifa.50 § 121-124 bet.
Tasdiqlayman: O’TIBDO’__________________________
Sana________________________Sinf
Mavzu: 7-amaliy mashg’ulot. CuO va Fe2O3 bilan sulfat kislota orasidagi reaksiyalarni o’tkazish.
Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad: Sulfat kislota bilan mis ( II )-oksid, shuningdek, temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalari borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish. haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
F.K.3- Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |