T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning : Oksidlarning tarkibi, tuzulishi,nomlanishi. Oksidlarning toifalanishi haqidagi b.k.m larini yangi mavzu orqali mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini ‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: turli rasmlar va stendlar
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlar berish.
Dars usuli: an’anaviy.
I .Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II. Yangi darsni rejasi.
1. Oksidlarning tarkibi. 2. Oksidlarning tuzulishi,nomlanishi. 3. Oksidlarning toifalanishi
III. Yangi darsning bayoni.
Oksidlar deb biri kislorod bo‘lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.Oksidlar binar birikmalardir.
Oksidlarning umumiy formulasi: E2On (E — element, n — element valentligi. Oksidlarda kislorod atomi o‘zaro bog‘lanmaydi, balki boshqa element atomlari bilan bog‘langan holda bo‘ladi.Oksidlarning empirik (sodda) va grafik formulalari quyidagi tarzda ifodalanadi:
MgO
|
Al2O3
|
CO2
|
P2O5
|
Mg=O
|
|
O=C=O
|
|
Magniy
oksid
|
Alyuminiy
oksid
|
Uglerod (IV)-
oksid
|
Fosfor (V)-
oksid
|
Nomlanishi. Doimiy valentlikka ega element oksidining nomi «element nomi + oksid» shaklida yasaladi: magniy oksid, alyuminiy oksid. Agar element o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lib, bir necha xil oksidlar hosil qilsa, element nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda oksid so‘zi yoziladi «element nomi + (valentlik rim raqamida) + [-chiziqcha] + oksid»: uglerod (IV)-oksid, CO — uglerod (II)-oksid, fosfor (V)-oksid, P2O3 — fosfor (III)-oksid.Element nomiga kislorod sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham oksidlarni nomlash mumkin: CO2 — uglerod dioksid, SO2 — oltingugurt dioksid, SO3 — oltingugurt trioksid, RuO4 — ruteniy tetraoksid.Oksidlarni nomlashda tabiatda uchrashi yoki turmushda qo‘llanishi, tarixiy nomlaridan ham foydalaniladi: so‘ndirilmagan ohak — CaO; H2O — suv; SiO2 — qum, kvars; MgO — magneziya; Fe2O3 — temirtosh.Oksidlar kimyoviy xossalariga ko‘ra tuz hosil qiluvchi va tuz hosil qilmaydigan oksidlarga bo‘linadi.Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qiladigan oksidlar asosli (Na2O, CaO, FeO), kislotali (CO2, SO2, P2O5), amfoter (ZnO, Cr2O3, A12O3) oksidlarga toifalanadi. (Amfoterlik — ikki taraflama xossalarni namoyon qilish, kimyoda ham asoslilik ham kislotalilikni namoyon bo‘lishi). Kimyoviy reaksiyalarda tuz hosil qilmaydigan oksidlar befarq oksidlar deb ataladi (NO, SiO, PO, N2O va b.)Asosli oksidlar va kislotali oksidlar qarama-qarshi xossalarga ega, amfoter oksidlar esa sharoitdan kelib chiqib kislotali yoki asosli xossani namoyon qilishi mumkin. Quyidagi jadvalda asosli, kislotali, amfoter oksidlarning ba’zi xossalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |