T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning Vodorod oddiy modda.Vodorodning fizik, kimyoviy xossalari.
Vodorod sof ekologik yonilg, uning ishlatilishini tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I. Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II. Yangi darsni rejasi.
1. Vodorod oddiy modda. 2.Vodorodning fizik, kimyoviy xossalari.
3.Vodorod sof ekologik yonilg, uning ishlatilishi.
III. Yangi darsning bayoni.
Oddiy modda sifatida vodorod ikki atomdan tashkil topgan - H2. Uning nisbiy molekulyar massasi 2 ga teng bo‘lib, eng yengil, eng yaxshi issiqlik o‘tkazuvchi gaz deb hisoblanadi. Odatdagi sharoitda atmosfera havosida biroz miqdorda uchraydi. Vodorod metallarda erish xususiyatiga ega. Undan tashqari, eng yengil gaz sifatida eng katta diffuziya tezligiga ega bo‘lib, uning molekulalari boshqa gazlar molekulalariga nisbatan tegishli modda muhitida tez tarqaladi va turli to‘siqlardan oson o‘ta oladi. Yuqori bosim va haroratda uning bu qobiliyati juda ortib ketadi.Fizik xossalari. Vodorod — rangsiz, hidsiz, ta’msiz gaz. Suvda yomon eriydi: normal sharoitda 1 l suvda 21,5 ml eriydi. Ba’zi metallarda (nikel, palladiy, platina) yaxshi eriydi. Eng yengil gaz havodan 14,5 marotaba yengil. Qaynash harorati-252,6°C;-259,1 °C da tiniq kristallar hosil qiladi.Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda molekulyar vodorodning faolligi katta emas. Atomar vodorod esa juda faoldir.Vodorod deyarli barcha metallmaslar bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Metallmas faolligiga qarab reaksiya tez yoki sekin sodir bo‘ladi. 1. Ftor bilan xona haroratidayoq birikadi: H2 + F2 = 2HF + 539,2 kJ. 2. Xlor bilan yorug‘likda tez, qizdirilganda portlab reaksiyaga kirishadi (qorong‘ida va qizdirilmaganda sekinroq birikadi): H2 + C12 = 2HC1+184,4 kJ.3. Odatdagi haroratda kislorod bilan ta’sirlashmaydi. 2:1 hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi «qaldiroq gaz» deb ataladi va tashqi ta’sir natijasida portlab reaksiyaga kirishadi. Vodorod kislorodda yonadi: 2H2 + O2 = 2H2O. Bu reaksiyada 3000°C atrofida haroratga erishish mumkin.Ko‘p metallmaslar bilan yuqori harorat, bosim yoki katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishadi (masalan, S yoki N2 bilan).1. Yuqori haroratlarda vodorod metallarni ularning kislorodli birikmalari — oksidlaridan qaytaradi (siqib chiqaradi): CuO + H2 = Cu + H2O. 2. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar yuqori haroratda vodorod bilan tuzsimon birikmalar gidridlarni hosil qiladi: 2Na +H2 = 2NaH. 2Na + H2 =2 NaH. 2K + H2 = 2KH. Atom holatidagi vodorod oltingugurt, margimush, fosfor, kislorod bilan xona haroratida reaksiyaga kirisha oladi, metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi.Vodorod — bu kelajak yonilg‘isi; yonganda faqat suv hosil bo‘ladi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shuning uchun vodorod ekologik sof yonilg‘i sifatida istiqbolga ega.Quyosh qa’rida sodir bo‘ladigan termoyadro reaksiyasi ham — vodorodning geliyga aylanishi ko‘p tabiiy jarayonlar uchun tuganmas yagona energiya manbayi bo‘lib, shu jarayonni sun’iy tarzda olib borishni boshqarish muammosi hal etilsa, insoniyat bitmas-tuganmas energiya manbayiga ega bo‘ladi.Kimyo sanoatida vodorod eng ko‘p miqdorda ammiak ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Bu ammiakning asosiy qismi o‘g‘itlar va nitrat kislotasi ishlab chiqarishga beriladi. Undan tashqari, vodorod metil spirti va vodorod xlorid (xlorid kislota) ishlab chiqarishga, yog‘-moylar, ko‘mir va neft mahsulotlarini gidrogenlash (vodorod bilan to‘yintirish) uchun sarflanadi. Yog‘-moylar gidrogenlansa margarin, ko‘mir va neft mahsulotlari gidrogenlansa yengil yonilg‘i hosil bo‘ladi.Vodorod-kislorod alangasi harorati ( 3000°C) qiyin suyuqlanadigan metallar hamda kvarsni kesish va payvandlash imkonini beradi. Metallurgiyada vodorod metallar oksidlaridan va galogenidlaridan tozaligi yuqori bo‘lgan metallar olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |