T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning darslarda olgan bilimlarini ushbu test orqali mustahkamlash.
T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
Dars turi: umumlashtiruvchi yangi bilim beruvchi
Dars usuli: an’anaviy
I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so`rash
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish:
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
5 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
II. O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini so’rab baholash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Dars rejasi:
Bobga doir testlar yechish.
Bobga doir masalalar ishlash
Tarkibida 50% S va 50% O bo’lgan birikmaning formulasini toping.
Yehish.
Masala shartidan ma’lumki birikma tarkibida S va O atomlari bor. U holda birikmaning taxminiy formulasi SxOy bo’ladi, bu yerdan x va y ni toppish uchun har bir atom % ulushini o’sha atomning massasiga bo’lib, atomlarning nisbati topiladi.
X=50/32=1,5625 Y= 50/16 = 3,125
1,5625:3,125=1:2 Demak, birikma formulasi SO2
1. Massasi 17 g bo‘lgan noma’lum modda kislorodda yondirilganda 32 g oltingugurt (IV)-oksid
va 9 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, q aysi modda yondirilgan? (Javob: vodorod sulfid).
2. Oksidlanish darajasi +6 bo‘lgan elementdan hosil bo‘lgan 0,8746 g massali ikki negizli kislota parchalanganda shu kislotaning 0,8116 g angidridi hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi kislota
3 . Massasi 3,2 g bo‘lgan metall suv bilan ta’sirlashganda 1,792 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, metallning ekvivalentini toping.
4. 0,7 g ikki valentli metall kislota bilan ta’sirlashganda 0,28 l vodorod ajralib chiqqan bo’lsa, qaysi metall kislota bilan ta’sirlashgan?
5. Vodorod bilan RH4 tarkibli birikma hosil qiladigan elementning oksidi tarkibida 53,3 % kislorod bo‘ladi. Shu elementning nomini ayting.
6. Yuqori oksidi RO3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasi tarkibida 2,47 % vodorod bo‘lsa, bu qaysi element?
7. Noma‘lum elementning vodorodli birikmasi H2X formulaga javob beradi, uning kislorodli birikmasi tarkibida 20,0 % kislorod bor. Bu qaysi element?
III. Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.
IVUyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tasdiqlayman: O’TIBDO’__________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |