Birikish reaksiyalari. Reaksiya natijasida ikkita yoki bir necha moddalardan bitta yangi modda hosil bo'ladigan reaksiyalar birikish reaksiyalari deyiladi. Masalan. sulfat angidridning suv bilan o'zaro ta'siri:
SO3+ H2O= H2SO4
yoki oddiy moddalardan kalsiy oksidining hosil bo'lishi:
2Ca + O2=2CaO
Ajralish reaksiyalari. Reaksiya natijasida bitta moddadan bir necha yangi moddalar hosil bo'lsa, bunday reaksiyalar ajralish reaksiyalari
deyiladi. Masalan, Bertole tuzining ajralishi:
4KC1O3=KC1 + 3KC1O4
yoki malaxit qizdirilganda uchta yangi modda — mis(II) oksid, suv va karbonat angidrid hosil bo'lishi:
Cu2CH2O5= 2CuO + H2O + CO2
O'rin olish reaksiyalari. Oddiy va murakkab moddalar o'zaro ta'sirlashib, natijada oddiy modda atomlari murakkab modda elementlaridan birining o'rnini olsa, bunday reaksiyalar o'rin olish reaksiyalari deyiladi. Masalan, kumush nitratda kumushning o'rnini rux olishi:
2AgNO3 + Zn = Zn (NO3), + 2Ag yoki xlorning bromni siqib chiqarishi:
2NaBr + Cl2=Br2+2NaCl
Almashinish reaksiyalari. Ikkita modda o'zining tarkibiy qismlari bilan almashinib, ikkita yangi modda hosil qiladigan reaksiyalar almashinish reaksiyalari deyiladi. Masalan, aluminiy oksidning sulfat kislota bilan o'zaro ta'siri:
А12(Ҳ + 3H2SO4 = A12(SO4)3 + 3H2O yoki kalsiy xloridning kumush nitrat bilan ta'siri:
CaCl2+ 2AgNO3- 2AgCl + Ca(NO,)2
Issiqlik chiqish yoki yutilish alomatiga ko'ra kimyoviy reaksiyalar — ekzotermik va endotermik reaksiyalarga bo'linadi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan, vodorod bilan xlordan vodorod xlorid hosil bo'lish reaksiyasi:
H2+C12=2HCI, AH = - 1846 kJ
Atrof-muhitdan issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Masalan, azot bilan kisloroddan azot (II) oksid hosil bo'lish reaksiyasi, u yuqori haroratda bo'ladi:
N2+O2 = 2NO, A//=180,8kJ
Reaksiya natijasida chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori jarayon-ning issiqlik effekti deyiladi. Kimyoning turli jarayonlardagi issiqlik effektlarini o'rganadigan bo'limi termokimyo deyiladi.
Reaksiyalarning issiqlik effektlari ham yozilgan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. Bunday teng-lamalarda formulalar oldidagi koeffitsientlar tegishli moddalarning mollar sonini bildiradi va shu sababli kasr sonlar bo'lishi ham mumkin.
Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning holati ham ko'rsa-tiladi: kristall (k), suyuq (s), gazsimon (g), erigan (e) va b. Issiqlik effektini AH (delta ash deb o'qiladi) bilan belgilash, kilojoullarda (kJ) ifodalash va moddaning reaksiya tenglamasida ko'rsatilgan mollar soniga nisbatan olish qabul qilingan. Endotermik jarayonlarda (issiqlik yutiladi, AH> Q) issiqlik effektlarining ishorasi musbat va ekzotermik jarayonlarda (issiqlik chiqadi, AHmanfiy hisoblanadi.
Ekzotermik reaksiyalar uchun A// belgisi oldidagi minus ishora reaksiya mahsulotlarida energiya zaxirasi boshlang'ich moddalardagiga nisbatan kam ekanligini bildiradi. Endotermik reaksiyalar uchun AH qiymatlari oldidagi plus ishora reaksiya mahsulotlari tashqi muhitdan issiqlikni yutib, o'z energiyasini boshlang'ich moddalarning energiyasiga nisbatan ko'paytirganligini bildiradi.
Maktab kimyo darsliklarida va ko'pchilik o'quv qo'llanmalarda reaksiyalarning issiqlik effektlari Q orqali belgilanadi va agar issiqlik chiqadigan bo'lsa, musbat, agar issiqlik yutiladigan bo'lsa, manfiy hisoblanadi. Ravshanki AH = —Q. Issiqlik effektlarini biz keltirgan belgilanishiga rioya qilish lozim, chunki u termodinamika bilan bir xilda bo'lishi uchun shunday belgilangan.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning to'liq reaksiya mahsu-lotlariga aylanishi yoki aylanmasligiga ko'ra reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |